Butunjahon sifat ko‘mitasining xar yili o‘tkazadigan an’anaviy tanlovida 1998yilgi paxta hosili bo‘yicha 144 ta mamlakat o‘rtasida $$Qashqadaryo viloyati$$dagi $$Yakkabog‘ «Oq oltin» hissadorlik jamiyati$$ g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Xalqaro mukofot - platina yulduzini hissadorlik jamiyati raisi [Rustam Jo‘rayev] $$Ispaniya$$ning $$Madrid shahri$$dan olib qaytganda, yana bir xushxabar tarqaldi. Korxona jamoasi 1999-yilning paxta tolasi bo‘yicha xalqaro sifat qo‘mitasining bu gal oltin yulduziga sazovor bo‘libdi. Muxbirimiz korxona raxbari [Rustam Jo‘rayev] bilan suhbatlashdi.
Korxonangiz mahsuloti bu qadar e’tiborga tushganini qanday baholaysiz?
Avvalo, mukofot qo‘li qadoq, zahmatkash paxtakorlarimizniki. Kunni kun, tunni tun demay, yil o‘n ikki oy mehnat qilayotgan paxtakorlarimizning hech kimdan kam joyi yo‘q. Bir vaqtlar kimga va qayerga mahsulot jo‘natayotganimizni, unga qanday baho berishayotganini bilmasdik. Bugun esa mustaqillik tuyg‘usidan bahramand bo‘layapmiz. Biz erishgan muvaffaqiyatni yurtboshimiz olib borayotgan dono siyosat, paxtachilikka ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibordan deb bilaman. Ochig‘i, xalqaro bozorda paxta tolasiga qo‘yilayotgan talablar nihoyatda katta. Yurtimiz va shu jumladan, tumanimiz paxtakorlari xalqaro talablarga to‘liq javob bera oladigan mahsulot tayyorlay olishlarini amalda isbot qilmoqdalar. Masalan, 1999-yil tumanimiz paxtakorlaridan 21 ming tonna paxta qabul qilib oldik. «^^Yulduz^^» va $$«Namangan-77» navli paxta$$ning 30 foizi yuqori sifatlarda qabul qilindi. Ayniqsa, [Amir Temur], «Sohibqiron», $$[Karim Moyliyev] nomli xo‘jalik$$larining paxtakorlari yuqori sifatli paxta topshirishga erishishdi. O‘tgan yilgi paxta hosili bu gal Butunjahon sifat qo‘mitasining oltin yulduziga sazovor bo‘lganini xabar qilishdi. Mukofot endi $$Fransiya$$da topishirilar ekan. -Xalqaro ko‘rikning mahsulot oldiga qo‘yilgan talablari 100 dan oshiq ekan. Shundaymi?
Haqiqatda shunday. Mijozlar talabini doimiy ravishda o‘rganib borish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, savdo yarmarkalarida qatnashish, yangi texnologiyani joriy etish va boshqalar aks etgan 100 ta shartni ado etish kerak. Biz shunga erishayapmiz.
Ayni paytda korxonamizda tayyorlanayotgan mahsulotlar $$Amerika$$ning «Danovant», $$Shvetsariya$$ning «[Paul-Rinxard]», $$Koreya$$ning «DEU», Fran- siyaning «Devkot» singari jahonning 40 dan oshiq mashhur firma va kompaniyalariga yetkazib berilmoqda. Ulardan biror marta ham e’tiroz olgan emasmiz. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Ishlab chiqarishda sifat muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun mavjud uskunalardan samarali foydalanilmoqda. 1996-yilda eski «mehnat» mashinalari yangi «UXK» paxta tozalash tizimi bilan almashtirildi. Tozalash samaradorligi 96-97 foizga yetdi. Bundan tashqari soatiga kamida 350 kilovatt elektr energiya- sini tejashga erishayapmiz. To‘g‘ri, «jin» mashinalari- da ishlatilayotgan arralar hamma vaqt ham sifatli tayyorlanmaydi. Ularni qaytadan ta’mirlab ustaxonamizda kuydirib-toblaymiz. Natijada arralarni 5-6 kungacha ishlatish imkoni paydo bo‘ladi. Umuman, ishlab chiqarishga yangilik- larni dadil joriy etayapmiz. Mahsulot sifatida eng ishonchli kafolat ishchi- xizmatchilarning malakasi, ularga yaratilayotgan sharoitdir. Shular haqida ham gapirib bersangiz.
Bu talablar xalqaro sifat qo‘mitasining shartlariga ham kiritilgan. Ayni paytda korxonamizda 500 ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. Korxonamiz xususiylashgan bo‘lib, 14 million so‘mdan oshiq ustav fondimiz bor. Ishchi- larning o‘rtacha ish haqi 15 ming so‘mdan tushayapti. O‘tgan yili 1 so‘m daromad uchun 1 so‘m 90 tiyindan divident to‘ladik. Ishchilar malakasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish e’tiborda turibdi. Masalan, chiqindi paxtani qayta ishlash sexida 15 ishchi, «Tong» kichik korxonasida 20 ishchi mehnat qilayapti. Shu kichik korxonada ishchi kiyimlari, qo‘lqoplar tikilmoqda. Korxonamiz daromadidan tuman mehnatkashlari uchun «Baxt» uyi qurib berdik. Korxonamizning bosh injeneri [Ibodulla Ibragimov] $$AQSH$$ning «Danovant» firmasi taklifi bilan $$Avstraliya$$ning $$More, Tomba shaharlari$$dagi paxta tozalash korxonalari tajribasi bilan tanishib qaytdi. U yerlarda bir korxonada 30-35 ishchi ishlarkan. Hamma jarayonlar kompyuterlashgan, eng zamonaviy, uskunalar o‘rnatilgan ekan. Kelajakda yurtimizda ham ana shunday korxonalar bunyod etilishiga ishonman.