🔍

Article

“QORA ODAM”NING TASHRIFI

By Saida Sayxun • in 2000

Libos rangi qaysidir jihatdan kishining ruhiy olamini ochib turadi. Qora rang-chi? Qora rangni azaldan biroz mahzunlikka yo‘yishgan. Ruhlar, insonning ruhiy dunyosiniyam «oq» va «qora»ga bo‘lishgan-da. Yomon, yovuz kuchlarni «qora ruhlar» timsolida tasavvur etishgan. Ba’zan shunaqa bo‘ladi. Bunday qarashlarga zid kayfiyat ham o‘zimiz istamagan holda ruhiyatimizda yashayveradi. Qora rangni yoqtiraman. Liboslarniyam. Bilaman «og‘ir» rang. Lekin didimga o‘rnashib qolganda. Tasavvurimda mag‘rur, cho‘rt kesar, biroz kalondi- mog‘ ayollar shu rangni tanlaydiganday. O‘zgalarga bepisandroq, sirliroq. Shunday deb o‘ylayman-da. Ko‘pincha men kuzatgan qoraga burkangan ayollar haqiqatan ham shunday bo‘lib chiqishadi. Tushlarning ta’biriga hamma har xil yondoshadi. Kimdir tushida qora sharpaning ta’qibidan cho‘chib uyg‘ongach, «hayriyat tushim ekan», deydi shukur qilib. Nega? Nega shunchalar «qora sharpa»dan cho‘chiymiz? Tush o‘z yo‘ligadir. O‘ngimizda unga yo‘liqsak-chi? U nima o‘zi, u «qora ruh»ning o‘zi emasmikin? Axir, buyuk ijodkorlar o‘z asarlarida uning obrazni behudaga yaratmagan-ku. [Gogol, Dostoyevskiy], [Yesenin]. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida bo‘lsa judayam ko‘p. «Qora odam» tashrifining tirik guvohi bormi? Bunday odamlar bor oramizda. Uralda yashovchi ^^Tatyana Mixaylova^^ 1987-yilda qoq tunda to‘shagi tepasida «qora odam»ni ko‘rgan bo‘lsa, Mayamida yashovchi [Toma Bert]ni tunda «qora libosga bo‘rkangan yovuz «sharpa» bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘lgandi. Novosibirsklik Irina Kiseleva bo‘lsa o‘lim to‘shagida yotgan otasining xonasida so‘nggi damda qoraga o‘rangan erkak qiyofasidagi iblisning tashrifidan o‘takasi yorilayozgan ekan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, «qora odam»lar negadir ko‘proq bolalar bilan muloqotda bo‘lishga tirishadi. Besh yashar qizaloq hovlida o‘ynab yurgan- da yerdan chiqibmi, osmondan tushibmi to‘satdan qora kiyingan xotin paydo bo‘lgani, «onangning tanishiman, seni konfet bilan siylamoqchiman», deydi. Qizaloqning fe’l-atvori shu kundan keskin o‘zgaradi. Uch kun o‘tgach esa «qora ruh» xonadonga kirib keladi. Endi uydagi eshiklar o‘z-o‘zidan ochilib-yopilar, vannadagi suv jumraklaridan suv shovullar, goh qo‘qqisdan suv to‘xtar, chiroqlar o‘chib-yonar, gazda o‘z-o‘zidan choy qaynar, ovqatga kimdir tuz tashlar... Jim-jit tunda yo‘lakda qadam tovushi eshitilar... Xullas, hammayoq ostin-ustun bo‘lardi. Uy egalari jon hovuchlab qolishdi. Faqat qizaloqqina bemalol u bilan «o‘yna- shar», suvni ochsa berkitar, eshikni yopsa ochardi. Qiziq, hayvonlar «qora»larni ko‘radimi? Kutilmagan «mehmon»dan tashvishga tushganmi?. Shunday o‘y bi- lan moskvalik bir oila uylarida it asrashdi. Bilasizmi, devorda yozuv paydo bo‘lgan: «Itni yo‘qoting!» Kechasi it g‘ingshiy boshlagach, sohibi chiroqni yoqsa kimdir itni chilvir bilan bo‘g‘ib qo‘ygan ekan. Kattalar payqamasa-da, 4 yashar o‘g‘ilchasi «qoraga o‘rangan odam» eshikni paypaslab ochayotganini sezgandi... So‘nggi yigirma yillikda o‘zga sayyoraliklarni tadqiq qilishga zo‘r berib urinishdi. Hatto amerikalik olimlarning «o‘zga sayyoraliklarni tadqiq qilish» guruhigayam «qora odam» hujum qilgandi. Ular guruhga «Zudlik bilan tadqiqotni to‘xtating!», deya shart qo‘ygandi. Qizig‘i, shu voqeadan so‘ng tadqiqotchilar biri og‘ir dardga chalinib, biri halokatga uchrab, xullas parokandalikka yo‘liqishgan. Talabalik yillarimizda shov-shuv ko‘tarilgandi. «Barabashka»lar odamlarni holi-joniga qo‘ymay qo‘ygandi. Hatto allaqaysi yotoqxonadagi «barabashka» qizlarga soat o‘rnida xizmat qilgan, ya’ni ertalab «barabashka» chalib uyg‘otganini o‘qigandim. Albatta, har kimning o‘z ruhiy olami bor. «Qora odam» unga yo‘liqadimi yo‘qmi, asosiysi bu emas. Nima bo‘lganda ham biz bilgan va bilmagan dunyoning sir-sinoatlari ko‘pdir. Qanchalar rost yo yolg‘on bo‘lsin, bu voqealar haq yo‘lida chuqurroq o‘ylashga undaydi. Balki, bilib-bilmay yo‘l qo‘yadigan gunohu, xatolarimizning qachondir so‘rog‘i ham borligiga bir ishoradir. Baribir, qora rangni, qora liboslarimni yoqtiraman. Nechundir ularni kiyishga yuragim betlamay qoldi. Uqqanim shu, pok kimsaga «qora odam» yo‘liqsa-da, xayrli bo‘ladi. Axir, go‘daklar undan cho‘chimaydi-ku?!

Total words

496

Unique words

403

Annotated anthroponyms

4

Toponyms

0

TTR

0.813

Hapax

349

Distribution

Top frequency chart

Dataset