🔍

Article

O’zbekiston Xalqiga Yangi Yil tabrigi

By Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti • in 2002

Assalomu alaykum, aziz o’rtoqlar!
Muhtaram Do’stlar!
Yana bir necha daqiqalardan keyin XXI asrning birinchi yili bilan xayrlashib, yangi 2002 yilga qadam qo’yamiz.
Mana shunday hayajonli lahzalarda bayramona dasturxonlar atrofida jamuljam bo’lib o’tirgan siz, aziz va qadrli vatandoshlarimni, butun xalqimizni yurtimizga kirib kelayotgan qitlug’ Yangi yil ayomi bilan chin qalbimdan muborakbod etishga, barchangizga o’zimning cheksiz hurmatimni bildirishga ruxsat bergaysiz.
Shunday damlarda yakuniga etayotgan yilning o’ziga xos og’ir va engil tomonlarini, avvalo, shu yil davomida boshimizdan kechirgan voqealarni eslash, amalga oshirgan xayrli ishlarimizni sarhisob qilish, yana bir bor xayolimizdan o’tkazish tabiiy holdir.
Albatta, 2001 yil davlatimiz, el -yurtimiz uchun oson kechgani yo’q. Turli ofat va qiyinchiliklar, duch kelgan sinovlar haqida -surunkasiga ikki yildan buyon davom etib kelayotgan qurg’oqchilik va uning salbiy oqibatlari, tashqi bozorga chiqarayotgan paxta tolasi va boshqa eksportbop mahsulotlarimizning narxi pasayib borayotgani tufayli valyuta tushumining kamayishi, buning ustiga, ko’p joylarda ishni tashkil etish va boshqarishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar -bularning barchasi haqida uzoq gapirish mumkin.
Lekin, shunday muammolarga qaramasdan, o’tib borayotgan yilni rozilik va shukronalik kayfiyati bilan kuzatishga har tomonlama asosimiz bor deb, deb o’ylayman.
Buning dalolatini , avvalo mamlakatimiz, jamiyatimizda tinchlik va osiyishtalik, millatlararo totuvlik, siyisiy -ijtimoiy barqarorlik hukm surayotganida, mavjud qiyinchiliklarga qaramay, iqtisodiyotimizning rivojlanish sur’atlari o’sib borayotganida, barchamiz guvoh bo’lib turgan yangi -yangi ulkan inshootlarva ishlab chiqarish korxonalarining ishga tushurilayotganida, bir so’z bilan aytganda, iqtisodiy salohiyatimiz mustahkamlanib, yurtimizning yanada obod bo’lib, chiroyi ochilayotganida yaqqol ko’rinishimiz mumkin.
Buning isbotini ma’naviy yuksalish, xalqimizga xos azaliy qadriyatlarni tiklashda, shu bilan birga, demokratik munosabatlar va erkin bozor prinsiplarini joriy qilishda, odamlarimizning dunyoqarishi va tafakkutida izlanish, ishbilarminlik va tadbirkorlik, o’z kuchiga o’z aql -zakovati, bilim va tajribasiga suyanib yashash kabi fazilatlar, ertangi kunga bo’lgan ishonch tuyg’usining tobora kuchayib borayotganida kuzatishimiz mumkin.
Kelajagimiz haqida fikr yuritganda, bizning ko’nglimizni to’q qiladigan yana bir o’ta muhim masala borki, uni eslamaslikka haqimiz yo’q deb o’ylayman.
Men bu o’rinda bugun kuchga to’lib, zamonaviy bilim va ilg’or malakalarni egallab olayotgan. Hech kimdan kam bo’lmagan Vatanimizning kelajagi va taraqqiyotini o’z zimmasi, o’z mas’uliyatiga olishga qodir yangi avlod unib -o’sib kelayotganini nazarda tutaman.
Ko’ksimizni tog’day ko’taradigan ei -yurtimizning eng katta ishongan tayanchi va usyanchi bo’lmish farzandlarimizning kamolini keyingi yillarda yoshlar ta’limi va tarbiyasiga qaratgan katta kuch va e’tiborimiz, bu boradagi izchil siyosatimiz hozirdanoq o’z hosilini berayotganini ko’rib, har qaysi ota- ona, har qaysi oila, barchamiz uzoqni ko’zlab qilgan shu ishimizdan rozi bo’lmasligimiz, shukr qilmasligimiz mumkinmi?
Hurmatli yurtdoshlar!
Tugab borayotgan yilning tariximizda qoldirayotgan izi va ta’siri haqida so’z yutitar ekanmiz, hech shubhasiz, oxirgi oylarda boshlangan antiterroristik kurash, uning samarasi va natijalari haqida gapirishimiz o’rinli, deb bilaman.
Shu harakatlar tufayli $$Markaziy Osiyo mintaqasi$$da sodir b’layotgan Keskin o’zgarishlarni va, avvalo , qo’shni $$Afg’oniston hudidi$$da yigirma yildan buyon davom etayotgan urushni tugatish, ko’p azob va uqubatlar ko’rgan shu tuproqda tinchlik va barqarorlik o’rnatish yo’lida birinchi qadamlar qo’yilayotganini e’tirof etishimiz kerak.
$$Amerika Qo’shma Shtatlari$$ va unga ittifoqchi bo’lgan davlatlarning xalqaro terrorizmga qarshi e’lon qilgan, bu jirkanch illatni tag-tomiri bilan sug’irib tashlashga qaratilgan kurashida $$O’zbekiston$$ning egallagan aniq -ravshan o’rni va olib borayotgan siyosati to’g’ri ekanini bugun hayotning o’zi tasdiqlab bermoqda.
Bu masalada $$O’zbekiston$$ tutgan siyosatning ma’no -mazmuni va ahamiyati chuqur anglash uchun, avvalo, 11 sentybrdan keyin va $$Afg’oniston$$da kontrterroristik operasiyalar boshlanmasdan oldin vujudga kelgan og’ir va noaniq vaziyayni tasavvur qilmog’imiz kerak.
Shunday murakkab bir sharoitda, hech ikkilanmasdan, qat’iyatlik bilan, faqat va yana bir bor faqat $$O’zbekiston$$ manfaatini ko’zlab, bizga nisbatan to’rt tomondan bildirilgan turli xil maslahatlar, do’q -po’pisalarga qaramasdan, yagona va to’g’ri qarorga kelish shu paytda oson ish emas edi.
Hech kimning nog’orasiga o’ynamasdan tanlagan bu mustaqil yo’limiz hozirgi kunda butun dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilmoqda va tan olinmoqda.
Bugun uzoq va yaqin qo’shnilarimiz, umuman xalqaro hamjamiyat, jahon xalqlari $$O’zbekiston$$ga, uning mard va tanti xalqiga, har qanday hal qiluvchi damlarda, sharoit va vaziyatlarda ham uning qat’iyatli so’ziga ishonish va tayanish mumkinligiga iqror bo’lmoqda va shundan xulosa chiqarmoqda.
Ilgari $$O’zbekiston$$ni balki xaritadan ham tola olmaydigan olis davlatlarning vakillari bugun mamlakatimizda yangidan tamnimoqda va unga xayrixohlik bildirmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, o’tgan yil mobaynida har qanday murakkab sharoitda ham barcha qiyinchiliklarga bardosh berib, belimizni qattiq bog’lab qilgan mehnatimiz, peshona terimiz bilan qo’lga kiritgan yutuqlarimiz, jamiyatimizda qaror topib borayotgan demokratik qadriyatlar va keng ko’lamli islohotlar, xalqaro maydonda qozongan yuksak obro’-e’tiborimiz ertangi hayotimizni yangi bosqichga ko’tarish va ezgu orzu -niyatlarimizni amalga oshirishda mustahkam poydevor bo’lishiga hech qanday Shubha yo’q.
Albatta, biz yangi marra, yangi ufqlar sari harakat qilar ekanmiz, avvalo, o’z kuchimiz va qudratimizga, aql -zakovatimizga suyangan va tayangan holda, er osti va er usti boyliklarimizdan oqilona foydalanib, o’z rejalarimizni belgilashimiz va har doim shular hisobidan kelajagimizni ko’rishimiz va qurushimiz tabiiy.
Bizning yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish, xalqimiz turmushini rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko’tarish maqsadida qilayotgan harakatlarimizga katta xayrixohlik bilan qarab, hamkorlik qo’lini uzatayotgan eng taraqqiy topgan davlatlar vac het ellik sheriklarimizning yordami va ko’magi, iqtisodiyotimizga xorijiy sarmoyalar kirib kelayotgani, shu asosda qo’shma korxonalar tuzilayotgani, yangi loyihalar amalga oshirilayotgani bu marralarga etishimizdan ayni muddao bo’ladi.
Aziz vatandoshlarim!
Men Yangi yil arafasida sizlarning e’riboringizni yana bir muhim masaga qaratmoqchiman.
Xalqimizning asl tabiatida bo’lgan, yurtdoshlarimizga xos mehr -oqibatlilik, ahillik, o’zaro hurmat, Shafqat va muruvvat kabi buyuk xususiyat va fazilatlarning jamiyatimizdagi o’rnini yanada mustahkamlab, ularni yangi avlod, farzandlarimiz ongiga singdirish bugungi va ertangi kunimizni yanada charog’on etishda, ezgu maqsadlarimizga erishishda eng katta mezon va omil bo’lishini anglab olishimizga ishonaman.
Aynan man shunday o’lmas qadriyatlarga, o’z kuchi vaqudratiga inonib yashayotgan xalqimizni o’z tanlagan yo’lidan hech qanday yovuz va soxta kuch qaytara olmaydi.
Hurmatli do’stlar!
Yangi yilni xalqimizning xohish -istagini ifoda etib, Qariyalarni qadrlash yili, deb e’lon qilganimiz ham albatta bejiz emas.
Barchamizni oq yuvib, oq taragan, shu yurtning og’ir -engilini umr bo’yi elkasida ko’tarib kelgan, xonadonlarimizning fayzi va ko’rki bo’lgan bu mo’tabar zotlarni rozi qilish, duosini olish -dunyodagi eng ulug’ savobdir.
Biz Yangi yilga mehribon ota -onalarimizni, muhtaram qariyalarimizni ulug’lash, ularga har tomonlama g’amxo’rlik ko’rsatishdek olijanob maqsadlar bilan qadam qo’yayotgan ekanmiz, o’ylaymanki, kirib kelayotgan yilda barcha xolis niyatlarimiz ijobat bo’lf’ay, inshooloh.
Muhtaram vatandoshlarim, qadrdonlarim!
Sizlarni yurtimizga kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan yana bir bor qutlab, o’zimizning eng samimiy tilaklarimni izhor etaman.
Yangi yilda har bir oila, har bir xonadonga tinchlik va qit -baraka ato etsin!
Keksalarimiznning umrlari ziyoda bo’lsin, yoshlarimizning baxtu iqbolini bersin!
Barchangizga sihat -salomatlik, kuch - g’ayrat va omadlar yor bo’lishini tilayman.
Yangi yil hammamizga muborak bo’lsin!

Total words

1,010

Unique words

714

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

9

TTR

0.707

Hapax

592

Distribution

Top frequency chart

Dataset