🔍

Article

VAHHOBIYLIK TAʼSIRIDAGI IKKI TAQDIR

By Rustam Hakimov, Mirzo Ulugʻbek tuman … • in 2001

[PAVEL YUGAY] VA [ANATOLIY ILCHISHEV] ISLOM DININI QABUL QILDILAR. AMMO ULARNING KEYINGI MUSULMONCHILIK FAOLIYATI AQIDAPARASTLIKKA ULANIB KETDI.
Bu ikki yigitning taqdiri, XVIII asrga - $$Arabiston$$ yarim orolini zabt etgan o‘sha paytdagi dunyoqarashga borib taqaladi. 1703-yilda tug‘ilgan [Muhammad ibn Abdul Vahhob] nomi bilan biri koreys, biri rus bo‘lgan 22-21 yoshli [Yugay] hamda [Anatoliy]ni bir atama birlashtirgan – VAHHOBIYLIK.
Vahhobiylik nima? Bu diniy-siyosiy oqim bo‘lib, 1703-yilda qozi oilasida tug‘ilgan [Muhammad ibn Abdul Vahhob] nomi bilan bog‘liq. [Abdul Vahhob islom]ning turli firqalarga bo‘linishiga qarshi bo‘lib, dinni [Muhammad] Payg‘ambar zamonasidagidek asl holatiga qaytarish uchun kurashgan. (Afsuski, uning ta’limoti ham firqalar soni yanada oshishiga sabab bo‘ldi).
Vahhobiylik dunyoviy san’atni, musiqa, teatr, tasviriy san’atni rad qiladi. Ulardan oladigan estetik zavqni gunoh deb hisoblaydi. Ularning fikricha, san’at insonni yolg‘on dunyoga bog‘lab qo‘yadi, o‘tkinchi dunyoga hirs qo‘ydiradi.
Vahhobiylik taraqqiyotni, o‘zgarishni tan olmaydi. Ular aytishicha, hamma narsa payg‘ambar zamonidagidek bo‘lishi kerak. Oʻsha zamonlarni ular asliyat, qolip deb bilishadi. Davlat boshqaruvi ham faqat Qur’on va Hadisga asoslanishi shart. Boshqa boshqaruv tizimlari aslo tan olinmaydi.
Abdul Vahhobning qarash- larini arab olamida yaxshi qabul qilishadi. Bu oqim armiya, hokimiyat bilan qo‘llab-quvvatlanadi, mustahkamlanadi. Ayniqsa, XIX asrla u keng tarqalib ketdi. Ba’zi arab davlatlarida bu oqim hozir ham hukumat rahbarlarining siyosiy qo‘llab-quvvatlovidadir.
Koreys [YUGAY] - «[ABDIVAKIL]» bo‘ldi. Otasining aytishicha, o‘g‘li o‘qishga kirolmaganidan keyin 1996-yil yozida uyiga, Ohan-garonga qaytib keladi. Biroz vaqt o‘tgandan so‘ng yana $$Toshkent$$ga jo‘nab ketadi. Bir haftadan keyin kelib islom dinini qabul qilganligini otasiga ma’lum qiladi.
[Pavel Vitalevich Yugay] o‘zining musulmonlikdagi ismini «[Abdulvakil]» deb atadi. $$Chorsu$$dagi $$[To‘xtaboy]vachcha masjidi$$da nomozni, islomni o‘rgana boshladi. Biroz vaqt o‘tgandan keyin u nafaqat nomozni, o‘zbek tilida gaplashishni ham yaxshi o‘rganib oldi. Bir kuni unga «[Abdulloh]» ([Aleksandr Yurevich]) ismli birodari masjidda nomoz noto‘g‘ri o‘rgatilishini, agarda haqiqiy islomni o‘rganish- ni xohlasa, u albatta «hujra»ga borishi kerakligini aytdi. Va da’vatiga har bir talaba «hujra»da oziq-ovqat va pul bilan ta’minlanishini ham qistirib o‘tdi.
[Abdulvakil] 1997-yilning avgustigacha «xujra»da vahhobiylik ta’limoti asosida o‘qidi. Unga Qur’on o‘qilishi o‘rgatildi. Nomozni o‘zlarining yo‘nalishi bo‘yicha o‘qittirishdi. [Islom] davlati, xalifalik goyalari bilan tanishtirildi. $$O‘zbekiston$$da ham islom davlati qurish lozimligini uning ongiga singdirishdi. Xuddi [Abdulloh] aytganidek, «hujra»da oziq-ovqat ham, mablag‘ ham «hujra»chilarning o‘zidan bo‘ldi.
1997-yilning iyunida u $$Ko‘kcha$$da joylashgan «hujra»sida islom dinini qabul qilgan yana bir yigit bilan tanishdi. Uning millati rus, o‘zgartirilgan ismi esa [Abdumalik] edi.
[Abdumalik] kim? 1997-yil yozida $$Toshkent$$ga ish qidirib kelgan chirchiqlik [Anatoliy Olegovich Ilchishev] $$Chorsu bozori$$da ishchi bo‘lib ishlay boshladi. $$Chorsu dahasi$$dagi xonadonda ijarada turishi mobaynida [Sayfulloh] ismli kishi bilan tanishadi. U kishi [Anatoliy]ni islomga da’vat qildi va u musulmon bo‘ldi.
Biroz vaqt o‘tgandan keyin [Abdulaziz] ismli kishi (laqabi «Fransuz») [Anatoliy]ning islomga kirganini eshitib, unga ism berdi – [Abdumalik]. Ular yordamida [Abdumalik ]«sof islomni o‘rganish uchun» «hujra»ga jalb qilindi.
Oʻqishning «hujra» bosqichi tugallanganidan keyin ikkala qahramonimiz ham Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk shahridagi tatar-arab kollejiga o‘qishga yuborildi. U yerda ular diniy bilim olish bilan birga vahhobiylikning mafkuraviy bosqichidan o‘tishdi. Targ‘ibot-tashviqot yumushlarini ham boshlashdi.
[ABDUMALIK] ([Anatoliy]) 1999-yil Toshkentga qaytib keldi. Bu yerda vahhobiylik ta’limotini rivojlantirishdagi keng faoliyatini boshlab yubordi. [Islom] davlati qurish, demokratik tuzum va qonunlari tan olmaslikka da’vat – uning faoliyati shulardan iborat. 1997-2000-yil orasida u bir necha bor Checheniston va Tojikistonga harbiy tayyorgarlikdan o‘tib kelish uchun [Abdulloh] hamda [Ramziddin] ([Ramz Qo‘shoqov]) tomonidan da’vat qilinadi. Lekin u bu da’vatlarni qabul qilmadi. Oʻsha yil 24-iyun kuni uni militsiya xodimlari qo‘lga olishdi. Uning Chirchiqdagi uyi tintuv qilinganda Oʻzbekistonning huquqiy demokratik tuzumiga qarshi ekstremistik va vahhobiylik ruhidagi varaqalar topildi.
[Abdulvakil[ ([Yugay]]) kollejdagi tahsili tugaganidan so‘ng 1999-yil Toshkentga keldi.
Kollej tahsili davomida 1998-yilning avgust, noyabr oylarida uning oldiga ikki marta [Abdulloh] bilan [Ramziddin]lar kelishadi. Checheniston lagerlarida islomni o‘rganish bilan bir qatorda jismoniy va jangovar tayyorgarlikdan o‘tishni, ya’ni islom davlatini qurish yo‘lida «jihod» qilish uchun tayyorgarlik ko‘rishlikni taklif qiladi. [Abdulvakil] unamadi bu taklifga. 2000-yil 24-iyungacha u Toshkentda vahhobiylik ta’limotini targ‘ib qilib keldi.
24-iyunda uni ham qo‘lga olishdi. Vaqtincha yashab turgan Chilonzor tumanidagi uyi tintuv qilinganda 3,39 gramm miqdoridagi «opiy» moddasi va varaqalar ashyoviy dalil sifatida topildi.
Xulosa. Biz hikoya qilgan ikki yigit harakatlarini qonun baholadi. [Mirzo Ulug‘- bek] tuman sudi ularga qonuniy jazo berdi.
Demokratik jamiyat qonunlari fuqarolarning e’tiqod erkinligini ta’minlaydi. Fuqaro xohlagan diniga e’tiqod qilishi, aksincha hech qaysi dinga e’tiqod qilmas- ligi mumkin. Buning uchun davlat uni siquvga olmaydi, ayblamaydi. Demokratik qonunlar hech qaysi dinga, hech qaysi dunyoqarashga ustunlik bermaydi. Demokratiyada inson erkinligi ana shunday ifodalanadi.
Lekin o‘z navbatida huquqiy demokratik jamiyat qonunlari insonlarga tajovuz qiladigan, diniy, milliy, irqiy adovatlarni targ‘ib qiladigan ekstremistik kayfiyatdagi har qanday dunyoqarashni, ta’limotni, e’tiqodni rad qiladi, unga qarshi kurashadi. Yer yuzidagi barcha davlatlar shuning uchun demokratiyadan panoh izlayotgan bo‘lsalar ajab emas.

Total words

731

Unique words

493

Annotated anthroponyms

38

Toponyms

9

TTR

0.674

Hapax

377

Distribution

Top frequency chart

Dataset