Mamlakatimizda mustaqillik davrida kichik va o‘rta tad birkorlik faoliyatining rivojlanishi uchun har tomonlama va barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Prezidentining Farmonlari va $$O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi$$ning bir qator qarorlari ijrosini ta’minlash borasida $$Toshkent shahar hokimiyati$$ va «Toshbozortayyorlovsavdo» uyushmasi $$Toshkent shahri$$da bir qator amaliy tadbirlarni amalga oshirmoqda.
$$Toshkent$$dagi bozorlar tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Yangi bozorlar qatorida $$«IPAK YO'LI - IMPEKS» ochiq aksiyadorlik jamiyati$$ning xalqaro ulgurji-chakana yarmarkasi ham tashkil etildi. Yarmarka faoliyatiga $$Xitoy$$ning o‘rta va kichik biznes vakillari, viloyatlarimizdan tadbirkorlar jalb etilgan bo‘lib, unda $$Xitoy$$da ishlab chiqarilgan gulli, rangbarang turli xil mato va gazlamalarning ulgurji-chakana savdosi yo‘lga qo‘yildi.
Sharq va Farbni savdo sohasida birlashtiruvchi Buyuk ipak yo‘li so‘qmoqlari serkuyosh diyorimizdan ham o‘tgan. Xuddi shu sababdan $$«IPAK YO'LI -IMPEKS» ochiq aksiyadorlik jamiyati$$ning ramziy belgisida karvon, musaffo zangori osmon, quyosh va tog‘lar manzarasi ifodasini topgan. Yarmarkada tadbirkorlarga biznesni rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini alohida ta'kidlash lozim. Chunki tadbirkorlar aholi talabiga javob beruvchi turli mato va gazlamalarni ulgurji tartibda xarid qilib olish- lari mumkin. Bu esa o‘z navbatida Uzbekiston viloyatlari va tumanlari markazlarida mazkur tovarlarning sotilish narxiga o‘zining ijobiy ta'sirini ko‘rsatadi albatta. Xalqaro ulgurji-chakana yarmarkasiga respublikamiz viloyatlaridan kelayotgan barcha tadbirkorlar mato va gazlamalarni qulay narxlarda sotib olishga muyassar bo‘lmoqda. Aksiyadorlik jamiyati endigina ikki yil faoliyat ko‘rsatayotganiga qaramay, nafaqat yarmarka tadbirkorlari balki xaridorlar uchun ham madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalarini tashkil qilishda durust natijalarga erishdi. Jamiyat hududida 550 ta avtomashinaga mo‘ljallangan avtomobillar to‘xtash joyi, 150 o‘rinli oshxonalar, ofis binosi, sartaroshxona va har xil do‘konlar ishlab turibdi. Bugungi kunga kelib 250 million so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Yangi yil arafasida tibbiyot punkti va «Issiq non» do‘konlari ishga tushiriladi. Xalqaro ulgurji-chakana yarmarkasi faoliyati natijasida 2001 yilda 214 mln. so‘m yalpi daromad olinishi, reja 120
foiz etib bajarilishi mo‘ljallanmoqda.
Jamiyat har yili kam ta'minlangan oilalar, qarovsiz nogironlar, yetim-esir bolalarga muntazam ravishda moddiy yordam ko‘rsatmoqda. Kuni kecha $$Toshkent shahar$$ $$[Sobir Rahimov] tumani$$dagi 106-maxsus maktab internat tarbiyalanuvchi larining Yangi yil bayramiga atalgan shodiyonasida himmat bilan qatnashishdi. Bayram egalari bo‘lgan 360 bolaga jamiyat tomonidan 360 ming so‘mlik sovg‘alar tantanali topshirildi. Jamiyat kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini to‘la qo‘llab-quvvatlab, yangi-yangi yarmarkalar va savdo-ko‘rgazmalarini tashkil etish zamirida $$Buyuk ipak yo‘li$$ni tiklash, $$O‘zbekiston Respublikasi$$ va $$Xitoy Xalq Respublikasi$$ xalqlari o‘rtasida do‘stona savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash ishiga o‘z hissasini qo‘shishga astoyidil bel bog‘lagan.
Total words
367
Unique words
288
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
14
TTR
0.785
Hapax
247
Distribution
Top frequency chart
Dataset