29-dekabr kuni $$Qarshi$$da $$Qashqadaryo viloyati$$ saylovchilari vakillari $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Prezidentligiga nomzod [A.Jalolov] bilan uchrashdilar.
Uchrashuvni $$O‘zbekiston Prezidenti saylovi$$ni o‘tkazuvchi 13-$$Qashqadaryo saylov okrugi$$ komissiyasining raisi [N.Hakimov] olib bordi. [A.Jalolov]ning ishonchli vakili, $$Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti$$ kafedra mudiri, professor [M.Xudoyqulov] nomzodning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng raislik qiluvchi Prezidentlikka nomzodga so‘z berdi. U o‘z nutqini $$Qashqadaryo viloyati$$ va uning odamlari haqidagi dil izhori bilan boshladi:
$$Qashqadaryo$$ deganda men nafaqat paxta, don, go‘sht, meva, gaz, neft, boshqa nozune’matlari bilan Vatanimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shayotgan, xalqimiz dasturxonini to‘ldirayotgan obod o‘lkani, balki, mehnatkash, ahil, bag‘ri keng, lafzi halol, mard va shijoatli vatandoshlarimizni ham tasavvur etaman.
Dunyoga sohibqiron [Amir Temur]ni bergan $$Qashqadaryo$$ istiqlol tufayli qaddini rostlab, o‘zining butun salohiyati yer osti boyliklari, saxovatli zamin, qadoq qo‘lli odamlarning aql-zakovati va mehnatini yangi $$O‘zbekiston$$ni bunyod etishga yo‘llamoqda.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimiz qo‘lga kiritgan ajoyib yutuqlar, jumladan, yoqilg‘i-energetika va don mustaqilligini qo‘lga kiritishga qashqadaryoliklarning salmoqli ulushisiz erishish mumkin bo‘lmas edi.
Shundan so‘ng nomzod partiyaning ushbu saylovda o‘z muqobil nomzodini ko‘rsatishdan ko‘zlagan maqsadini tushuntirdi. $$O‘zbekiston XDP$$, - dedi u, - bu bilan mamlakatimiz mustaqilligini qo‘lga kiritish va uni mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan [I.A.Karimov] yoki uning ichki va tashqi siyosatiga qarshi chiqishni nazarda tutgani yo‘q.
Partiyamizning ushbu qarori ayni [I.A.Karimov]ning $$O‘zbekistonni demokratik taraqqiyot yo‘li$$dan olib boruvchi siyosatini qo‘llab-quvvatlashni bildiradi.
Shu bilan birga, - davom etdi notiq, mamlakatimiz rivojlanishi istiqbollari, amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish masalasida o‘z nuqtayi nazarimiz, fikr-mulohaza va takliflarimiz bor, Bizning saylovoldi dasturimiz bilan tanishsangiz, ularni bilib olasiz.
So‘ngra [A.Jalolov] o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida yi- g‘ilganlarga gapirib berdi. Jumladan, u davlat hokimiyatini demokratik tamoyil- lar asosida takomillashtirish, jamiyatda adolatning to‘la qaror topishi uchun nimalar qilinishi kerak, degan masalalarga oid o‘z qarashlarini bayon etdi. Shu o‘rinda, u, fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish, ularning jamiyatni boshqarish ishlariga kengroq jalb qilish, davlat hokimiyati mahalliy idoralari va oʻzini-o‘zi bo- shqarish idoralarining huquq ham vakolatlarini kengaytirishning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Prezidentlikka nomzod, iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida, ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligini ta’minlash, soliqlarni rag‘batlantiruvchi omilga aylantirish, kichik va o‘rta biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash g‘oyalarini ilgari surdi.
Shundan so‘ng [A.Jalolov] o‘z dasturining ijtimoiy va ma’naviy sohalariga tegish- li qoidalarini ham tushuntirib, pirovardida, demokratiya mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotining asosiy sharti ekanligini uqtirib o‘tdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan $$Qarshi davlat universiteti$$ kafedrasi mudiri, professor [A.Choriyev], $$O‘zbekiston XDP$$ $$Shahrisabz shahar$$ kengashi birinchi kotibi [M. Ostonov], $$Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti$$ uslubchisi ^^G.Tillayeva^^ barcha yurtdoshlarimizni mamlakat hayotidagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqea - $$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ saylovida yakdillik bilan ishtirok etishga chaqirdilar.
***
$$Samarqand$$ 30-dekabr kuni respublika Prezidentligiga nomzod [Abdulhafiz Jalolov] viloyat saylovchilari vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvni $$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasining raisi R.Xolmurodov qisqacha kirish so‘zi bilan ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili, $$O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi$$ kotibi [A.Rustamov] [A.Jalolov]ning tarjimayi holi bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.
So‘ngra [A.Jalolov] saylovchilarga qarata nutq so‘zladi. U so‘zining boshida shunday dedi:
2000-yilning 9-yanvariga belgilangan saylov munosabati ila sizlar bilan uch- rashayotganimdan xursandman. Oʻrta asrlarda, sohibqiron [Amir Temur]ning mashaqqatli sa’y-harakatlari tufayli, dunyoga dovrug‘i taralgan, o‘zbek davlatchiligining markazi bo‘lgan $$Samarqand$$da sizlar bilan yuzma-yuz ko‘rishish juda katta ramziy ma’noga ega. Zero, Vatanimiz benazir, uning shaharlari bir-biridan go‘zal bo‘lsa-da, ular orasida Samarqand betakrordir. Shoirlar behudaga bu shahri azimni «sayqali ro‘yi zamin», deb ta’riflamagan- lar!
Butun yer yuzidan $$Samarqand$$ga kelayotgan ming- minglab mehmonlar uning tarixiy obidalari, asoru aqiqalarini tomosha qilish, [Amir Temur,] [Mirzo Ulug‘- bek], [Imom al-Buxoriy], [Xo‘ja Ahror Vali], ^^Bibixonim^^, [Alisher Navoiy], [Maxdumi A’zam] kabi ko‘plab mashhur ajdodlarimiz yashab ijod qilgan joylarni ziyorat etish, ular yurgan ko‘cha-yu maydonlarda sayr qilish, ko‘hna tariximiz va bugungi samarqandliklar bilan tanishish uchun kelsalar, biz bu yerga tarixdan saboq olish, tajribali va oqilu dono - siz aziz vatandoshlarimiz bilan maslahatlashish uchun tez-tez qadam ranjida etib turishimiz kerak. Shular bois, biz uchun, ushbu tadbir tufayli, bugun shunday imkoniyat tug‘ilganidan minnatdorman.
$$O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi$$ga saylov, 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan $$Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari$$ga saylovlardek, yigir- manchi asrning oxirgi o‘n yilligida mustaqillikka erishgan mamlakatimizning III ming yillikka demokratik taraqqiyot o‘zanlarida kirib borayotganligidan dalolat beradi.
Saylov - demokratiyaning muhim belgisi, tamoyili. Saylovlarsiz demokratiya demokratiya emas. Saylovlarda xalq o‘zining xohish-irodasini ifoda etadi va, saylangan vakillari orqali, o‘z orzu-umidlarini amalga oshirishga intiladi.
Har qanday saylov, shuningdek, Prezident saylovi ham, turli siyosiy partiyalarning ishtirokida o‘tib, unda xalq vakillari muqobillik asosida saylan- ganlaridagina, bunday saylov demokratik mohiyatga ega bo‘ladi. Biroq, sir emaski, ushbu bo‘lajak saylovda Prezident [I.A.Karimov]ga muqobil nomzod bo‘lish o‘ta murakkab masala. Zero, $$O‘zbekiston$$ning milliy mustaqillikka erishishi va mamlakatimizda bozor munosabatlari negizida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy islohotlarning izchil davom etishi, huquqiy davlat, demokratik adolatli jamiyatni bunyod etilayotganligi, Vatanimiz jahon ham- jamiyati tomonidan tan olinganligi - bularning hammasi [I.A.Karimov]ning siyosati va jo‘shqin faoliyati bilan bog‘liq.
Ana shunday vaziyatda, $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining III Qurul-toyi$$ respublika Prezidentligiga saylovda muqobil nomzod bilan chiqishga qaror qildi. Buning sabablari, birinchidan, partiyamizning ushbu qadami demokratik taraqqiyot o‘zanlarida qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchidan, xalqimizga saylovda erkin tanlash huquqidan foydalanish imkoniyatini tug‘dirishdir.
Shundan keyin [A.Jalolov] o‘zining saylovoldi dasturining ustuvor yo‘nalishlari xususida so‘zlab berdi, milliy davlatimizning yanada takomillashtirish, iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish aholini ijtimoiy himoyalash sohasidagi yetilgan muammolarning yechimini topish, milliy istiqlol ma’naviyatini shakllantirish masalalarida nimalarga e’tibor qaratish kabi, takliflarining mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi.
Notiq ushbu va boshqa takliflarni hayotga tatbiq etish uchun imkoniyat tug‘di- rishning muhim bosh omili saylovlar ekanligini alohida ta’kidladi.
Muzokaralarda ishtirok etgan $$O‘zbekiston XDP$$ $$Samarqand shahar$$ kengashi birinchi kotibi [Sh.Temirov], Samarqand shahridagi 45-o‘rta maktab direktori [I.Afanaseva], Ishtixon tumani [A.Berdiqulov] nomli jamoa xo‘jaligi raisi [B.Mansurov], $$Kattaqo‘rg‘on shahri$$dagi $$"Arabxona" mahalla qo‘mitasi$$ raisi [Sh.Sultonov], $$Samarqand davlat qishloq xo‘jaligi instituti$$ dotsenti [N.Hamroyev] $$Samarqand viloyati$$ saylovchilarini Prezident saylovida faol qatnashishga da’vat etdilar.