Yaqinda nashr etilgan $$«Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomli risola$$ ta’lim tizimi oldiga ham muhim vazifalarni qo‘ydi.
Respublikamiz Prezidenti $$2001-yilni «Onalar va bolalar»$$ deb e’lon qilganlari zamirida faqatgina jismonan baquvvat avlod haqidagina emas, ruhi, fikri sog‘lom, iymon-e’tiqodi but, ma’nan yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodning shaxsini axloqiy shakllantirish nazarda tutilgan. Negaki, «...axloq shunday boylikki, inson... usiz yashay olmaydi. Agar siz odamdan yangisini bermay turib, uning axloqiy mezonini tortib olsangiz – siz uni zulmatga yo‘liqtirasiz, ko‘r odamni yo‘lda qoqiltirib, halokatga itarasiz» degan edi ulug‘lardan biri. Taraqqiyotning chinakam belgisi – boylik yoki shaharlarning kattaligida, shuningdek, hosilning mo‘l-ko‘lligida ham emas, balki, shu o‘lka bag‘rida tarbiya topgan INSON qiyofasidir. Demakki, uning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy dunyoqarashi – milliy mafkurasidir. Mustaqil $$O‘zbekiston$$imizda mafkura, ayniqsa, milliy mafkurani shakllantirish, uni vijdon mafkurasiga aylantirish davlat ahamiyatiga molik muhim masala qilib qo‘yilgandir. U dastavval yurtimizning ertangi egalari bo‘lgan yoshlar dunyoqarashida o‘z in’ikosini topmog‘i lozim. Bu sharafli va o‘ta mas’u- liyatli vazifani bajarish birinchi navbatda ta’lim sohasidagi islohotlarning natijasi bilan bog‘liqdir. Yoshlarning bugungi vazifasi o‘qish va o‘rganish, imkon bo- richa ko‘proq bilimga ega bo‘lishga intilishdan iborat. Chunki ijtimoiy hayotimizning jiddiy rivojlanishiga faqat shu yo‘l bilangina erishish mumkin. Shunday ekan, dastavval uning mezoni qanday bo‘lmog‘i kerak, degan savol tug‘iladi. Insonning dunyoqarashi uning o‘smir yoshidayoq shakllanishini nazarda tutadigan bo‘lsak, fikrimizcha; Birinchidan, farzandlarimiz ongiga o‘rta umumta’lim maktablaridayoq umuminsoniy qadriyatlarni singdirmog‘imiz lozim; ikkinchidan, o‘quvchi shaxsini axloqiy shakllantirishda umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhi muhim o‘rin tutmog‘i kerak; uchinchidan, o‘quvchilar qalbida umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy g‘urur, milliy iftixor, o‘z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish va mamlakatimizdagi turli millat xalq- lariga hurmatda bo‘lish munosabatini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlarni va maktablarning ish tajribalarini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ushbu muammo bo‘yicha respublikamizda mustaqillik yillarida ma’lum tajribalar to‘plangan. Lekin umuminsoniy qadriyatlar asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchi shaxsini axloqiy shakllantirish – pedagogik muammo sifatida chuqur o‘rganilmagan va nazariy jihatdan talqin etilmagan. Umuminsoniy qadriyatlar asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchi shaxsini axloqiy shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, xususiyatlari yetarli darajada ilmiy-nazariy, amaliy-metodik jihatdan ishlab chiqilmagan. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘smir yoshdagi o‘quvchi shaxsini axloqiy shakllantirishda tarbiya jarayonini aniq maqsad asosida tashkil etish orqali umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishning samarali bo‘lishiga erishish mumkin. Bu oliy maqsad quyidagi yo‘nalishlarda aniq va to‘laqonli ifodasini topadi:
1. Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi, mohiyati va ta’rifini nazariy jihatdan ishlab chiqish va ularning shaxsini axloqiy shakllantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatish.
2. O‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchi shaxsini axloqiy shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash.
3. O‘quv-tarbiya jarayonida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash mazmunini ishlab chiqish.
4. Xalqimizning ma’naviy merosi asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchi shaxsini axloqiy shakllantirishning tizimini yaratish.
5. Ijtimoiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatni shakllantirishni ta’minlaydigan metodik tizimni sinab ko‘rish va nazariy asoslash: o‘quvchilarning umuminsoniy qadriyatlar asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchi shaxsini axloqiy shakllanish ko‘rsatkichlari va mezonlarini aniqlash.
6. Umuminsoniy qadriyatlar asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilar shaxsini axloqiy shakllantirishni takomillashtirishda o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Bu tadqiqotlarning hayotga, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlar tarbiya jarayoniga tatbiq qilinishi mustaqil davlatimiz fuqarolari mafkurasi – milliy mafkuraning vijdon mafkurasiga aylanishida mustahkam poydevor bo‘lib qolishiga shubha yo‘q.