Men kelajakda $$O‘zbekiston$$ barcha jabhalarda yangi «^^Osiyo^^ yo‘lbarsi»ga ay- lanadi, deb umid qilaman. Alloh nazari tushgan bu jannatmakon yurtda chinakam komil insonlar dunyoga kelib, xuddi bir vaqtlar shonli o‘tmishimizda bo‘lgani kabi, mamlakatimiz dovrug‘ini yetti iqlimga taratadi, degan orzudaman. Illo, bu qutlug‘ ishning kurtaklari hozirdanoq yuz ocha boshlagan. $$O‘zbekiston$$ sho‘rolar davridayoq Koinot tadqiqotlarida faol ishtirok etib kelgan. Respublikamizda shunday olimlar borki, ular sobiq $$SSSR$$da ishlab chiqarilgan eng zamonaviy samo kemalarining muhim texnik qismlarini loyihalashtirib, bunyod etganlar. Turli fazoviy, biologik, fizik, ekologik, tibbiy va boshqa tadqiqotlarda faol qatnashganlar. Mustaqillik yillarida esa, yangi tashkil etilgan $$«O‘zbekkoinot» ilmiy-ishlab chiqarish xissadorlik birlashmasi ham bu sohada tashabbuskorlik ko‘rsatib, koinot tadqiqotlari va respublikamiz xalq xo‘jaligi uchun ibratli ishlar qilmoqda. Inson ongini taniganidan buyon olamni va o‘z-o‘zligini bilish va dunyoni o‘zgartirishning ikki qudratli vositasi fan va adabiyot-san’atni dunyoga keltiradi. Adabiyot asotir (mif), afsona, ertak va rivoyatlar tarzida ilm-fandan ancha ilgari paydo bo‘lgan va olis moziydayoq inson bilimlarining barcha shaklla rini o‘zida mujassamlagan. Adabiyot-san’at dunyo tarixida inson tafakkurining eng hayratomuz va eng noyob hosilalaridan biri hisoblanadi.
Adabiyot va san’at asrlar mobaynida bashariyatga hamroh va hamroz bo‘lib ke- ladi. U hurriyat va ozodlik uchun kurashga undaydi, mard lik va jasoratga chorlaydi, inson his-tuyg‘ulari va ehtiroslarining go‘zalligini madh etadi, kerak bo‘lsa, uni ma’naviy va estetik ma’noda tarbiyalab, ruhan poklaydi, komil inson sifatida qalban yuksaltiradi. Agar ilm-fan o‘z olamshumul maqsadini aniq manti- qiy dalil-isbotlar, yangi- yangi tabiat qonunlarini kashf etish orqali amalga oshirsa, adabiyot-san’at ko‘proq his-tuyg‘u, badiiy obraz va timsollarga tayanib ish tutadi. Kamina fan, adabiyot va san’atning oliy darajadagi uyg‘unligi tarafdoriman, illo, ularning maqsad-mohiyati ham, ko‘zlagan manzillari ham bir, deb hisoblayman. Inson bilimlarining oshuvi va jamiyat madaniyatining yuksalishi fan va adabiyot, ilmiy va estetik ong o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirib, tobora murakkablashtirib boraveradi. Ayni shu holat ularni o‘zaro yanada yaqin- lashtiradi. XX asrda paydo bo‘lgan va tobora rivoj topayotgan ilmiy-badiiy, il- miy-fantastik adabiyot yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir. Umuman olganda esa, adabiyot qaysi janrga taalluqli ekanligidan qat’iy nazar, insonshunoslik muammolari bilan shug‘ullanadi, insonning ichki ruhiyat dunyosi, his-tuyg‘u va ehtiroslar olamini badiiy tadqiq etadi, so‘z san’ati vositasida ularning yangi-yangi qirralarini kashf qiladi. Yozuvchi, shoir, dramaturg, umuman, adabiyotchi esa, odamlarning kayfiyati, istak-xohishlari, armon-tashvishlari, orzu-umidlari, manfaatlari, qusurlari va ezgu fazilatlarini qabul qilib, yangi saviyada shakl- lantiradi va badiiy istifoda etadi. Sho‘rolar davrida boshqa ma’naviy-ijtimoiy sohalar kabi adabiyot ham kommunistik mafkuraning dastyori va quliga aylangan edi. O‘sha davrlarda yaratilgan ancha-muncha kitoblar yaratuvchilikka emas, buzg‘unchilikka xizmat qilar edi. Mustaqillik va istiqlol sharofati bilangina u o‘zining asl va muborak vazifasini ado etishga kirishdi. Inchunun, chinakam ada- biyot va san’at hamma vaqt insonni hayotiy haqiqatlar bilan hamnafas yashab, ularga xolis nazar bilan qarashga, ezgulik va go‘zallikni ulug‘lashga, jaholat va ra- zolatga qarshi ayovsiz kurashga da’vat etib kelgan va hamisha shunday bo‘lib qola veradi. Badiiy adabiyotni kamina beqiyos va hadsiz-hududsiz ummonga iqtibos qilgim keladi. Unda mashaqqatli, ammo sharafli ilohiy mehnatni o‘z zimmasiga olgan mardu maydonlargina suza oladi. Bu ummonda yetti yashardan yetmish yoshgacha jami iste’dod sohiblariyu adabiyotdagi barcha janrlarning o‘z o‘rni va mavqei bor.
XXI asrda adabiyot ilmiy-badiiy yo‘nalish kasb etib, ma’naviyat bo‘stonida jahonshumul ilmiy kashfiyotlarni ham, noyob badiiy to pilmalarni ham birday o‘zi da mujassam etgan bo‘ladi, deb o‘ylayman. Ana shu jihati bilan u Koinot gultoji sanalmish Insonni ulug‘laydi, uni bashariyat bilan daholari va donishmandla rining eng ezgu orzusi sanalmish KOMILLIK sari yetaklaydi.
Article
XXI ASR ORZULARI, OʻYLARI, NIYATLARI
Total words
533
Unique words
407
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
3
TTR
0.764
Hapax
348
Distribution
Top frequency chart
Dataset