🔍

Article

Yangi yilga katta umid va qat‘iy ishonch bilan

By Sobir Qurbonov • in 1999

Mana 1998-yil ham moziyga aylandi. Bu uchinchi ming yillik tomon yana bir qadam tashlandi deganidir. Xo‘sh, tarix sahifalaridan joy egallayotgan ushbu yil mazmunan qanday bo‘ldi? U insoniyatga nimalar berdi va qanday meros qoldirdi? Uning qaysi jihatlarini biz avaylab saqlashimiz, davom et- tirib, yigirma birinchi asrga olib o‘tishimiz darkor? Davlat va jamoat arboblari, olimlar va bashoratchilar, qolaversa, har bir kishining bu savollarga javob qidirishi, xulosalar chiqarishi tabiiy. Chunki, yilni yakunlashdan birinchi maqsad qilingan ishlarga baho berish bo‘lgani bilan, bu ish ko‘proq ertangi kunga, navbatdagi vazifalarni aniqlash, kuchlarni chamalab ko‘rish, muvaffaqiyatsizliklardan saboq chiqarishga qaratilgan. Kaminaning ushbu mashqiga shu yo‘nalishdagi bir urinish, deb qarashni istar edim.
Murakkab va ziddiyatli yil.

1998-yilga xalqaro miqyosda umumiy baho berish kerak bo‘lsa, men uni murakkab va ziddiyatlarga boy yil, deb baholar edim. Darhaqiqat, dunyoning turli qit’alari va mintaqalaridagi ahvol va sodir bo‘lgan voqealarga nazar tashlasak, o‘tgan 12 oy davomida, avvalambor, insoniyatning taraqqiyot sari yangi qadamlar qo‘yganini (Yevropa mamlakatlari, $$AQSH$$, $$Kanada$$, $$Xitoy$$ va bir qator boshqa davlatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining yuqoriligi, $$AQSH$$ va $$Rossiya$$ injener-texnik xodimlari hamda kosmonavtlarining fazoda faoliyat ko‘rsatuvchi yangi xalqaro stansiyani qurishga kirishganliklari), tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar (YEHXT) va $$NATO$$ning sa’y-harakatlari tufayli $$[Yugoslaviyaning Kosovo] viloyati$$dagi millatlararo mojaroning yangi urush o‘chog‘iga aylanishiga yo‘l ko‘yilmaganligi, Vashington homiyligida $$Isroil-Falastin muzokaralari$$ davom ettirilib, Prezident [B. Klinton]ning unga turtki berish maqsadida Yaqin Sharqqa safar qilgani) ko‘ril- ganligini e’tirof etmoq darkor.

Biroq, tahlil etilayotgan davr insoniyat uchun ko‘p jihatdan tashvishli bo‘ldi. Kurrai zamindagi mamlakatlar va xalqlarning minglab rishtalar bilan o‘zaro bog‘liqligini 1997-yilning so‘nggi oylarida $$Janubi-Sharqiy Osiyo$$da boshlanib, yashin tezligida g‘arb davlatlariga yoyilgan jahon moliyaviy bo‘xron misolida ham ko‘rish mumkin. Bunday, bir qarashda tor sohadagi noxush voqealarning salbiy ijtimoiy-siyosiy, hattoki, ma’naviy- ruhiy oqibatlari borligini tan olmay iloj yo‘q, Moliyaviy to‘fon oqibatida ko‘plab bank va sanoat korporatsiyalari sindilar. $$Yaponiya$$, $$Gonkong$$, $$Janubiy Koreya$$dagi ba’zi banklarning rahbarlari jonlariga qasd qildilar. $$Indoneziya$$ Prezidenti [Suxarto] hokimiyatdan ajraldi, $$Yaponiya$$ bosh vaziri [P. Xosimoto] o‘z o‘rnini boshqa kishiga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi. S. Kiriyenko boshchiligidagi $$Rossiya hukumati$$ iste’foga chiqarildi. Millionlarcha kishilar ishsiz qoldilar. Oziq-ovqat mollarining narxi oshib ketdi. Ko‘plar o‘zlarining shaxsiy jamg‘armalaridan ajraldilar. Jahon miqyosidagi iqtisodiy inqiroz xavfi tug‘ildi. Ustiga-ustak, markaziy $$Amerika$$ davlatlarining xalq xo‘jaligi kuchli dovullardan katta zarar ko‘rdi. G‘arb ularga yordam qo‘lini cho‘zgan bo‘lsa-da, bartaraf etish qiyin ishdir. Dunyoda ro‘y bergan noxush voqealar qatorida $$Hindiston$$ va $$Pokiston$$ning o‘z yadroviy qurilmalarini yer ostida portlatganliklarini eslatish lozim. Bu bilan ular yadroviy qurol-yarog‘larni tarqatmaslik xalqaro shartnomasini inkor etib, jahon hamjamiyatining yadroviy xavfni kamaytirishga qaratilgan urinishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdilar. $$Hindiston$$ va $$Pokiston$$ning $$AQSH$$, $$G‘arbiy Yevropa davlatlari$$, $$Yaponiya$$ va boshqa ko‘pgina mamlakatlar bilan munosabatlariga sovuqlik tushdi. Ular yadroviy sinovlarni qoraladilar, $$G‘arb davlatlari$$ esa iqtisodiy jazo choralarini qo‘lladilar. Markaziy ^^Osiyo^^ mintaqasini yadro qurolidan holi zonaga aylantirish tashabbusi bilan chiqqan $$O‘zbekiston$$ hukumati $$Dehli$$ va $$Islomobod$$ning yadroviy sinovlariga o‘zining salbiy munosabatini bayon etdi va ularni ushbu qurol-yarog‘larni taqiqlovchi xalqaro bitimga darhol qo‘shilishga da’vat etdi.

Yil davomida Iroq tevaragidagi voqealar dunyoga xavf solib turdi. Agar fevral oyida [Saddam Husayn]ning harxashasi oqibatida paydo bo‘lgan urush xavfi $$BMT$$ va nufuzli davlatlar ($$Rossiya$$, $$Xitoy$$, $$Fransiya$$) sa’y-haraktalari tufayli bartaraf etilgan bo‘lsa, dekabr oyida shunday vaziyat takrorlanganida (ya’ni[ $$Batler$$] komissiyasi faoliyatiga $$Bag‘dod rahbariyati$$ to‘sqinlik qilganida) $$AQSH$$ va $$Buyuk Britaniya$$ qurolli kuchlari hech ikkilanmasdan Iroq harbiy inshootlariga raketa zarbalari berdilar. $$Amerika harbiylari$$ning aytishicha, buning natijasida Iroqning ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarish salohiyatiga jiddiy zarar yetkazilgan bo‘linsa-da, undan tarqaladigan xavf to‘lig‘icha bartaraf etilgani yo‘q. Buning ustiga, raketalarning bir qismi fuqaro inshootlariga kelib tushganligi sababli, tinch aholi o‘rtasida o‘nlab qurbonlar va yarador bo‘lganlar bor. Ayrim mamlakatlar o‘z xalqi to‘g‘risida o‘ylamayotgan Iroq rahbariyatini ayblab, Vashington va London harakatini yoqlagan bo‘lsalar, ba’zilari uni qoraladilar. Qanday bo‘lmasin, jahon hamjamiyatining bundan keyin ham bu muammo ustida bosh qotirishiga to‘g‘ri keladi.

Afsuski, 1998-yilda $$Afg‘oniston$$ muamosining yechimini topib bo‘lmadi. $$BMT$$ va qator davlatlarning sa’y-harakatlari (BMT maxsus missiyasining diplomatik qadamlari va manfaatdor sakkiz mamlakat vakillarining $$Nyu-York$$da uchrashuvi, qo‘shni davlatlarning tashabbus va takliflari)ga qaramasdan, $$Tolibon harakati$$ qurolli kuchlari bilan ularga qarshi turgan shimoliy ittifoq qurollangan to‘dalari o‘rtasidagi janglar dam susayib, dam kuchayib, mamlakat aholisining yostig‘ini quritishni davom ettirishi bilan bir qatorda butun mintaqa tinchligiga xavf tug‘dirib turdi. $$Afg‘on fojiasi$$ning asosiy sabablaridan biri mamlakat ishlariga tashki kuchlarning aralashuvi, xorijiy davlatlardan oqib kelayotgan moliyaviy madad va qurol-yarog‘ ekanligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘ldi. $$Afg‘oniston$$ tinchimas ekan, na $$Markaziy Osiyo davlatlari$$ va na butun dunyo undan tarqalayotgan xavf-xatardan qutilishi mumkin, degan haqiqatni endiliqda hech kim inkor eta olmaydi. Chunki, bugungi $$Afg‘oniston terrorchilikning yirik markazi$$, narkotik moddalar ko‘plab yetishtirilib chetga chiqarilayotgan asosiy mintaqalardan biriga aylangandir. Bundan kelib chiqadigan asosiy saboq shuki, afg‘on muammosini barcha tinchliksevar mamlakatlar, xalqlar, xalqaro tashkilotlar birgalashib, kuch-g‘ayratlarini birlashtirib hal etishlari darkor. Boshqa yo‘l yo‘q.

Yil davomida $$Afrika qitasi$$ni $$Burundi$$, $$Ruanda$$, $$Kongo demokratik respublikasi$$, $$Gvineya-Bisau$$, $$Jazoyir$$, $$Sudan$$, $$Somali$$, $$Srra-Lione$$, $$Angola$$, $$Eritreya$$ va ayrim boshqa mamlakatlardagi qurolli mojarolar davom etib keldi. Jangovor harakatlar oqibatida ko‘plab shahar va qishloqlarga katta moddiy zarar yetkazildi, millionlab kishilar boshpana, oziq-ovqat va tibbiy yordamsiz qoldi, qochoqlar oqimi kuchaydi, $$BMT$$, $$Xalqaro qizil xoch va ixtisoslashgan tashkilotlar$$ning ko‘magi hamma joyga, barcha muhtojlarga yetib bormasligi bois, ommaviy kasalliklar, qashshoqlik va savodsizlikka qarshi samarali kurashib bo‘lmayotir. Bir-birovlariga ishonmaslik, murosasizlik, qarshi tomonning manfaatlarini hisobga olmaslik, oddiy kishilar taqdiriga bepisandlik turli mojarolarning umrini uzaytirmoqda, ularni bartaraf etishni qiyinlashtiryapti. Yangi yilga meros bo‘lib o‘tgan «olovli nuqta»lar muammosini hal etish butun insoniyat zimmasiga tushgan og‘ir vazifa. Hozirgi o‘zaro vobasta dunyoda shu yo‘ldan boribgina, yalpi tinchlikni ta’minlash mumkin.

Boylar ham yig‘laydilar, deganlariday, iqtisodiy yuksak rivojlangan, harbiy jihatdan qudratli, demokratiya tamoyillari qaror topgan $$AQSH$$da ham jamiyatni larzaga keltirgan voqealar ro‘y berdi.

Xullas, oldingi, ziddiyatlarga boy yildan insoniyatga turli xayrli ishlar bilan bir qatorda, ko‘plab murakkab muammolar ham qoldi.

Islohotlar tufayli 1998-yildagi salbiy voqealarning ta’siri bizning yurtda ham sezildi, albatta. Chunonchi, ob-havoning noqulayligi bois, qishloq xo‘jaligimizning yetakchi tarmog‘i paxtachilikda ko‘zlangan marralar egallanilmadi. Eksportimizda asosiy o‘rin egallagan paxta tolasi, oltin, rangli metallar, neft mahsulotlari narxlari jahon bozorida sezilarli darajada pasayganligi sababli valyuta tushumlari kamaydi. Shunday bo‘lsa-da, mamlakatimiz o‘z mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy poydevorini bunyod etishda yangi dadil qadamlar qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Yalpi ichki mahsulotning 4,4 foizga ko‘payishi, byudjet kamomadining belgilangan miqdordan kamroq bo‘lganligi, oltin zahirasi hajmlarini saqlab qolgan holda, tashqi savdoda ijobiy balansga erishilganligi, iqtisodiyotimizning, inqirozga uchramay, qiyinchiliklarni yengib, oldinga borayotganligidan dalolat beradi. $$O‘zbekiston$$ Prezidenti [Islom Karimov] mamlakatimizda o‘tgan yilda iqtisodiyot sohasida qilingan ishlarni tahlil qilib, shu yilning 23-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasida so‘zlagan nutqida «…, yilning eng muhim natijasi - bu shakllangan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikning yanada mustahkamlanishi bo‘ldi», deb ta’kidladi.

Hukumatimiz aholini maqsadli ijtimoiy himoyalash siyosati doirasida, ishchi-xizmatchilarning maoshlari, nafaqa va stipendiyalarni indeksatsiyalash, fuqarolarning uy-joy, sifatli ichimlik suvi va tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish yo‘lidan bormoqda. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash milliy dasturlarini amalga oshirishga yetarli miqdorda mablag‘lar ajratilmoqda. Bobokalonlarimiz [Imom al-Buxoriy] va[Ahmad al- Farg‘oniylar]ning muborak to‘ylari milliy istiqlol ma’naviyatini shakllantirish yo‘lida qo‘yilgan salmoqli qadamlardan bo‘ldi.
Mamlakatimiz parlamenti esa o‘nlab kodeks va qonunlarni qabul qilib, davlatimizning huquqiy poydevorini kengaytirish, jamiyatni demokratiyalashtirish ishiga muhim hissa qo‘shdi. $$O‘zbekiston$$ning tashqi siyosati ham ortda qolgan yilda faol va ancha samarali bo‘ldi. Rahbariyatimiz toliblarining $$Afg‘oniston$$ shimoliga yurishlari kuchaygani munosabati bilan mamlakatimiz janubiy chegaralari yaqinida paydo bo‘lgan xavf-xatarning oldini olish choralarini ko‘rdi, Tojikistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlab keldi, $$Qozog‘iston$$, $$Qirg‘iziston$$, $$Turkmaniston$$, $$Rossiya Federatsiyasi$$ va $$Moldova$$ bilan ikki tomonlama va ko‘ptomonlama aloqalarni kengaytirishga qaratilgan qator shartnomalar imzolandi. Prezident [Islom Karimov]ning Bolgariya, $$Isroil$$ va $$Turkiya$$ga rasmiy tashriflari natijasida respublikamiz ning ushbu mamlakatlar bilan aloqalari yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Mamlakatimizning nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi davom etadi. Shu ma’noda olganda, $$NATO$$ning «Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» dasturiga muvofiq $$«Markaziy Osiyo bataloni$$ - 98» mashqlari 1-2 davralarining respublikamizda o‘tkazilishi, $$Toshkent$$da, $$Yevropa$$da xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining yuksak martabali delegatsiyasi ishtirokida «Atrof-muhitning mintaqaviy muammolari va ularni hamkorlikda hal qilish yo‘llari» mavzuida xalqaro anjumanning bo‘lib o‘tishi fikrimizni tasdiqlovchi yorqin misollardir. Xususan, $$YUNESKO Ijroiya Kengashi$$ 155-sessiyasi yakunlovchi majlisining poytaxtimizda o‘tganligining ahamiyati beqiyos. Zero, unda qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi sayyoramizning barcha xalqlarini yigirma birinchi asrga urush, zo‘ravonlik va ijtimoiy tengsizlik kabi illatlardan holi bo‘lgan tinchlik madaniyati sari qadam tashlashga da’vat etadi. Bu bilan xalqimizning tinchliksevarligi, mamlakatimizning mintaqaviy va umumjahon tinchlik ishiga qo‘shayotgan salmoqli hissasi e’tirof etildi. Ha, $$O‘zbekiston$$, doimgidek insoniyatni tinchlikka, hamkorlikka chorlaydi.
Bu yutuqlarga mustaqil $$O‘zbekiston rahbariyati$$ning oqil ichki va tashqi siyosati, davlatimizning islohotlar ishiga rahnamolik qilayotganligi va vatandoshlarimizning yangilanish yo‘lidan qat’iy borayotganliklari tufayli erishilganligi sir emas. Ushbu omillarning bundan keyin yanada kuchayishi turgan gap. Shuning uchun ham Prezidentimizning $$Oliy Majlis$$ning o‘n uchinchi sessiyasida qatiyat bilan, kelasi 1999-yilda mamlakatimiz rivojlanishida o‘sish bo‘ladi, deyishlariga to‘la asos bor.

Total words

1,357

Unique words

973

Annotated anthroponyms

11

Toponyms

76

TTR

0.717

Hapax

780

Distribution

Top frequency chart

Dataset