🔍

Article

Kim Qanday Kutib Oladi?

By Munira Isomiddinova Tayorladi. • in 2002

Yangi yil sharqdan kirib keladi. Lekin uni ilk bor qaerda qarshi olishlarini bilasizmi?Dunyoda Yangi yilni birinchi bo’lib Tinch okeanining Fidji arxipelagida yashovchi xalqlar kutib olishadi. Mazkur arxipelak 320 ta oroldan tashkil topgan bo’lib, ularning yarmidagina aholi yashaydi.
Boshqa mamlakatlardagidan farqli o’laroq Yaponiyada Yangi yil kechasi emas, balki tongda -quyosh chiqishi bilan kutib olinadi. Yangi yil kechasi Shahar va qishloqlardagi ibodatxona odatda 108 marta bong uradi. Ma’lumki, $$Yaponiya$$da 100 va 8 raqamlari baxtli raqamlar hisoblanadi. Yangi yil kechasi chalinadigan qo’hg’iroq radio orqali eshittiriladi. 108 -bong urganda hamma joy -joyiga etgan bo’lishi kerak.
$$Indoneziya$$ning $$Bali oroli$$ga Yangi yil barvaqt kiradi. Sababi bu erda yilning uzunligi bor yo’g’i 210 kunga teng.
$$Janubiy Koreya$$da taomilga ko’ra, Yangi yil kutilganidan so’ng keng ko’cha hamda maydonlarda, istirohat bog’larida sayil- tomoshalar kun bo’yi davom etadi.
$$Vetnam$$da qadimdan oy kalendari qo’llab kelingani sababli bu erda yangi yil har xil fasllarda kutib olinadi. $$Vetnam$$liklar Yangi yil bayramini tet deb yurutishadi.
Kampuchiyada ham Yangi yil bahorning o’rtalarida 12 -13 aprelda boshlanadi.
$$Mongoliya$$da esa ikki xil nishonlanadi, birinchisi, rasmiy yangi yil bo’lib, birinchi yanvarga to’g’ri keladi. Xalq Yangi yili esa $$Sharqiy Osiyo$$ kalendarining oy fazalariga muvofiq ko’pincha ko’klamda nishonlanadi.
$$Hindiston$$da Yangi yilni rasmiy doiralar 1 yanvarda nishonlanadi. Lekin aholi Yangi yilni bir necha xil eski hisoblarga ko’ra kutib oladi. Masalan, Yangi yil mamlakat shimolida 13 aprelda, janubida martda, g’arbida sentyabrda, $$Kupala shatati$$da iyul yoki avgustda nishonlanadi.
$$Shri- Lanka mamlakati$$ning tub aholisi bo’lmish senegallar aprel oyining boshida hosilni yig’ib -terib bo’lgach, Yangi yilni nishonlaydilar.
$$Eron$$da ikki xil kalendalar qo’llaniladi. Ulardan biri quyosh kalendaridir. Yangi yil 21 martda nishonlanadi.
$$Keniya$$da bu bayram issiq vaqtga to’g’ri keladi. Shu sababli bu erda Yangi yilni suvda ktib olish odati qadimdan an’ana hisoblanadi. Yangi yil kuni aholi qayiq yoki kemalarga tushib, daryo, ko’l, dengiz va okeanlarda sayr qilishadi.
$$ Finlyandiya$$da bayram oqshomi kuni xonadonlarda har bir mehmon uchun yangi yil sovg’asi oldindan tayorlanib, ustiga tovoq to’ntarilgan bo’ladi. Tovoq ostidan qanday sovg’a chiqishi, uning baxtidan. Qadimiy odatga ko’ra, yangi yil kechasi finlar sarimsoq piyoz bilan asal eyishadi.
O’rta asrda inglizlar bu shodiyonani martda kutib olishardi. 1752 yil parlament Yangi yilni 1 yanvarga ko’chirish haqida qaror chiqargan.
$$Shotlandiya$$da Yangi yil bayramida yong’oq va mayiz solingan shirmoy nonlar eyiladi. Bu erda soat millari 12 raqamni ko’rsatishi bilan eski yilning chiqib ketishi va yangi yilning kirin kelishi uchun uy eshiklari lang ochib qo’yiladi.
$$Gollandiya$$da dasturxonga mayizli somsa tortish odat tusiga kirgan. Shunisi diqqatga sazovorki, uy bekalari bunday somsani yilda bir martagina pishirishadi.
$$Ruminiya$$da ichiga turli buyumlar solinib pishirilgan pirog tayorlanadi.
$$Vengriya$$ning qishloqlarida shu kuni oila boshlig’I bir quchoq poxolni <<Tinchlik, baxt saodat, salomatlik>> ramzi sifatida uy ichiga sochib chiqadi.
Bolgariyada Yangi yil kirganligidan darak beruvchi so’nggi bong urilganda barcha xonadonlarda chiroq o’chadi. Shu daqiqalarda hamma bir -birini bayram bilan muborakbod etadi.
$$Kuba$$liklarning odatiga ko’ra, Yangi yilda hayot^^ Shirin^^ o’tsin deya 31 dekabr kuni tungi soat 12 da soatning har bir zang urishida bir bosh uzum eyish kerak.
$$Meksika$$liklarning o’zlariga xos yangi yil marosimi bor. Ichiga shirinliklar to’ldirilgan katta xum shiftga osiladi. Mehmonlarning ko’zini boylab, qo’liga tayoq tutqaziladi, kimda kim xumni sindirolsa, u yangi yilda bag’oyat baxtiyor bo’ladi.
Jahon mamlakatlarida yangi yil qachon, qanday kutib olinishidan qat’iy nazar, yaxshi tilaklar, odamlarida dilxushlik kayfiyati jo’sh uradi.

Total words

523

Unique words

370

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

20

TTR

0.707

Hapax

311

Distribution

Top frequency chart

Dataset