Yangi yil tongotarida turib, oʻtgan yilning sarhisobini qilish dehqonning yaxshi odimi. Biz ham shu odatga binoan ish tutib, oʻtgan yildagi ishlarimizdan soʻzlab bermoqchimiz.
Besh yilliklar ichida toʻqqizinchi besh yillik eng mazmundor, eng barakali boʻlganligini $$Partiya Markaziy Komiteti Bosh kotibi$$ oʻrtoq [L. I. Brejnev] dekabr Plenumida minbardan turib aytib oʻtdi. Bu soʻzlar bizning ishimizga ham berilgan yuksak baho deb oʻylaymiz. Qishloq xoʻjaligi ilgʻorlarining Respublika qurultoyida zim-mamizga olgan majburiyatlarni hamma sohalar boʻyicha toʻla va oshirib bajardik.
1976–1980 yillarda $$SSSR xalq xoʻjaligi$$ni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari loyihasi qizgʻin muhokama qilinayotgan shu kezlarda ishlarga yakun yasash bilan birga, yangi besh yillikdagi ulkan vazifalarni aniq belgilab olmoqdamiz.
Oʻtgan besh yillikni yaxshi yakunladik. Paxta hosildorligi oʻtgan yili 45 sentnerga yetdi. Ona-Vatanga planda koʻzda tutilgan 5 640 tonna oʻrniga 7 ming tonnaga yaqin durdona topshirdik. Shu faktning oʻziyoq oʻninchi besh yillikda paxta yetishtirishni yanada koʻpaytirish uchun katta imkoniyatlar borligini koʻrsatib turibdi.
Mashinalarni dala ishlariga, xususan terimga hukmron kuchga aylantirdik. Yalpi paxtaning 60 foizdan koʻprogʻi “zangori mashinalar”da saralandi. Tajribamizga tayanib, oʻninchi besh yillikda yetishtiriladigan paxtaning kamida 90–95 foizini mashinalarda terib olish mumkin va bunga erishamiz.
Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki, davlatga planda koʻzda tutilgan 26 874 tonna oʻrniga 32 730 tonna “koʻk oltin” yetkazib berish bilan toʻqqizinchi besh yillikni yakunladik. Kolxozimiz paxtachilik tarixida birinchi marta shunday yuqori koʻrsatkichga erishildi va istiqbolimiz ufqlari kengroq ochildi.
Kolxozimiz koʻp tarmoqli: paxtadan tashqari koʻplab sholi, sut, goʻsht kabi boshqa mahsulotlar ham tayyorlaymiz. Sholi yetishtirish boʻyicha besh yillik topshiriqlarni oshirib ado etdik, suv tanqis boʻlishiga qaramay, yakunlovchi yilda ayniqsa yuqori hosil oldik.
Chorvadorlarimiz, sabzavotkorlarimiz, pillakorlarimiz — xullas, kolxozimiz ishlab chiqarishi bilan bogʻliq boʻlgan kasb egalarining barchasi reja va majburiyatlarini oʻz sohalari boʻyicha toʻla va oshirib bajardilar va yangi yilni ajoyib mehnat sovgʻalari bilan kutib oldilar.
Chorvadorlarimiz, sabzavotkorlarimiz, pillakorlarimiz — xullas, kolxozimiz ishlab chiqarishi bilan bogʻliq boʻlgan kasb egalarining hammasi reja va majburiyatlarini oʻz sohalari boʻyicha toʻla va oshirib bajaryapti, Yangi yilni ajoyib mehnat sovgʻalari bilan kutib oldilar.
Moʻl hosil katta daromad keltirdi. Kolxozchilarimizning bir yillik daromadi sakkizinchi besh yillikning oxirgi yilidagi daromadga nisbatan 30 foizga koʻpaydi. Yuzga yaqin kolxozchi xonadoni yangi uyga koʻchib oʻtdi, yigirmaga yaqin kolxozchi yangi mashina sotib oldi. Motosiklsiz, velosipedsiz, radiosiz, televizorsiz xonadon qolmadi. Komsomol toʻylari shodu xurramlik bilan oʻtkazildi. Ular uchun katta jamoat binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Yangi yilda paxta ustalari [Ollom Mat Marimov], [Ismoil Masharipov], ^^Gulim Hayitmetova^^, [Maturoz Bokatov], [Shomurod Urozaaliev]lar boshchiligidagi paxtachilik brigadalari a’zolarini chin yurakdan tabriklaymiz. Ular hosildorlikni gektariga 55–60 sentnergacha oshirdilar. [Grigoriy Xan], [Nuriddin Abdiev], [Miron Pak], [Yusuf Davlatov], [Dodiboy Eshmatov]lar kabi 400–500 tonnadan sholini yanchib bergan mexanizatorlarimizni ham mehnat gʻalabasi bilan muborakbod qilamiz.
Oʻninchi besh yillikda orzu-umidlarimiz yanada katta. Dehqon ahlining oʻylari, hissiyotlari loyiha orqali toʻla bayon etilgan. Hosildorlikni oshirish yoʻli bilan paxta yetishtirishni yana-da koʻpaytiramiz. $$Amudaryo$$ boʻyida ulkan sholikorlik zonasi tashkil etamiz. Sholikorlikni ham mashinalashtiramiz. Rejalarimizni toʻliq amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarga egamiz.
Kolxozchi dehqonlarimiz loyihani har tomonlama muhokama qilib, chin yurakdan ma’qullamoqdalar. Oʻninchi besh yillik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda misli koʻrilmagan muvaffaqiyatlarga erishiladigan davr boʻladi. Endi mahsulotning faqat miqdori uchun emas, balki navi va sifati uchun ham qat’iy kurashamiz. Keraq boʻlsa, “Loyihaga urugʻlik sholi yetishtiruvchi tajriba xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan sholikorlar hamkorligi yanada mustahkamlansin va kengaytirilsin”, degan iboralarni yozib qoʻyishni taklif qilamiz. Bu esa kelgusida qirmizi don yetishtirish, uning sortini yaxshilashda hal qiluvchi rol oʻynaydi.
Respublikamizning barcha paxtakorlari, chorvadorlari, sholikorlari va boshqa qishloq xoʻjaligi xodimlarini $$Xorazm vohasi$$dagi kolxozimiz a’zolari nomidan Yangi yil bilan chin yurakdan tabriklaymiz, bunyodkorlik ishlarida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Total words
557
Unique words
406
Annotated anthroponyms
11
Toponyms
4
TTR
0.729
Hapax
329
Distribution
Top frequency chart
Dataset