🔍

Article

PODSHONING UCH BANDASI

By A’zam AZIMOV, texnika fanlari doktori, … • in 2000

«Fan rivojida ilg‘or odamlarning hayoti va faoliyati muhim omildir, ularning hayotini yoritish esa tarixning kerakli qismidir». Akademik [Sergey Ivanovich Vavilov] tomonidan aytilgan bu so‘zlarni jamiyatimiz boshqacha tushundi. O‘tgan ellik yil ichida «ilg‘or odamlar» safiga ko‘tarilib, madh etilmagan odam aytarli qolmadi. Ularni kuyladik, ular haqida kinofilmlarni suratga oldik, rasmlarini chizdik, kitoblar yozdik. Ammo, yozilishi lozim bo‘lgan buyuk insonlarni eslashda, hikoya qilishda ziqnalik qildik, ularning hayotidan sinfiy, milliy, maslakiy nuqsonlar izladik. Ular haqida yozmadik. Biz, ulug‘ daholarning ilmiy kashfiyotlari qanday dunyoga kelganligini albatta, bilishimiz bilan birga, ular qanday insonlar edi, bizgacha yetib kelgan ilmiy xulosani yaratish uchun qanchalik kuch, g‘ayrat, asab va sog‘liqlarini sarflaganliklarini bilishimiz zarur. Ular haqiqat tantana qilishi yo‘lida hayot lazzatlaridan voz kechib, oxirgi na- faslarigacha umrlarini ilm yo‘lida baxshida etganlar. Yoshlarga o‘rnak bo‘lishga loyiq buyuk insonlar tarixda juda ko‘p o‘tgan. Ular o‘zlari tug‘ilib o‘sgan ona yurtlarida yoki ancha yiroqda yashasalar-da Vatan mehri bilan yashab, mamlakatning shuhratini oshirishga xizmat qilganlar. Quyidagi tarixiy voqea fikrimizga dalildir.

$$Astraxan shahri$$. 1706-yil 14-mart. Erta saharlab feldmarshal $$[Sheremetev] qarorgohi$$dan maxsus noma bilan knyaz Davlat [Mirzabek Cherkasskiy] yangi poytaxtga qarab ot surdi. Podsho hazratlariga feldmarshal tomonidan yozilgan oliy navli o‘n ikki varaqli bu noma, o‘n uchinchi mart kuni tor-mor qilingan $$Astraxan qo‘zg‘oloni$$ bo‘yicha [Pyotr I] ga yo‘naltirilgan harbiy hisobot edi. Bu hisobotning harbiycha lo‘nda va qay uslubda go‘zal va ma’nili qilib yozil- ganidan qat’iy nazar, uning qo‘zg‘olonchilarga $$Astraxan$$dagi $$Buxoro$$liklarning aralashuviga oid bo‘lgan qismida bir kimsa haqida uch qatorda ifoda etilgan quyidagi axborot e’tiborga molikdir: «... nomi Shirka. $$Buxoro$$dan 24 yoshida, savdogar-zargar. Oltin, kumush, mis hamda turli rangli toshlarni izlab topishda, ularga ishlov berishda tengi yo‘q usta». $$Buxoro va Xiva xonliklari$$dagi oltin va kumush konlari bilan anchadan beri qiziqib yurgan, Ural va Sibir o‘lkalarida zahiralar topib oltin ajratish, mis va temir eritish manufakturalarini ochishni orzu qilib yurgan [Pyotr І] ni [Sheremetev] xabarnomasidagi aynan shu uch qator so‘z diqqatini o‘ziga tortadi. Uning bo‘rtiq katta ko‘zlari cho‘g‘landi, burun kataklari kengaydi.

- [Pyotr Alekseyevich], sening e’tiboringni tortgan bu yigit, - dedi miyig‘ida mug‘ombirona kulib Davlat Mirzabek, Buxoro xonligining lashkarboshisi bo‘lmish [Qulibek To‘pchiboshi]ning to‘ng‘ich o‘g‘li ekan.
- Qo‘zg‘olonchilar ichida buxoroliklardan nechta? - so‘radi Podsho.
- Shirka bilan o‘n ikkita.
- Shaytonbachchalarning o‘n ikkitasi ham poytaxtga keltirilsin! - buyurdi [Pyotr І], so‘ngra qahr bilan so‘zida davom etdi. - Qolgan qo‘zg‘olonchilarni Sheremetev rahm qilmay qatl etsinki, rus tuprog‘ida bunday buzg‘unchilar qayta bosh ko‘tarolmasinlar! Qo‘zg‘olonchilardan uch yuz kishini Astraxan shahri atrofiga dor tikib, osishdi. Jasadlardan hurkkan otlar yo‘lni chetlab o‘tadigan bo‘lishdi. O‘liklarga quzg‘unlar to‘yishdi. Shundan so‘ng qo‘zg‘olonlar kamaymadi - ko‘paydi. $$Buxoro xoni$$ [Abulfayzxon] fuqarolarining g‘amini yedi. U o‘n ikki buxorolikka ayriboshlash uchun 36 rus harbiy asirini berib, Peterburgga xonlikdan elchi qilib [Qulibek To‘pchiboshi]ni yubordi. Xonning [Pyotr I] ga yo‘llagan do‘stona va shirin tilli xatiga ham, hadya qilib yuborgan nodir gavharu qimmatbaho toshlariga ham qaramay, [Qulibek To‘pchiboshi]ning yolvorgan so‘roviga ham e’tibor qilmay, qaysar podsho 36 rus harbiy asirlari badaliga faqat to‘qqiz buxorolikni mahbusliqdan ozod qildi. Elchi [Qulibek]ning o‘g‘li usta Shirka va unga qo‘shib yana ikki yosh buxorolik savdogarlarni bandilikda saqlab qoldi. [Menshikov] bandilar oldida, tanlash uchun ikki yo‘l qolganligini xabar qildi: birinchisi - $$Rossiya$$ taxtiga xizmat qilish. Bunda mahbuslar xazinadan ke- ragicha mablag‘ olib, Ural tog‘i ortidagi yerlarda oltin, kumush, mis kabi ma’dan konlari zahiralarini qidirishga kirishadilar, ona yurtni unutadilar; ikkinchisi - mahbuslar podsho xonadonining dushmani sifatida qatl qilinadi. Bunda bandilar- ning soqol-mo‘ylovlari qirilib, Admiralteystva maydonida aholining ko‘z oldida to‘rt bo‘lakka chopiladi. Chopilgan jasadlarning to‘rtdan bir bo‘lagi qatl qilinganlar yurtiga yuborilib, qolgan bo‘laklari quzg‘unlarga yem bo‘ladi. Buxoro elchisining qistovi bilan yigitlar birinchi shartga, nochor rozi bo‘lishdi. Notanish va xatarli $$Sibir yerlari$$da ularning mashaqqatga yo‘g‘rilgan yillari o‘ta boshlaydi. Uralning dong‘i chiqqan sanoatchisi [Nikita Demidov] hali oyoqqa ham turmasidan podshoning «uch bandisi» Rossiya qudratini oshirish uchun Sibir va Ural yerlarida konlar ochishdi, ularning nomlari jahon minerologiyasi fanida, Rossiya konchiligi va metallurgiyasi tarixida [Ashir Qulibekov], [Olim Shayxov], [Bahodir Tajimov] bo‘lib, abadiy o‘rin oldi.

Birinchi mahbus

[Ashir Qulibekov]ni soddalashtirib «Shirka» deb atashsa-da, Jahon mineralogiya jamiyati o‘sha vaqtning o‘zidayoq, Shirka kashfiyoti bilan topilgan qimmatbaho toshning odam zotiga hali noma’lum bo‘lgan turiga «Ashirit» deb nom berdi. [Ashir Qulibekov]gacha bunday sharafga hech bir inson muyassar bo‘lmagan edi, Rossiya taxti oldidagi xizmatini taqdirlab, Ural ortidagi juda katta o‘lkani Shir- kaga Pyotr I xatlab berdi. U yerlarda yashovchi mansi qabilalari, uning odamgarchiligi, ko‘rsatgan mehribonchiliklariga tan berib, bu o‘zbek o‘g‘lonini «Shirka oyka mansi» ya’ni «Shirka mansilarning sultoni» deb atashdi, tirikligidayoq uning qiyofasini yog‘ochdan yasab, Shirkaga topinishdi. Shunga qaramay, [Ashir Qulibekov] o‘z yurtini, o‘z elini unutmadi. O‘zi topgan, kashf qilgan konlarga «Oq tuz» (hozirgi nomi «Uktyuz»), «Qoya» (hozirgi nomi «Gaya») deb turkcha atadi. Uning vasiyati bo‘yicha, jasadini Ural tog‘ining qoq o‘rtasiga ko‘mishgan. Uning ulug‘ insonligiga hatto tan bergandek, u ko‘milgan yer, keyin aniq bo‘lishicha, ^^Osiyo^^ va Yevropa qitʼalarining tutashuv chizig‘i xuddi shu yerdan [Ashir Kulibekov]ning qabri ustidan o‘tar ekan. Keyinchalik, XX asrning o‘rtalarida mansilarning e’tiroziga pisand qilmay, bu yerga ikki qit’aning nishon toshi qo‘yildi, ziyoratgohga aylandi. Shunga qaramay, aprel oyida har yili mansi qabilalaridan hech bo‘lmasa yuzga yaqin oila chanalarda kelib, Shirka haqida qo‘shiq kuylab, uning ruhini yodlab ketishadi. Chang‘ida tramplindan sakrash bo‘yicha musobaqalarning markazi Yekaterinburg shahri yonida joylashgan Uktyuz («Oq tuz») degan ajoyib manzarali yerdadir. Shu atrofni kezib, o‘rmon ichida ikki qavatli, tashlandiq, yog‘och imoratga ko‘zim tushib qoldi. Uyga kirishga yuragim betlamadi. Chunki uning eshigi tepasiga mansilarning topinish belgilari ilingan edi. Bu uy bir vaqtlar [Ashir Qulibekov]ning uyi bo‘lganiga shubha yo‘q. Chunki mansilar faqat Shirkagagina shunday xurmat ko‘rsatishgan. Bu uyning shunday yonginasida «Buxoro - Ural» gaz o‘tkazgichini koʻrib, taqdirning taqozosiga tan berdim.

Ikkinchi mahbus

Ikkinchi o‘zbk o‘g‘loni [Olim Shayxov] podshonng uch mahbusidan biri edi. Konlarni qidirish, ma’danlarni qazib olish va ularga ishlov berishda [Olim]ning bilimiga qoyil qolgan [Pyotr I] ning qarori bilan [Shayxov] Germaniyada joylashgan ma’dan tog‘larida oltin va kumush zaxialarini qidirish uchun («...otpravit v zagranichnuyu storonu Dlya prisikaniya zolotix i serebryanix rud») yuboriladi. $$Germaniya$$ Fanlar akademiyasining iltimosi bilan 28 yoshli o‘zbek yigiti oʻsha paytdagi $$Berlin va Drezden unversitetlari$$da kon va metallutiya ishlari bo‘yicha bosh professor bo‘lib 1714-yildan boshlab ishlagan. Bu paytda, $$Rossiya$$ning uzoq $$Chmol o‘lkasi$$da tug‘ilgan [Mixayl Lomonosov] hali ko‘krak so‘rib yuan go‘dak bo‘lgan. Keyinchalik, 1714-ili [Germaniya]ga ilm olgani yuborilgan [Lomonosov] professor [Olim Shayxov]dan konchilik sirlarini o‘rgangan va «Yer osti kon o‘ylarida havo harakati» degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasi yozadi. Rossiyaga qaytib kelgan [Mixaylo Lomonosov]dan mashhur Eyl $$Gemaniya$$ olimlari haqida uni fikrini so‘raganida, [Lomonosov] tap tortmay: «Hammasi bo‘sh, marmatli zot, hammasi bo‘sh, — deydi va domlasini eslab shunday deydi. - Bilimi zo‘r bittagina – [Olim Shayxdir]. U ham bo‘lsa Rossiyadan borib qolgan ko‘zi qiyiqlardan ekan».

Uchinchi mahbus

Podsho bandisining uchinchisi [Bahodir Tojimov]dir. U Ural ortidan boshlangan $$Sibir yerlari$$da geologik izlanishlar olib borib, Boyanovul deb atalgan o‘lkada bir qator kumush konlari zahiralarini hamda $$Eskiyurt darasi$$ maydonida esa qo‘rg‘oshin va mis konlari zahiralarini ochdi, ularni ishga tushirdi. Bu konlar, to 1917-yilgacha [Bahodir Tojimov] avlodlariga qarashli xususiy mulk bo‘lgan va juda katta daromadli korxonalar hisoblangan. Harbiy kuch-qudratini oshirish yo‘lida hatto cherkovlarning qo‘ng‘iroqlarini olib berishdan ham tortinmagan Pyotr І, topilgan zahiralar hisobiga «yengil nafas ola boshladi». Mis, qo‘rg‘oshin va temirni chetdan sotib olayotgan $$Rossiya$$, endi o‘zi ularni chetga chiqarib, foyda ko‘ra boshladi. «Podshoning uch bandisi»- ga berilgan qisqacha tavsifdan ko‘rinib turibdiki, ularning har biri ham insoniyatning ravnaqi yo‘lida og‘ir, hatarli va maftunkor hayot yo‘llarini bosib o‘tganlar...

Total words

1,148

Unique words

819

Annotated anthroponyms

38

Toponyms

18

TTR

0.713

Hapax

664

Distribution

Top frequency chart

Dataset