🔍

Article

Yozuv tarixi- xalq ta’rifi demak

By Nasimxon Rahmonov, filologiya fanlari doktori, … • in 1999

Millatning ko‘ksini ko‘taradigan, shakl-shamoyilini gavdalantiradigan, milliy g‘urur uyg‘otadigan uning tarixidir. Tarixni tiklash - millatni tiklash bilan barobar. Turkiylarning paydo bo‘lishi, hayot kechmishi, turmush tarziga nazar tashlansa qadimiy ajdodlarimiz ko‘zimiz o‘ngida shakllanaveradi. Millatimizning ulkan salohiyatga ega ekanligiga guvoh bo‘laveramiz. $$Surxondaryo$$da topilgan kulolchilik buyumlari orasida qadah, har xil ichimlik idishlari borligi qadim-qadimda ajdodlarimiz ixtiro qilgan buyumlar bugunga kelib g‘arbdan kirib kelgan kabi tuturiqsiz mantiq ostida qolib kelgan. Aslida g‘arb bizdan o‘rgangan ekan-ku! Yoki sopol buyumlardagi yozuvlarni eslaylik. Antik davrdan oldingi zamonlarda yozuv san’ati bizda takomillashgani, markazlashgan davlat va madaniyat turkiylar zaminida mavjud ekanligini bildiradi.
Arxeolog oldida sopol parchasi yotibdi. U avvaliga sopol parchasiga ortiqcha e’tibor bermadi. Oddiy sopol-da. Birinchi marta topilayotgani yo‘qku. Lekin sopolni sekin tozaladi, sirtiga uchi o‘tkir asbob bilan chizilgan shakllarni «o‘qidi». Uning hayratdan, xursandchilikdan ko‘zlariga yosh keldi…
Arxeologlar ko‘p marta bunday voqealar qarshisida lol qolgan, dunyo yozuv madaniyatiga asos solgan shumerlarning tarix sahniga chiqishi uchun ham asosiy omil ular yaratgan mixxatlar bo‘ldi. Binobarin, yozuv tarixi - xalq tarixining in’ ikosi. Yozuvsiz xalq tarixi baribir soxtaroq bo‘lib qolaveradi. Shu boisdan shumerlarni tarixchi olimlar emas, filologlar kashf etganini ta’kidlab o‘tish o‘rinliroq bo‘lardi.

Yoki misolni yaqinroqdan olaylik. Qadimgi turkiy qavmlar ham faqat o‘zlari yaratib qoldirgan yozuv tufayligina XIX asr oxirida dunyo tarixiga ma’lum bo‘ldi. Qadim tarixda «turkiylar» nomi bilan istiqomat qilgan qavmlar birlashmasi $$Markaziy Osiyo$$ning sharqu g‘arbida azaldan tub aholi ekani o‘z isbotini topdi. Qaysi bir xalqning o‘tmishiga nazar tashlamaylik, albatta, yozuv hal qiluvchi omil ekaniga guvoh bo‘lamiz. Chunki yozuv madaniyati faqat shu xalqqa daxldor. Shu boisdan ham xalqning ijtimoiy tarixini, shuningdek, etnik (kelib chiqish) tarixini xolis, bir yoqlamalikdan holi qilib yaratishda yozuv muhim ahamiyatga ega, Bu - birinchi dalil. Ikkinchi dalil esa tarixiy adabiy manbalardir. Har ikka- lasi bir-birini to‘ldiradi. $$Markaziy Osiyo mamlakatlari$$ zaminida arab yozuviga qadar turkiy, xorazmiy, so‘g‘d, moniy, kxaroshti, boxtoriy, eski uyg‘ur va hokazo yozuvlar istifoda etilgan. Lekin mazkur yozuvlarning tarqalish chegaralariga nazar tashlasak, turkiy yozuv deyarli hamma hududda istifoda etilgani va qadimiyroq ekani ma’lum bo‘ladi. Chunki bu yozuvning egalari - bugungi o‘zbek xalqining ota-bobolari. Turkiy yozuv bilan birga qo‘llangan ko‘pchilik yozuvlar esa turli maqsadlarda turkiy muhitga kirib kelgan. Ya’ni bir zaminning tub yozuvi emas. Jumladan kxaroshti, braxmi, moniy yozuvlari.
$$Farg‘ona vodiysi$$ning $$Quva shahri$$ turkiy yozuvlarning markazlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 60-yillarda $$Quva$$da olib borilgan dastlabki arxeologik izlanishlar ilk turkiy yozuvlarni yuzaga keltirdi. Zotan, shu davrgacha «O‘zbekiston turkiy yozuvlarning vatanidir» degan fikrni o‘rtaga olib chiqishganda edi, bir tomondan, g‘ayriilmiy deb baholangan, ikkinchi tomondan siyosiy xato hisoblangan bo‘lardi. 1996-98-yillarda $$Quva$$da davom ettirilgan arxeologik izlanishlar turkiy yozuvlar safining kengayishiga sabab bo‘ldi. Taniqli arxeolog [B. Matboboyev] ikkita, [G. Ivanov] bitta yozuv bitilgan xum parchasini topdilar. Yozuvni o‘rganib tahlil etganimizda, yozuv belgilari $$Markaziy Osiyo$$ning hamma hududida VI-VIII asrlarda keng istefoda etilgani, Issiq yozuvi esa (miloddan oldingi V asrga oid bo‘lib, $$Qozog‘iston$$ning Issiq shahridan topilgan) yozuvning izchil davomi ekani ma’lum bo‘ldi. Ayni paytda, $$Quva$$ turkiy yozuvlari ota-bobolarimizning hayot tarzi, yuksak turmush madaniyati, $$Turonzamin$$ning turkiy qavmlar yashaydigan jo‘g‘rofiy o‘rni to‘g‘risida ma’lumot bergani bilan ham qimmatlidir. Ko‘rinadiki, turkiy yozuv Davan davlatining asosiy yozuvlaridan biri bo‘lgan, ayni paytda butun $$Turonzamin$$ning mulki. Shubhasiz, Lumontepa yozuvi [B. Abdulg‘oziyeva] topilmasi, Marhamat tumanidan topilgan, O‘sh atroflaridan topilgan qator turkiy yozuv namunalari $$Davan davlati$$ning qadimiy etnik holati to‘g‘risidagi masalalarga oydinlik kiritishga xizmat qiladi.

$$Xalchayon$$dan topilgan ashyolar orasida uchta belgi tushirilgan sopol parchasi diqqatimizni tortdi. Ashyolar miloddan oldingi II-I asrlarga oid. Demak, sopolga tushirilgan belgi ham shu davrning mahsuli: muhtaram olima [G. A. Pugachenkova] ana shu belgilarga alohida urg‘u berib: $$«Kushon davri$$dagi grek yozuvining buzilgan namunasi» ([G. Pugachenkova], $$Xalchayon$$, 59-60-betlar) deb ko‘rsatadi. Lekin ushbu yozuv yuzasidan bizning olib borgan kuzatishlarimiz esa grek yozuvi emas, turkiy yozuvning ilk namunalari Issiq yozuvining davomi ekanini ko‘rsatmoqda. Darvoqe, ba’zilarda savol tug‘ilishi mumkin: «Baqtriyada turkiy yozuv nima qiladi? [Grek]-boxtoriy yozuvi, kxaroshti, braxmi yozuvlari bu davlatda amalda bo‘lgan-ku? To‘rtinchi yozuvdan istifoda etishga hojat bormi?» deb e’tiroz bildirishlari mumkin. To‘g‘ri, $$Baqtriya$$dagi turkiy yozuv faqat shu bilan cheklanmaydi. Bundan bir necha yil ilgari akademik [E. V. Rtveladze] bilan hamkorlikda ko‘hna $$Termiz$$dan, $$Qo‘shtepa$$dan, $$Kampirtepa$$dan topilgan «noma’lum yozuvlar» to‘g‘risida o‘z fikrimizni bildirgan edik. «Noma miloddan oldingi V-IV asrlardan milodning VII-VIII asrlarini qamrab oladi. Bu yozuv $$Hindikush$$dan tortib $$Yettisuv$$gacha, $$Tojikiston$$dan tortib $$Sharqiy Turkiston$$gacha tarqalgan. [E. V. Rtveladze] taqdim qilgan «noma’lum yozuv» ham $$Kushon davri$$ga aloqador. («Xalq so‘zi», 1993, 7-avgust). $$Qo‘shtepa$$, $$Kampirtepa$$, $$Ko‘hna Termiz$$ va $$Xalchayon$$ yozuvlari $$Baqtriya$$da makon qilgan asosiy aholi qatlamining tilini aks ettirgan bo‘lishi kerak.

Biz uchun eng muhimi, shu zaminning aholisi ikki ming yil narida turkiy yozuvdan istifoda etgani. Yozuv namunalarining turli hududlardan - $$Farg‘ona$$dan tortib $$Surxondaryo$$gacha cho‘zilgan zaminda topilayotgani shundan dalolat beradiki, yozuv uzoq asrlar davomida amalda bo‘lgan.

Total words

733

Unique words

512

Annotated anthroponyms

8

Toponyms

32

TTR

0.698

Hapax

391

Distribution

Top frequency chart

Dataset