Main Bu voqea bundan o’ttiz yil burun, yangi yil arafasida bo’lib o’tgan edi. O’sha paytda men Aviatsiya sanoati vazirligiga qarashli institutda ishlardim. Institut $$Krasnodar shahri$$da joylashgan bo’lib, uning etakchi olimlari sobiq ittifoqning turli shaharlaridan yig’ilgan edi. Oilam $$Toshkent$$ni tashlab $$Krasnodar$$ga ko’chib borishga qat’iyan qarshi bo’lgach, men u erda yolg’iz yashab, har juma -ish tugagach, Krasnodardan Toshkentga uchib, kechki soat 11 da uyda bo’lardim. Dushanba kuni esa soat 7 da $$Toshkent$$dan uchib, soat 10 da ishxonamda paydo bo’lardim. Bunday safarimda Yak -40 samoliyotidan foydalanardim.
1971 yilning 30 dekabrida erta bilan Toshkentga qo’ng’iroq qilib, xotinimga kechqurun uyda bo’lishimni aytdim. Meni tinglab turgan xotinim xayrlashayotib:
-Yangi yil ostonamizda, eshitdingizmi?- deb ogohlantirgandek ohangda gap qildi!.
-Kechikmasdan etib keling! -deb qo’shib qo’ydi.
Qo’ng’iroq qilganimdan pushaymon bo’ldim. Chunki xotinim nimani tayinlab aytsa, ana shu narsaning teskarisi bo’lib chiqardi. Agar u men uyimizning yonidagi do’konga nonga chiqib ketayotganimda: <<birortasi bilan gaplashib qolmang, tezroq keling>> desa, albatta, birorta tanishim yo’limni to’sib, ikki soat gapga solardi.
Aeroportga aspirantim [Oleg Xolyavin] o’z mashinasida olib borib qo’yib, ancha mushkulimni oson qildi. U meni samolyotning tushirilgan trapigacha kuzatib qo’ydi. Ekipaj meni ko’rib, an’ana bo’yicha trap oldida saf tortdi.
Yak -40 samolyoti $$<<Krasnodar -Minvodi -Nukus -Toshkent>> marshruti$$ bo’yicha uchishga tayor! Motorni ishga solishga ruxsat bering, -dedi kema komandiri.
-Ruxsat! -dedim men va hayron bo’lib so’radim. -Nega $$Nukus$$, $$Urganch$$ emas?
-$$Urganch Aeroporti$$ tunda ishlashga moslashmagan, -dedi komandir.
[Xolyavin] men bilan xayrlashar ekan, <<hech narsa yodingizdan chiqmadimi>> qabilada savol berishi bilan qo’limni yon cho’ntagimga soldim-u, kayfiyatim buzildi:
-Talismanim -oneks toshi stolimning g’aladonida qolib ketibdi.
Oneks -bu zargarlik -bezak toshi bo’lib, juda qadimdan ma’lum. Qadimiy Bobil va Tibet tibbiyotida bu toshdan ko’p dardlarni davolashda foydalanishgan. Odamlarning dard chekkan erlariga toshni qo’yib yoki surtib, og’riqni engillashtirishganini o‘qiganman. Musulmonlar oneksni (arab “gagat”) balo-qazodan saqlovchi ilohiy kuchga ega, deb hisoblashgan. Mendagi tosh oneksning karneol (serdorlik) turi bo‘lib, Ural konlaridan iolingan edi. Aytishlaricha, u Ular ortida javohir konlarini izlash bilan XVIII asrda mashg‘ul bo‘lib yurgan buxorolik [Ashir Kulibek]ning shaxsiy kolleksiyasidan ekan. Qanday bo‘lmasin bu tabbarruk toshni men doimo sinov-tajriba ishlarimda, tez-tez bo‘lib turadigan safarlarimda yonimda olib yurishga odatlangan edim. Bunda tajribalarim muvaffaqiyatrli o‘tib, ishlarim oldinga siljir edi. Buni bilgan hamkasblarim ham toshga allaqanday sehrli bir tumordek qarashar edi.
- Balki institutga borib ke- larman, - dedi shogirdim achinib. - Yo‘q! - dedim men qat'iy
qilib, o‘z irimchiligimdan o‘zim uyalib. - Usiz ham eson-omon uch- sak kerak, - dedim men kulib. Lekin unday bo‘lmadi. Minvodaga yetay deganimizda chap dvigateldan yog‘ oqa boshladi. Metereologik sababga ko‘ra, Minvoda bizni qabul qilmadi.
Qo‘shni Nal'chikda ham ahvol yomon ekan. Orqaga, izimizga qaytishga majbur bo‘ldik. Tang ahvolga tushib qolganimizdan xabardor bo‘lgan Stavrapol' aeroporti bizni qabul qildi. Ta'mir ishlarini ikki soatlarda bajarib, yangi yo‘lak so‘radik. Endi yo‘limiz $$Astraxan$$ orqali o‘tadigan bo‘ldi. $$Astraxan$$ga qo‘nganimizda havo aynib, ertasigacha qolib ketdik. Ertalabdan hammayoqni bosgan tuman soat o‘n ikkilarda tarqadi. Bizni Urganchga qarab yo‘llashdi. Bu har holda O‘zbekiston tuprog‘idagi aeroport bo‘lganidan, men uyimga yaqin lashayotgandek, o‘zimni yengil his qila boshladim. Ammo quvonchim ko‘pga cho‘zilmadi. Samolyotimiz qo‘nish uchun pasayishga yo‘l tutganida, yerdan dispetcherlar aeroport yopiqligini xabar qilishib, kayfiyatni buzishdi. Kuchli siklon oqimi kelib, $$Xorazm vohasi$$yu $$Qoraqalpog‘iston$$da bo‘ron ko‘tarilibdi. Xuddi tabiat meni o‘z yurtimga qo‘ygisi kelmayotgandek, bizni yana shimolga haydadi. Biz endi $$Aktyubinsk aeroporti$$ga qo‘ndik. $$Aeroport$$da qattiq sovuq bo‘lib, tizza bo‘yi qor edi. Tezlik bilan bizga yoqilg‘i berib yo‘lga chorlashdi. Uchish maydonchasidan yelib ketgan samolyotimiz, havoga ko‘tarilmay, yana orqaga qaytib, uchish maydonchasining boshiga keldi. Bu dispetcherlardan bo‘lgan buyruq asosida bo‘lgan «manevr» deb, bunga uncha ahamiyat bermadim. Ammo, men o‘ylagan «manevr» yana ikki marta qaytarilgach, xavotirlandim. Samolyotni qaytarib chetki yo‘lakka qo‘yishgach, dvigatellar o‘chirildi.
- Samolyot yerdan uzilmayapti, - dedi kema komandirining fig‘oni oshib. Sababini hech kim bila olmayapti. Aeroportning yerdagi xizmat xodimlari ikki soatcha urinib, samolyotning qanotlarini latta bilan rosa artishdi. Aytishlaricha, samolyot qanotida qotib
qolgan mayda muz zarralari samolyotning aerodinamik xususiyatiga salbiy ta'sir kilgan
emish. Qanday bo‘lmasin, bizni yo‘lga solishsa bas. Biz $$Toshkent$$ga qarab uchganimizda
quyosh bota boshlagandi. $$Toshkent$$ga yaqinlashganimizda yana biror narsa bo‘lmasmikan deb, yuragim taka-puka bo‘ldi. Samolyot qanoti ostidan Toshkentning chiroqlari ko‘ringanida quvonib ketdim. Shunda men jonajon shaxrimni qanchalik yaxshi ko‘rishimni sezdim. Ko‘zlarim yoshlanib, chiroqlar dengiziga qarab, o‘zimni ular quchog‘iga otgim kelardi. Ammo qo‘nishga pasaygan samolyot, qo‘nish maydonining ustidan pastlab o‘tib, yana ko‘tarila boshladi. Keyin shahar ustidan katta doira yasab ucha boshladi.
- Tag‘in nima bo‘ldi? - xavotirlanib so‘radim men uchuvchilar xonasining eshigini sil-
tab ochib, xuddi bunga ular aybdordek.
- Qo‘nish maydonchasi muzlab yotganmish, - dedi komandir. Kema komandiri qora terga tushib ketgan edi. Bundan keyin [Erkin Aliev] bilan ancha yillar birga uchganimda uning bunday ahvolga tushganini boshqa ko‘rmaganman. U juda asabiylashgandi. Biz ikki marta Toshkent tepasidan aylanib chiqdik, yoqilg‘i tugay deganda ham bizni Toshkent qabul qilmadi. Baqda qolgan yarim soatlik yoqilg‘i bilan $$Chimkent$$ tarafga yo‘naldik.
Yangi yilni aeroportda uchuvchilar bilan kutishga majbur bo‘ldim.
Oradan o‘ttiz yil o‘tib, bu voqeani eslar ekanman, ayol zotining naqadar bardoshliligini endi yanada teranroq anglagandayman. Ayolimning ko‘ngli har qanday xavf-xatarni mendan oldin sezishi, qalb ko‘zi doim sergakligini tushungan dayman. Ayol qalbi - jonli talisman. Zero, hayotning barcha sinovlariga bardoshni, endi balsam, men bilan yashagan Ayol bardoshidan olgan ekanman.
Total words
810
Unique words
613
Annotated anthroponyms
4
Toponyms
17
TTR
0.757
Hapax
511
Distribution
Top frequency chart
Dataset