🔍

Article

Qiziqchilik san’ati

By To’lqin Eshbek • in 1999

San’at olami naqadar rang- barang. Unda askiyabozlik, qiziqchilikning ham o‘ziga yarasha o‘rni bor. Azal-azaldan turfa davralarda ular barchaga kulgi ulashib, dillarni xushnud etgan. Gap, faqat o‘sha qiziqchilikni san’at darajasiga ko‘tarishda.
Mazmunsiz she’rni, siyqa musiqani, jozibasiz ashulani xech kim tinglamagani kabi shunchaki oldi-qochdi gapdan iborat askiya»dan ham birov ma’naviy oziq olmasa kerak. Katta sahnada yuzlab, minglab tomoshabinni esa hech kim majburlab o‘tqaza olmaydi… San’atga tashna bo‘lib kelgan tomoshabin sahnadagi odamni imkon qadar berilib tinglashga, undan o‘ziga ma’naviy oziq olishga intiladi. Modomiki, siyqa gaplar boshlandimi, bas, tinglovchilar orasida shovqin, olag‘ovur boshlanadi…
Mantiqan olib qaralganda, san’at bamisoli chaqmoqqa o‘xshaydi. Cheksiz samoda yarq etgan chakmoq barchaning diqqatini o‘ziga tortgani misol sahnada aytilgan «tesha tegmagan» gap ham tomoshabinning e’tiborini jalb etadi. Demak, askiyabozlik yo qiziqchilik qilgani sahnaga chiqqan kishidan o‘sha mashaqqat - bir lahzali san’at talab etiladi!
Turli davrda sahnalarni, davralarni «zabt etgan» san’atkorlarimiz kam emas. [Yusufjon qiziq Shakarjonov], [Soyib Xo‘jayev], [Muhiddin Darvishev], [Hasan Yo‘ldoshev]… bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Bu kun jisman bo‘lmasa-da, bu marhum san’atkorlarning ruhlari tirik! Ularning ovozlari, qiziqarli xatti-harakatlari tushirilgan tasmalar elimizning betakror ma’naviy mulki sifatida saqlanmoqda. Ayni paytda [Ergash Karimov], [Husan Sharilov], [Hojiboy Tojiboyev], [Mirza Xolmetov], [Obid Asomov] singari o‘nlab iste’dodli san’atkorlarimiz xalq mehrini qozonib kelayotgani baayni haqiqat. Ularning har biri san’at osmonida o‘ziga xos yulduz. Millionlab kulgisevar, san’atsevarlarning e’tiborini qozongan siymolar!…
Qiziqchilik san’atida ko‘plab muxlislarning olqishiga sazovor bo‘layotgan san’atkorlardan biri – [Xudoyberdi] qiziq Ziyotovdir. Garchi, poytaxt shahrimizdan olisroq viloyatda yashab, oynayi jahonda sal kamroq ko‘rinsa-da u el orasida ancha mashhur. Ichakuzdi hangomalari, qiziq-qiziq askiyalari allaqachon video va magnitafon tasmalarida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgan. U tashrif buyuradigan tomoshaxonalar esa hamisha kulgisevar muxlislar bilan gavjum bo‘lib ketadi.
Xudoyberdi qiziq gap asnosida yangi hangomalaridan birini boshlab yubordi. «Nazoratchi va haydovchi» sarlavhali hangomadan gazetaxonlarimizga ham ilindik.
-Hayotda kimdir beradi, kimdir oladi… Oladiganlar ham o‘z navbatida kimlarningdir ulushini berishi shart. Ayniqsa, DAN xodimlari orasida «olg‘ir»roqlar ko‘pligi sir emas. Xukumatgayam rahmat, o‘sha «sirdan voqif bo‘libdi-yu DAN xodimlarining ishini yaxshilash choralari ko‘rildi. Baribir, bitta DAN xodimiga teggan kasallik shu ekanki, yo‘lda o‘tgan mashinani to‘xtatib, biror «aybi»ni bo‘yniga qo‘yib, so‘ng murosayi- madora qilarkan. Xullas, besh-o‘n so‘m olmasa bo‘lmaskan. Endi, haydovchilar ham shunga o‘rganib qolishganda DAN xodimi tayog‘ini ko‘tardi deguncha to‘xtab… hujjat o‘rniga cho‘ntagidan pul chiqaradi. So‘ng, qo‘l-qo‘lni taniydi, vassalom… Ammo-lekin, shunday bir haydovchi ham bor ekanki, umrida biror marta ilgarigi GAIsiga ham, mustaqillikdan keyin paydo bo‘lgan DANchisigayam hemer bermagan ekan. Kimgadir pora berishni o‘ziga haqorat deb bilarkan. Shunga yarasha mashinaniyam qoyillatib minarkan-da. Yo‘l qoidalarini suv qilib ichgan, hammasiga benuqson amal qilarkan. Xullasi deng, katta yo‘lda o‘sha olg‘ir DAN xodimi bilan hech qachon pora bermaydigan haydovchi duch kelibdilar. DAN xodimi xushtagini churillatgancha tayog‘ini ko‘taribdi.
Haydovchi bu «buyruq»qa so‘zsiz itoat etib yo‘l chetida to‘xtabdi. Biroq, boshqa yaltoqiroq haydovchilarga o‘xshab darrov mashinadan tushmabdi. Ko‘kragiga kamarini tortgan ko‘yi qimirlamay o‘tiraveribdi. DAN xodimi kelib «chest» beribdi. Hujjatlarini so‘rabdi. Haydovchi sekin uzatibdi. Hamma-hammasi joyda emish. Mashinada umuman nuqson ko‘rinmasmish. Hatto, hozir zavoddan chiqqandek g‘ildiraklarigacha topa-toza emish. Haydovchi yo‘l qoidasiga juda rioya etgan, xullas, undan biror narsa undirishning hech imkoni yo‘q emish. Baribir, olg‘ir nimadir olmasa bo‘lmaydi. Mashinani tekshirishda davom etibdi. Magnitafoni ishlaydimi, deb so‘rabdi. «Ishlamaydi» desa, -bas, ana kamchilik, deydi. -Yo‘q, Magnitafoni ham ishlarkan. -Qani, biror kasseta qo‘ying-chi, deb buyuribdi. Haydovchi magnitafon qulog‘ini burabdi. Lazgi kuyi va qo‘shig‘i yangrabdi-ku! Shunda DAN xodimi birdan charx urib o‘ynab ketibdi va haydovchiga sekin nazar tashlab «qistirmaysizmi?» dermish!… Haydovchi ham anoyilardan emaskan: «ko‘chada raqsga tushayotganlarni ko‘rsam, jinni-pinni emasmikin, deb qo‘rqamane» degancha gazni bosibdi…
Bunday kulgili hangomalardan kimning dili yayramaydi. Yengil mashina yo avtobusga o‘tirgan yo‘lovchi borki, DAN xodimi bilan haydovchi o‘rtasida bo‘ladigan «muloqot»dan boxabar bo‘lsa kerak. Hozirgi voqeliklarni shunchalik nozik did bilan ilg‘ab askiya qilgan [Xudoyberdi] qiziqni chinakam iste’dod sohibi, deyish mumkin.

$$Kattaqo‘rg‘on tumani$$dagi $$Birog‘iz qishlog‘i$$da tug‘ilgan [Xudoyberd]i bolaligidanoq san’atga qiziqardi. Odamlarni kuldirishni yaxshi ko‘rardi-yu biroq davralarda so‘z aytishga sira shoshmasdi.
Uning uchun muhimi - aytadigan gapining ma’nosi, mag‘zi edi. Eshitgan odam baraka topsagina gapiraman, derdi u. San’atga bo‘lgan qiziqish va o‘ziga bo‘lgan talabchanlik uni $$Toshkent San’at oliygohi$$ga yetakladi. 1981-yili oliygohning musiqali drama teatri aktyori bo‘limini tamomlagan [Xudoyberdi] $$Samarqand davlat filarmoniyasi$$ tomon yo‘l oldi. Ko‘p yillar xushovoz xonanda, hozirda $$O‘zbekiston xalq artisti$$ ^^Nasiba Abdullayeva^^ bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatdi. Oradan rosa o‘n yil o‘tib, u «Qiziqchi - 91» ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘ldi!
-Qayoqlardan so‘raymiz?…
Bu, qayerda ishlayapsiz yo qay manzilda yashayapsiz, degani.
Bu savolga Xudoyberdining javobi qiziq bo‘ladi:
- $$O‘zbekiston$$danman, hali chet elga chiqqanim yo‘q…
Chindanda uni hamisha yurtimizning turli go‘shalarida, qishlog‘u shaharlarida tomoshaxonalarda uchratish mumkin. Odamlar orasida yurib, ma’naviy oziq oladi va uni ma’rifiy talqin etib san’at «qozoni»da qayta pishiradi. So‘ng, turfa davralarda, sahnalarda mahorat ila namoyish etaveradi. San’atga tashna millionlab muxlislarni xushnud etaveradi.

Total words

741

Unique words

580

Annotated anthroponyms

14

Toponyms

6

TTR

0.783

Hapax

501

Distribution

Top frequency chart

Dataset