🔍

Article

U ISHONCHLI DOʻST VA ISTEʼDODLI INSON. Olmonshunos va ertakshunos oʻzbek olimi suvratiga chizgi

By Gabriele Keller, Falklorshunos olima va … • in 2001

Yaqin o‘tgan yillarda kamina o‘zbek ertakchiligini o‘rganish niyatida $$O‘zbekiston$$ bo‘ylab qilgan sayohatlarim davomida bu o‘lkaning turli joylarida turfa toifa va kasbdagi insonlardan [Xurram Rahimov]ning nomini tez-tez eshitardim. Mening o‘zbek do‘stlarim va hamrohlarim, ko‘pchilik hamsuhbatlarimning ta’kidlashicha, u kishi o‘z mamlakati xalq ertaklarini olmon tiliga va olmon ertaklarini esa o‘zbek tiliga o‘girayotgan olmonshunos olim ekan.

Bonnda o‘tgan olmon-o‘zbek jamiyatining yigilishida menga u kishining adresi- ni berishdi. Shunda men o‘zimning Samarqand viloyatiga qiladigan navbatdagi ekspeditsiyam uchun yordam so‘rashga qaror qilib, u kishiga xat yozdim. Javob kelavermagach, men $$Samarqand$$ga jo‘navordim. Xatim esimdan ham chiqib ketgan edi. Ammo, to‘satdan bir kuni meni telefonga chaqirib qolishdi – [Xurram Rahimov] xatimni olib, ekspeditsiyam davomida men yozib olgan ertaklar to‘pla- mini olmonchaga tarjima qilishda ko‘maklashishga tayyor ekanligini xabar qilayotgan edi. Shu asnoda o‘rtamizda hamkorlik boshlandi-ki, men doktor [Rahi- mov]dan o‘zbek tilinigina emas, hatto o‘zbek mentalitetining nozik tomonlarini ham o‘rgana boshladim.

[Xurram Raximov] asli samarqandlik bo‘lib, avval $$Toshkent$$da, so‘ngra $$Moskva$$da germanistikani o‘rgangan va $$Moskva$$da mashhur avstraliyalik uslubshunos olima, professor [Eliza Rizel] rahbarligida doktorlik (nomzodlik) dissertasiyasini yoqlagan. Germanshunos olim sifatida u uslubshunoslik nazariyasi, matbuot va publitsistika uslubining nazariy va amaliy masalalari hamda olmoncha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-olmoncha tarjimalar nazariyasi va amaliyoti bilan shug‘ulanadi. Uning ko‘plab ilmiy maqolalari olmon shoir va yozuvchilari, ayniqsa, [Yo.V.Gyote], [H.Hayne], aka-uka Grimmlar ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan Yaqinda uning $$Germaniya$$ning $$«Tyuringen viloyati$$ gazetasi»da [Gyote] tavalludining 250-yilligiga bag‘ishlab olmon tilida yozgan «Shoir vataniga hijrat» nomli she’ri e’lon qilindi! Biz olmoniyaliklar uchun o‘zbekning nemischa she’r yozishi g‘ayrioddiy hodisa har holda!

Janob [Rahimov]ning asosiy qiziqishlari ayni paytda olmon xalq ertaklari poetikasiga qaratilgan. [U Muzeus], [Bexshtayn] va aka-uka [Grimmlar]ning ertaklarini o‘z ona tiliga bevosita tarjima qilgan birinchi o‘zbekdir. Shu tarjimalari natijasi o‘laroq 1991-yili «Yetti oqqush» nomi bilan yuzga yaqin olmon xalq ertaklari to‘plami [Cho‘lpon] nashriyotida 200 ming nusxada chop etildi. Uning 1990-yil nashr etilgan ona tilidan olmon tiliga o‘girilgan «Uzbekishe folksmerxen» «O‘zbek xalq ertaklari» to‘plami, ayniqsa, tahsinga sazovor: bu borada ham u birinchi hisoblanadi.

Hozirgi kunda u men ekspeditsiyalarim davomida yozib olgan o‘zbek xalq og‘za- ki ijodi namunalarini magnit tasmasidan olmon tiliga o‘giryapti va bu to‘plam $$«Samarqand$$ ertaklari» nomi bilan $$Germaniya$$da nashr ettirilishi rejalashtirilgan.

[Xurram Rahimov] tahriri ostida olmonshunoslikka doir qator o‘quv qo‘llanmalari, olmoncha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-olmoncha o‘quv lug‘atlari yaratilgan va chop etilgan. Ayni paytda u Katta olmoncha-o‘zbekcha lug‘at ustida ish olib boryapti.

Olmon va o‘zbek tillarining lisoniy xususiyatlaridan xabardor har bir kishi bu genetik va tipologik jihatdan turli oilalarga mansub tillar o‘rtasida tarjima lug‘ati yaratish qanchalik mushkul ekanligini yaxshi tasavvur qiladi. Til sistemalarining har xilligi mutarjim oldiga juda mushkul vazifalarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi va undan yuksak darajadagi til tuygʻusini, cheksiz ifoda vositalariga ega bo‘lishni talab qiladi.

[Xurram Rahimov] shunday mas’uliyatni his qiladi va ko‘pchilikka ma’qul lug‘at yaratishiga hamkorligimiz davomida men ishonch xosil qildim.

Yaqin yillardan buyon [Xurram Rahimov] $$Toshkent Pedagogika universiteti$$da dotsent va kafedra mudiri vazifasida ishlab kelyapti. Uning rahbarligida ko‘plab umidli yosh olmonshunoslar uslubshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida ilmiy ishlar olib boradilar.

[U Gyote]] instituti bilan hamkorlikda tarjimonlarning respublika seminarini boshqaradi. Uni mohir tarjimon sifatida ko‘plab xalqaro simpoziumlarga va muzokaralarga jalb qilishadi, 2000-yilning bahorida u $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Badiiy akademiyasi va Frayburg O‘lkashunoslik muzeyi tashkil qilgan «$$O‘zbekiston$$da ayollar madaniyati - Yevropalik ayol $$Markaziy Osiyo$$dagi qadi- miy an’analar izidan» nomli mening fotoko‘rgazmamga koordinator va tarjimon sifatida hamroh bo‘ldi. Xuddi shu ko‘rgazmani olmonzabon mamlakatlarda namoyish qilishda ham biz janob Raximovning hamkorligiga umid qilamiz. U kishi bosh qo‘shgan ish doim muvaffaqiyatli bo‘lgan. Bir misol: $$Germaniya$$da chiqayotgan «Geo-Say-zon» jurnalining 2000-yil 2-sonida $$O‘zbekiston$$ bo‘ylab [Bobur] izlaridan yurgan maxsus ekspeditsiya a’zolari $$O‘zbekiston$$ga boradigan bo‘lgusi sayyohlarga janob Rahimovga murojaat qilishni maslahat berib shunday deb yozgan: «Toshkentga borsangiz, doktor [Rahimov]ga murojaat qiling; u $$[Nizomiy] nomidagi pedagogika universiteti$$da dotsent. Olmon tilini yuqori saviyada biladi. Kimki u bilan birga bo‘lsa u ishonli qo‘llarda deyavering».

2001-yilning yanvar oyida [Rahimov] 50 yoshga to‘ladi, Uning rejalari va qiziqarli orzu-umidlari ko‘p. Biz olmonlarning bu o‘zbek do‘sti – saloxiyatli filolog olim [Xurram Rahimov]ga salomatlik va kelgusida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Total words

628

Unique words

445

Annotated anthroponyms

22

Toponyms

17

TTR

0.709

Hapax

363

Distribution

Top frequency chart

Dataset