🔍

Article

MING OYDAN YAXSHIROQ KECHA

By Mirzo Anvar • in 2000

Muborak [Ramazon] oyining fazilatu xosiyatlari shunchalik bisyorki, sanog‘iga yetish osonmas. Bunday fazilatlarning ba’zilari xususida so‘z yuritadigan bo‘lsak, avvalo Olloh taoloning kalomi bo‘lmish Qur’oni karim shu oyda nozil bo‘lganini aytish joiz. Ayniqsa, Ro‘zaning so‘nggi o‘n kunligi fazilatlarga boy hisoblanadi. Boisi, shu kunlarda «Qadr» kechasi yuz bergan deyishadi. Bundan tashqari [Ibrohim] alayhissalomga Olloh taoloning bir necha sahifa kalomi tushgan ekan. [Ramazon]ning 6-kunida [Muso] alayhissalomga «Tavrot», o‘n ikkinchisida [Dovud] payg‘ambarga «Zabur», o‘n sakkizinchisida [Iso] alayhissalomga «Injil» tushgan deyishadi. Muborak [Ramazon] kunlarida odamlarda sabrqanoatga ko‘nikma ortadi. Sabr esa iymondandir. Sabr ruhimizni poklaydi, irodani chiniqtiradi. Ruhan oliyjanoblik, insonparvarlik, savobli ishlarga kamarbastalik, qolaversa, saxovatpeshalik yo‘lida, harakatlar boshlanadi. Mana endi Prezidenti- miz tashabbuslari bilan «Sog‘lom avlod yili»ning dastlabki dekadasida Muborak Ramazon ruvvat o‘n kunligi»ni o‘tkazishga qaror qilinishi nur ustiga a’lo nur bo‘ldi. [Ramazon]ning so‘nggi o‘n kunligi esa mahfirat va rahmat yog‘iladigan, gunohlar kechiladigan damlar sanaladi. Demak, uxroviy va dunyoviy ishlarda harakatlarning uyg‘un kelishida avvalambor insonga mehr-shafqat, saxovat, himmatu ehsonlardan kelguchi savoblar mujassam. Demak, qariyalarni yo‘qlash, yetim-yesirlar ko‘nglini olish, umid chiroqlarimiz bo‘lmish sog‘lom avlodga alohida e’tibor ortadi. Qur’oni karimda Qadr kechasining fazilati ming oydan yaxshiroq ekani ta’kidlanadi. Odamlar o‘rtasida turli fikr-mulohazalarga sabab bo‘lguvchi «Laylat ul-Qadr» nedur? Bu kechaning xosiyati, uning haqiqati Olloh taollo Qur’oni karimdagi Qadr surasi orqali ochib beril- gan. Xususan: «Albatta Biz Qur’onni Qadr kechasida tushirdik (Qur’on oyatlari mana shu kechadan boshlab nozil etilgan). Qadrli kecha qanday fazilatlarga ega ekanligini senga nima bildirdi? (Albatta Qur’oni karim. Ushbu Qadrli kecha fazilati ming oydan yaxshiroqdir. Ushbu kechada Ollohning maloikalari [Jabroil] alayhissalom boshchiligida [Robbi]larining ruxsati bilan ul Zot tayin etgan ishlar uchun yer yuziga tushadilar. Bu kechada tong otgunicha, Ollohga salovatu salomlar aytilib, solih bandalar nomiga rahmatlar yozilib turadi». Janob payg‘ambarimiz [Rasululloh]iy vasallam Qadr kechasini bedorlikda ibodat bilan o‘tkazar edilar. Bunday fazilatga boy kecha Ro‘zaning qaysi kuniga to‘g‘ri ke- lish xususida ko‘p rivoyatlar bor. Jumladan, [Ibn Umar] roziollohu anhuning rivoyatlarida shunday deyiladi: «Nabiy sallollohu alayhi vasallamning bir qancha sahobalari Laylat ul-Qadrni [Ramazon]ning oxirgi o‘n kunligining yettinchisida bo‘lishini tush ko‘ribdilar. Shunda [Rasululloh] sallolohu alayhi vasallam ularga yuzlanib: «Sizlarning tushlaringiz Laylat ul-Qadrni ro‘zaning oxirgi o‘n kunligining yettinchi kuni ekaniga muvofiq kelayapti. Kimki, Laylat ul- Qadrni kutmoqchi bo‘lsa ^^Muborak^^ oyning oxirgi o‘n kunligi yettinchisida kutsin!» debdilar. Payg‘ambarimizning bu ko‘rsatmalariga muvofiq asrlar mobaynida Qadr kechasi [Ramazon] oyining 26-27 ga o‘tar kechasi kutib olinmoqda. O‘ylaymizki, iymon-e’tiqodli insonlar muborak bu kechani bedor o‘tkazib, Ollohga salovatu-salomlar aytib, yurtimizda tinchlik xotirjamlik, barqarorlik va taraqqiyotning muqim bo‘lishini Tangridan so‘rab, duolar qiladilar.

Total words

393

Unique words

306

Annotated anthroponyms

16

Toponyms

0

TTR

0.779

Hapax

251

Distribution

Top frequency chart

Dataset