Tashqarida lopillab laylak qor yogʻardi. ^^Zebo^^ buvisining tanchasida mudrab oʻtirar, uning koʻz oldidan qachonlardir kitoblarda oʻqigani, yoxud odamlar tilidan eshitgani, bir manzara oʻtar edi derazalar!
Deraza oynalari lampochkalar nuriga yoʻgʻrilib koʻrinadi. Ichkaridagi noz-ne’matlarga toʻla stol atrofida tik turgan odamlar qoʻllaridagi qadahlarini choʻqishtirib, bir-biriga shirin orzu-tilaklar bildirishyapti.
^^Zebo^^ xayolan oʻshalarga davrasiga tushib qoldi: ana, bittasi ^^Zabo^^ning ham qoʻlida qadah tutib, peshonasidan oʻpdi. ^^Zebo^^ qarasa, u akasi emish. Ana, vangasi ham uni quchoqlab oʻpdi: “Senga baxt tilayman, ^^Zebo^^! Yangi yil bilan!” dedi.
Qiz choʻchib boshini koʻtardi. Yonveriga qaradi va shoshib tanchadan turib ketdi. Ayvonga chiqdi.
Ayvondan toʻgʻriga, oʻz uylariga qarab ketgan yoʻlka oppoq, undan yolgʻiz odam qoldirgan izni ham qor koʻmyapti.
^^Zebo^^ kalishini kiyib, supadan tushdi. Qordagi izlarni tavakkal bosib, pildirab ketdi. Chorpoya ustidan chiqqan it ham choʻzilib kelishdi-da, qizning ortidan chopdi. Undan oldinga oʻtib, roʻparadagi uy ayvoniga chiqib bordi.
^^Zebo^^ nam tortib ketgan dahlizda kalishini yechib, oʻng qoʻldagi xonaga kirdi. Yuziga boʻgʻriqqan issiq havo urildi. Choyan pechning kulxonasini tozalayotgan onasi qoshida toʻxtadi:
— Ena, shaharga ketaman. Akamni koʻrib kelaman!
Ona unga hayron boʻlib qaradi:
— Hozirmi? Bayram oʻtsin. Keyin borib kelasan. Biznikiga ham bitta-yarimta mehmonlar keladi. Men yolgʻizlik qilib qolaman.
— Boraman! — dedi ^^ Zebo^^ onasining gapini eshitmaganday. — Hozir ketaman! Nima berasiz, tayyor qiling hozir!
— Otangdan soʻra, boʻlmasam. Hali-zamon kelib qoladi.
— Otam rozi boʻladilar. Menga pul bering! Sandiqni oching...
Ota-ona yolgʻiz qizlari bilan qolgan. Ular ^^Zebo^^nning soʻzini ikki qilishmasdi.
^^Zebo^^ dahlizga qaytib chiqdi. Narigi xonaga kirdi. Devorlarga koʻz tashlab, toʻrdagi shkafni ochdi. Tugundan atlas koʻylagini, qoziqdan paltosini oldi. U birpasda kiyinib ham boʻldi. Palto unga uzunlik qilar, guldor shol roʻmol uni katta qilib koʻrsatar, uchi moʻynali etikchasining qoʻnji keng, qizga yarashmas edi.
Ona kirib chiqdi. ^^Zebo^^ qoshida toʻxtadi. Nimadir deb toʻngʻilladi. Oxiri:
— Borasan dedim-ku! — dedi.
Oradan bir soatlar vaqt oʻtdi chamasi, ^^Zebo^^ shaharga qatnaydigan avtobusda oʻtirarar, avtobus qorga bilan burkangan qishloqdan chiqib, biyday dala yoʻliga tushgan, yoʻlning odoqlari oqarib, tumanlanib koʻrinar va goʻyo avtobus allaqancha odamlarni olib noma’lum, sirli tomonga ketmoqda edi.
Lekin yoʻlovchilar mamnun, derazalardan olislarga koʻz tashlashadi, bir-biriga qishning yaxshi kelgani, qor ham ayni vaqtda yogʻayotganini aytishadi.
— Ha, qor boʻlmasa, Yangi yil bayrami boʻladimi! — deb qoʻydi ^^Zebo^^ ham.
U suhbatga qoʻshilmagani uchunmi, gapiga hech kim parvo qilmadi, zero qiz ham ularga parvo qilmadi.
Asta-sekin uning xayolidagi manzara — onasining “Ertagayoq orqangga qayt!” deya yelkasini silagani, otasining avtobus shoferiga ortiqcha pul berib: “Akasining uyiga yaqin oborib tashlang”, deya iltimos qilib ^^Zebo^^ni koʻrsatgani, yoʻl yoqasida choʻnkayib oʻtirgan olaparning allaqanday siniq ohangda tovushda xurib qoʻygani — uning xayolidan koʻtarilib, avtobus oldinga yurgani sari qizning fikri-yodini tagʻin oʻziga tanish, aziz manzara egallab olar edi.
Odatda, avtobus shaharga necha soat beshga qolmay yetib boradi. Bugun olti yarimda yetdi.
Tanish koʻcha. Yoʻl yoqasida oʻsha novcha daraxtlar! Qiziq, shaharda yoʻllarga qor tushgani qoʻyishmaydi-ya? Yer supurgich mashinalar va yana allaqanday kichkina avtobuschalar u yoqdan-bu yoqqa oʻtib, asfaltni tozalab ketishyapti. Qor esa, bunga oʻchakishganday.
Mana, besh qavatli baland imorat. Uning yuqori qavati koʻrinmaydi! Bulut pasayib qolganday.
^^Zebo^^ allaqanday ichki hayajonda yoʻlni kesib oʻtdi. U yoʻlkaga tushmayoq avtobus ham iziga qaytib ketdi.
Mana, yosh-yosh chinorlar! Barglari toʻkilmabti. Shoxlarini qor bosgan. Ana, archalar. Shu shaxarliklar qiziq! Togʻdan archa keltirib, uylarining yoniga oʻtqazishadi. Shularga qarab zavqlanishsa kerak, yoki oʻzlarini togʻda yashaganday his qilishadimi?
Ana, akasi bilan yangasi turadigan imorat.
Bu imorat ^^Zebo^^ga yaqin, aziz koʻrinib ketdi. Xuddi oʻz uyiga yetganday mamnun boʻlib bir toʻxtadi, chap qoʻlidagi ogʻirgina chamadonni oʻng qoʻliga oldi.
Zinalar. Eshik. ^^Zebo^^ oppoq tugmachani bosdi. Ichkarida qoʻngʻiroq jiringladi. Ship-ship qadam tovushlar keldi. Nihoyat, nimadir qitir etdi va eshik ochildi.
— E, ^^Zebo^^! — baqirib yubordi akasi.
U yaxshi kiyinib olgan, egnida qora kostyum, boʻynida qizil galstuk, oyoqda yaltirab turgan tufli.
Aka singlisining peshonasidan oʻpdi. Yoʻlakka qarab qoʻyib, eshikni yopdi.
— Yangam uydami, aka?
— Uyda, kiyinyapti! ^^Sharifa!^^ ^^Zebo^^ keldi! — [Oqiljon] ^^Zebo^^ga kulib boqdi: — Toʻgʻri qishloqdan kelyapsanmi?
— Ha, — dedi ^^Zebo^^ ham kulimsirab. — Yangi yilingizni koʻrgani keldim. Maylimi!
— Zoʻr ish qilibsan-da, singlim! Enam qalay! Boboy tuzukmi? Yech paltoyingni! Etigingni ham. Ana shunday. Endi menga ber! Mana bu yerga olib qoʻyamiz. Sovqotibsan-a! Ichkariga oʻt!
[Oʻqiljon] hovuchiga yoʻtalib qoʻydi, unga zalni koʻrsatdi. Oʻzi chap qoʻldagi yoʻlak bilan borib, yotoqqa kirdi. Eshikni zichlab orqasidan yopdi:
— [Zebo] keldi.
^^Sharifa^^ siniq kulimsiradi:
— Ayamlar olib kelishibdimi?
— Yangi yilni oʻtkazgani kepti.
Ayol eriga ma’noli tikildi. Er chimirlab, burnini qashib qoʻydi:
— Parvo qilma, ^^Zebo^^ uyda oʻtiradi, — dedi.
— Yolgʻiz qanaqa boʻlarkan?
— Hm, bilmadim, endi… oʻtirishga oborib boʻlmaydi. Umarni bilasan, odamlarni saralab chaqirgan. Keyin, umuman, ^^Zebo^^ u davraga toʻgʻri kelmaydi.
— Baribir, nimadir qilish kerak. U ^^Yelena^^ oʻzi oʻtirmaydi-ku, “Yangi yilni kutaman”, deb qolgan boʻlsa?
-Hmm, Qoʻshnilarning ham u tengi qizi yoʻq. – [Oqiljo]n Keskin qoʻl sitadi: -Bir yoʻli topiladi. Aytmoqchi, biz vaqtli qaytamiz-ku? Ikkiga qolmay yetib kelamiz…- U quvonib ketdi; - Umarning esi boʻlsa, bir soat oʻtmay turib “aylanamiz!” deb qoldi. Oʻtgan yili oʻzimiznikida oʻtirgandayam shunday boʻlgandi.
— Xa-ya. Unday boʻlishi ham mumkin. Toʻgʻri, unga oʻzingiz tushuntirib ayting, men aytolmayman.
— Yaxshi. Kiyin tezroq.
[Oqiljon] qaytib zalga bordi:
— Hozir yangang keladi... Kiyinyapti. Oʻtir!
^^Zebo^^ xona oʻrtasida qotib turar, burchakdagi odam boʻyidagi archaga tikilib qolgan, archa bamisoli qoʻgʻirchoqdek bezatilgan edi.
Qiz akasiga kulib qaradi:
—^^Zebo^^?
Qiz akasiga kulib qaradi:
— Archani zoʻr bezatibsizlar!
— Ha, endi... Oʻzim yaxshi koʻraman archa bezatishni! Yangang ikkalamiz bezadik. Bugun uch soat vaqt shunga ketdi. — [Oqiljon], allaqanday ma’yuslanib kresloga choʻzildi: — Endi, bu ishning ham bir gashti bor-da…
^^Zebo^^ akasining hurmati uchun soʻziga bosh irgʻab, stulga oʻtirdi.
Yangasi keldi.
Bir soatdan keyin ^^Zebo^^ xonada yolgʻiz qoldi.
Unga akasi bilan yangasi juda qadrdon bir oʻrtoqlari uyiga aytib qoʻyganini, har yili bu yerga kelishlarini, -bormasalar boʻlmasligini, lekin uzoq oʻtirmay qaytib kelishlarini va ^^Zebo^^ ishtirokida yangi yil bayramini bu yerda davom ettirishlarini aytib, ^^Zebo^^dan qayta-qayta uzr soʻragan boʻlishdi.
^^Zebo^^ ularning soʻzini eshitib turdi-da:
— Yoʻq-yoʻq, meni oʻylamanglar, akajon, Raxmat, — dedi. — Bilaman. Men ham dugonalarim uyiga chaqirsa, sizlarni boshlab bormayman. Yangajon, boraveringlar. Men uyda oʻtiraman. Zeriksam, koʻchalarni aylanib kelaman.
— Ana bu boshqa gap! — dedi akasi. — Lekin ehtiyot boʻl. Mast odamlar koʻp uchrashi mumkin.
— Mendan xavotir olmang.
— Eki, ^^Sherifa^^, shu yerda qittaq-qittaq qilamizmi? Kelinglar! — U chap qanot devor ostida turgan stol boshiga bordi. Ikkilandi. — Hozirdan...a, ^^Sherifa^^?
— Ixtiyoringiz, — dedi xotini.
^^Zebo^^ akasi oʻzi uchun bu ishni qilayotganini fahmladi. — Akajon, qoʻying. Vaqtida ichganingiz yaxshi. Kechikib qolasizlar, boringlar.
Xayrlashayotib, [Oqiljon] singlisining peshonasidan yana oʻpdi. ^^Sherifa^^ ham uning yelkasidan quchib qoʻydi.
Akasi bilan yangasining ketib qolishgani ^^Zebo^^ga ogʻir botmadi. Qaytaga, uyda yolgʻiz qolgani unga yoqdi. Qiziqib, yana archa qoshiga bordi. Butoq tanasiga yopishib turgan tulkiga tikilib: “Oʻlmabsiz!” dedi. Burnini chertmoqchi boʻldi. Lekin archa ustiga tashlab qoʻyilgan yaltiroq qogʻoz shildirab ketib, archa titradi. Qiz tezgina qoʻlini tortib oldi.
Soʻng, archaning atrofini oʻrab olgan mitti lampochkalarni yoqmoqchi boʻldi. Hali akasi yoqib koʻrsatgan edi. U izlanib televizor qoshiga bordi. Polda yotgan shtepselni olib, tokka tiqqan edi — qora-yashil tusda tovlanib turgan archa lop etib qizardi. Uning shoxlari, butoqlari, barglari orasiga yashiringan lampochkalar bodrab yondi.
^^Zebo^^ hayajonga tushib, archa qoshiga qaytdi. Undan koʻz uzolmay qoldi: muncha chiroyli!
“Odamlar biladi-ya! Hamma narsani chiroyli qilishadi”, deb oʻyladi u.
Yarim soatdan keyin ^^Zebo^^ chiroqlarni oʻchirib, eshikni qulfladi. Zinalarni bir-bir bosib, pastga tushdi. Roʻparadagi derazalarda chiroqlar yonibdi-ku! Hammada archa bor-a! Anavi deraza - qora. Egasi oʻtirishga ketgan. Anavi uydayam odam yoʻq. Ular ham Yangi yilni oʻtqazib qaytishadi hali.
U koʻchada qancha vaqt aylanib yurganini bilmaydi.
Boʻralab yogʻayotgan qor tagida junjiqib, xiyobanda ketarkan, yoʻl yoqasida qoʻnqayib turgan fanyer uycha oldida toʻxtab qoldi. Uychaning bitta devoriga archa koʻtarib ketayotgan ayiqcha surati solingan. Ikkinchi tomonida quyoncha bilan qoʻl ushlashib turgan qorqiz! Uchinchi tomonida kattakon Qorbobo!
“Shu yerda archa sotishgan”, - oʻyladi qiz. -Odamlar olib ketishgan!” U xoʻrsindi - togʻda oʻz boshiga oʻsib yotadigan archalarning bu yerda tanqisligi qizga juda yoqib ketdi.
U joyidan jilgan ham edi, roʻparasidan kelayotgan yigit unga urilib ketayozdi. Uning qoʻlida… archa. Kichkina archa. Ha, birovning uyiga boryapti. Shoshganini qarang! Vaqtida harakat qilish kerak edi! Hali buni bezatish kerak. Beparvo ekan.
Ana, qoʻlida zont tutgan ayol, shoshib ketyapti...
^^Zebo^^ koʻchada odamlar siyraklashib qolganini koʻrib, qattiq hayajonga tushdi: “Yangi Yil oʻtib ketmadimikin?”.
Orqaga qaytdi. Yoʻli qayoqda? Akasining uyi qayerda! Qani, shu xiyobon boʻylab boraversin-chi?
U tez yurib borar, etikcha ichidagi oyoqlari sovqatayotgani endi bilinar, qoʻlini oʻgʻziga tutib kuhlar, lekin jilmayar va bir joyga borayotgandek shoshsr edi.
Qiz shu hovliqishda tanish imoratga yetdi. Zinalar. Eshik. Ichkariga kirib, eshikni yopdi-yu, zalga qarab yigʻlab yuborayozdi. Archaga oʻrnatilgan mitti chiroqlarni oʻchirmay ketgan ekan!
Xona qizarib, juda ham sirli juda ham goʻzal boʻlib turibdi. Buning ustiga issiqqina.
^^Zebo^^ shosha-pisha yechindi. Lekin kiyim boshini boya akasi qoʻygan joylarga ohista osib qoʻydi. Oʻziga oʻzi zehn solib, shohona qadam bilan zalga qarab yurdi. Uning koʻngli togʻdek koʻtarilib ketgan edi.
Beixtiyor deraza yoniga bordi.
Qor sekinlagani uchunmi, qarshi tarafdagi uylar derazasi yaqin boʻlib koʻrinar, bir necha deraza ortida chiroyli kiyingan erkak-ayollar bor edi. Ana bittasi qattiq kulib boshini yigiti orqasiga yashirdi. Anavi uyda yorugʻ koʻp. Qandilini qarang! Oʻntalab lampochka yonib turibdi. Iya, anavi odamlar nega toʻzib qolishdi? Hozir ichishadi… Yangi yil!
^^Zebo^^ yalt etib, televizorga qaradi, oqarib turgan ekrandan yuqorida qop-qora soatning mili ”12” raqamini ustiga borib qolgan edi.
A-a, ana u Strelka sekundni koʻrsatadi! Sekund… U ham “12”ga yaqinlashib boryapti! Hozirboradi… Soʻng asta oʻtadi… Yangi yil ham kiradi… Eski yil oʻtadi!
Qizining yana yigʻlagisi kelib ketdi. Hiqqilab yana derazaga qaradi.
U nimaga qarab turibdi? Nimani kutyapti? Axir, oʻzi ham nimadir qilishi kerak-ku? Nima u? Kiyinishi kerakmi? Kyimi ustida yomon emas. Toʻgʻri koʻylagi etaklari yangasinikiga oʻxshab kaltamas. Lekin tuzuk. Sochi… turmaklab olsa boʻlarkan. Mayli, endi vaqti yoʻq.
Nimadir qilishi kerak!
Chiroqni yoqsinmi? unda… ular ham ^^Zebo^^ni koʻradi. Yolgʻiz ekan deyishadi. Bu ishi toʻgʻrimas.
Axir u shu manzarani – yangi yil kutish daqiqalarin, odamlarning kuvonib qadah choʻqishtirishlari, tabrik qilishlarini koʻrmoqchi edi-ku!
Yana tagʻin…bu manzarani shaharda allaqanday deraza ortida turib koʻrmoqchi edi. Shu orzuga yetdimi hozir?
Lekin oʻzi ham bularga qoʻshilishi kerak-ku!
U shoshib stol yoniga bordi. Ha-a! ana ichimlik! Ana idishchalar. Unga mana shu narsa yetmayotgan ekan. Yoʻq u, icholmaydi. Ichib koʻrmagan. Nafasi boʻgʻilib qolmasin tagʻin. yoki mast boʻlib qolsa, sharmandalik! Akasi nima deydi?
Yaxshi emas.’u stoldan oppoq chinni piyolani olgani, oshxonaga oʻtgani, chiroqni yoqib, vodoproddan piyolaga suv uyib olgani, tagʻin deraza yonida paydo boʻlib qolganini sezmay qoldi.
…Ana, odoamlar uyoqda…
^^Zebo^^ qoʻlidagi qadahni oldiga uzatdi:
Baxtli boʻlinglar! – dedi. Koʻzlaridan tirqirab yosh chiqib ketdi. – Omon boʻlinglar, - shivirladi u va garangsiragan koʻyi soʻz aytishda davom etdi: - siz ham, siz ham…Akajon, siz ham! Yangajon, siz ham omon boʻling! Ena! – beixtiyor allaqayoqlarga qarab qoldi: - Otajon, siz ham.
U baxtiyor edi. Uning qoʻllari qaltirar edi. Piyolani sekin labiga eltdi-da, muzdak suvni ichib yubordi.
Tashqarida qor yogʻar, xar bir uy, xar bir goʻshada bayram. ^^Zebo^^ning akasiyam doʻstlari davrasida, yangasi xam oʻsha yerda. Yiroqda… qishloqda ota-onasi xam bayram shodiyonasida. ^^Zebo^^ bu yerda, lekin ^^Zebo^^ xozir oʻzini qizgʻish mitti chiroqlar yonib turgan nim qorongʻu uydamas, oʻshalarning xam davrasida, yoʻq, anavi notanish odamlarning, butun shaxar, butun qishloq uylarida, chexrasida
Yangi yil, yangi baxt zavqi gupurgan odamlar orasida xis etib, ularni gʻala
gʻovuri Ichida gangib oʻtirar, oʻzigina ularga baxt-saodat tilab qolmay, ularning xam oʻziga baxt-saodat tilayotgan, soʻzlarni eshitar, butun vujudi, fikri-zikri, borligʻi bilan bayram, Yangi yil quvonchiga choʻlgʻanib qolgan edi.
Xaqiqatdan xam kechasi soat ikkidan keyin eshik ortidan qadam tovushlari
keldi. Yangasi va ayollar gul-gul ochilib kirishdi.
Bayram davom etdi!
Tancha. Tashqarida qor lapillab yogʻadi. ^^Zebo^^ tancha yonida mudrab oʻtiribdi. Uning xayolida kitoblarda oʻqigani, yoxud odamlardan eshitgani boshqa manzaralar…
^^Zebo^^ oʻshalarni xam koʻradi: Yangi yil unga shuni va’da qilyapti