🔍

Article

Illat oshdami yoki moshda

By Nazira Boltayeva • in 1999

$$«Namangandonmahsulot» aksiyadorlik jamiyati$$ moliyaviy-iqtisodiy salohiyati baquvvat korxona hisoblanadi. Bersang yeyman, deydigan zamon emas. Ular ham izlanishdi. Chunonchi, qisqa vaqtlar, agar reja amalga oshsa korxona quvvati yanada oshishi, mustahkam bo‘lib qolishi mumkin edi.

Inson - bolami u kattami, kamqonlikka yo‘liqmasin. Shifokorlar fikricha, boshqa ko‘p xastaliklar indallosi ham shu emish, $$«Namangandonmahsulot» korxonasi$$ ish faoliyatini kengaytirishni ko‘zlaganda animiya xastaligiga davo bo‘ladigan mahsulot ishlab chiqarishni tanladi. Ular ishlab chiqarmoqchi bo‘lgan plazmali pechene kamqonlikka shifo ekan. Pechene ayni vaqtda o‘smirlarga, keksa yoshdagilarga hatto sportchilarga ham darmondori vazifasini o‘taydi.

Korxona shu maqsadda non pishirish texnologiyalari ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi hisoblangan Anstriyaning $$«Gir Xandelo GMBX» firmasi$$ bilan shartnoma tuzdi. Ish tezlashdi. Korxona darmonbaxsh mahsulot ishlab chiqarish uchun barcha muhandislik texnika kommunikatsiyalar bilan jihozlangan yangi ishlab chiqarish korpusi ajratdi. O‘tgan yili dekabr oyida avstriyalik sheriklar jihozlarni jo‘natishni boshladilar. Aniqrog‘i bir million 300 ming $$AQSH$$ dollari qiymatidagi uskunalarning birinchi partiyasi bir yil muqaddam $$Namangan$$ga yetib kelgan. Jami jihozlar uchun esa 4 million 300 ming dollar mablag‘ kerak. Jihozlarga haq to‘lashni zimmasiga olgan aksiyadorlik jamiyati zarur mablag‘ni topishga va ishlab chiqarishni yo‘lga solishga tayyor.

Biroq, mablag‘i, imkoniyati bo‘lgani bilan korxonadagi islohiy niyatlar niyatligicha qolmoqda. $$Respublika Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi$$ va $$Respublika Markaziy banki$$ qolgan summani konvertatsiya qilishga «oq fotiha» bermayotir. Oqibatda keltirilgan jihozlar foyda keltirmayapti, xorijiy sheriklar esa xayron.

Agar shu muammoni hal etishga erishsak, - deydi aksiyadorlik jamiyati raisi [Jobirxon Sobitov], jihozlarni olishimiz bilanoq qisqa vaqtda mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib yuborgan bo‘lardik. Binobarin bizda makaron va konfet ishlab chiqarish bo‘yicha sexlar ochish uchun ishlab chiqarish binolari tayyor. $$Avstriya$$ «Gir Xandelo GMBX» ushbu sexlarga qiymati 384 ming dollar turadigan eng yangi jihozlarni yetkazib berishni zimmasiga olgan. O‘zimizda mablag‘ bor. Konvertatsiyaga ruxsat berilsa bas.
Agar ko‘zda tutilgan loyihamiz amalga oshsa,- davom etadi [J. Sobitov]. bundan viloyatimizgina emas,- respublikamiz iqtisodiyoti yutgan bo‘lardi. Bir qarashda jihozlar qimmatga o‘xshab tuyulsada umuman keladigan foyda shubhasiz katta. Birinchidan, ishlab chiqarish jarayonida to‘la mahalliy xomashyodan foydalaniladi. Ikkinchidan, taklif etilgan mahsulotimiz har kuni barqaror ehtiyojga ega. Qisqasini aytganda, xarajatlarni ikki yarim yilda qoplash mumkin.
$$«Namangandonmahsulot» aksiyadorlik jamiyati$$ konvertatsiya muammosini hal qilolmayotgan viloyatdagi yagona korxona emas. Roppa-rosa bir yil muqaddam «Nam-Tom» $$O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi$$ ham rezina poyabzal ishlab chiqarish uchun jihozlar olgan edi. Narxi 277 ming AQSH dollari turadigan jihozlarni $$Italiya$$ning «Mayn Grupp SPA» kompaniyasi yetkazib bergan edi. Ularning o‘zbekistonlik sheriklariga ishonchi shu qadar zo‘r ediki, jihozlarni ular oldindan haq olmay yetkazib berdilar.
«Nam-Tom»ning hozir mablag‘i bor. Bu mablag‘ni konvertatsiya qilishga ruxsatning yo‘qligi ishga to‘g‘anoq bo‘lib turibdi. Boz ustiga jihozlar korxona sexlariga o‘rnatilgan, sinov tariqasida sport poyabzali va kalish ishlab chiqarilgan edi. Qo‘shma korxona direktori [Yahyoxon Mahmudov]ning fikrlariga qaraganda, o‘rnatib qo‘yilgan Italiya jihozlari bir yildan buyon harakatsiz yotibdi. Yaqinda ularga «Mayn Grupp SPA» kompaniyasi rahbariyati summani to‘lash zarurligini yana bir eslatib ko‘ydi, Aks holda Rossiya Federatsiyasining Tomsk viloyatidagi boshqa sherigiga jo‘natish mo‘ljali borligini bayon qildi.
-Agar Italiyaning ushbu yangi liniyasi bir yildan buyon ishlab turganida edi, -deydi aksionerlik jamiyati direktori [Ya. Mahmudov] biz qo‘shimcha ravishda yana 120 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan bo‘lar edik. Xorijlik sherigimiz bizga yana 400 ming dollarlik poyabzal ishlab chiqarish jihozlari yetkazib beradigan bo‘lgan edi. Shartnomani bajarolmay hozir ulardan ikki karra xijolatda turibmiz.
Ana shunaqa. Ikki korxona xorijdan sotib olingan eng yangi texnologiya jihozlaridan foydalanish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib katta iqtisodiy samaralar olish o‘rniga zararini hisoblab o‘tiribdi. Chunonchi, soliq idoralari hali to‘liq ishga tushmagan, biroq asosiy vositaga aylangan chala texnologik jihozlar uchun soliq undirishga kirishganlar.
$$O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi$$ tomonidan shu yil iyulda qabul qilingan «1998-2000-yillar davrida $$Namangan viloyati$$da bozor islohotlarini chuqurlashtirish va viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga binoan bu loyihalar ham amalga oshishi kerak Shunisi diqqatga sazovorki, loyihalarning muvaffaqqiyatli amalga oshuni yuzlab kishining ishli bo‘lishini ta’minlaydi Ayni vaqtda viloyat iqtisodiyotining mustahkam barqaror va bir maromda ishlashi fuqarolarimiz daromadi va turmush farovon- ligi oshishi bilan bog‘liq masaladir.

Total words

615

Unique words

429

Annotated anthroponyms

4

Toponyms

13

TTR

0.698

Hapax

335

Distribution

Top frequency chart

Dataset