Bundan yetti yil burun, sobiq ittifoq hududida endi paydo bo‘lgan davlatlar oldida ko‘p jihatdan o‘xshash muammolar ko‘ndalang turar edi. Shulardan eng asosiysi, mustaqillikni mustahkamlash edi. Uni hal qilish borasidagi harakatlar hech qayerda bir xil kechmadi. Xar kim o‘ziga xos va mos yo‘ldan borishga intildi. Bugun $$O‘zbekiston$$da mavjud bo‘lgan ijtimoiy osoyishtalik, iqtisodiy barqarorlik ham mustaqillikni mustahkamlash borasida o‘tkazilgan va o‘tkazilayotgan tadbirlarning hosilasidir.
$$O‘zbekiston$$ning milliy davlatchilikni rivojlantirish yo‘li puxta o‘ylangan iqtisodiy islohotlarni muntazamlik bilan hayotga tatbiq qilishdan tashqari, ma’naviy sohada ham keng ko‘lamli islohotlar olib borishni o‘z ichiga olar edi. Yosh davlatlar tajribasi bu vazifani hal qilishning asosan ikki yo‘li mavjud ekanligini ko‘rsatmokda. Birinchisi, tubjoy millat manfaatlarini siyosiy va tashkiliy jihatdan ustun ko‘rib rivojlantirish. Bu yo‘l milliy davlatchilikning mustahkamlanishida eng tez samara berishini tajriba ko‘rsatmoqda. Biroq uning salbiy jihatlari ham borki, ular ba’zan mamlakatning ichki hayotida turli ko‘rinishdagi murakkabliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Jumladan, mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni xavf ostiga qo‘yadigan etnik nizolar paydo bo‘lishiga imkon tug‘iladi.
Ikkinchi yo‘l esa boshqa millatlar manfaatiga daxl qilmagan, aksincha, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratgan holda, tubjoy millatning asriy qadriyatlarini keng targ‘ib va tashviq etishdan iborat. Milliy manfaatlar ustunligi ko‘r-ko‘rona joriy etilishidan farqli o‘laroq,bu yo‘l millatlar orasida o‘zaro hurmatning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Eng muhimi, tubjoy millatning huquqlari mamlakatdagi barcha etnik guruhlar tomonidan ixtiyoriy suratda e’tirof etilishiga olib keladi.
Dunyo davlatlari tajribasi o‘zgalar hisobiga rivojlanish nazariyalarining asossiz va boshi berk yo‘l ekanligini ko‘rsatmoqda. $$O‘zbekiston sobiq ittifoq hududi$$da birinchilardan bo‘lib mustaqillik e’lon qildi, birinchilardan bo‘lib muqobil asosdagi prezident saylovlari o‘tkazdi, birinchilardan bo‘lib Davlat tili haqidagi Qonunni qabul qildi…
Bunday misollarni ko‘p sanash mumkin. Lekin asosiysi, $$O‘zbekiston$$da milliy taraqqiyot o‘zga millatlar hisobiga amalga oshirilgani yo‘q. Hatto o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan bo‘lsa ham, rus tilining davlat ishlariga amal qilish muddati yaqinda yana cho‘zildiki, bunday hollar keraksiz nizolarning urchib, bolalashiga imkon qoldirmayapti.
Aksincha, milliy qadriyatlarning rivojlantirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buyuk [Amir Temur] hazratlariga munosib [izzat-ikrom] ko‘rsatilgani o‘zbek millatining o‘z qaddini tiklab olishida muhim bir bosqich bo‘lgan edi. Zotan, millat o‘tmishdagi buyuk bobolarning shon-shavkatiga qarab o‘ziga to‘n bichadi, qaddini ko‘tarib, qadrini avaylay boshlaydi. O‘zining buyukligini anglagan millat esa o‘zga millatlarga nisbatan adolatli bo‘ladi, ularni kamsitish hollariga imkon bermaydi.
Lekin milliy davlatchilikni mustahkamlashda qadriyatlarni ko‘tarish yo‘lidan borish ayni chog‘da o‘ta nozik va o‘ta qimmat tadbirlardandir. Nozikligi shundaki, bu yo‘lda millatparvarlikdan millatchilikka og‘ib ketish hech gap emas. Qimmatligi shundaki, bu ish chuqur ilmiy izlanishlar, keng ko‘lamli ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishni talab qiladi. Ayni chog‘da, ma’rifiy tadbirlar lozim darajadagi samarani berishi uchun ularni moddiy va moliyaviy jihatdan ham ta’minlash lozim. [Amir Temur] hazratlarining nomini abadiylashtirish, u zotga munosib tadbirlar o‘tkazish davomida qadimiy Samarqand, sohibqiron tug‘ilgan joy $$Shaxrisabz$$, poytaxt $$Toshkent$$da juda katta hajmda qurilish ishlari amalga oshirildi, tashkiliy tadbirlarning o‘ziga ham millionlab mablag‘ sarflandi. Chunki, shunday moddiy xarajatlarsiz ulkan maqsadlar ham quruq gapdan iborat bo‘lib qolishi mumkin.
O‘tgan yilning oktyabr oyi so‘nggida milliy qadriyatlarni tiklash yo‘lidagi ishlarning navbatdagi bosqichi nihoyasiga yetdi, deyish mumkin. $$Samarqand$$ yaqinidagi xartang qishlog’ida hadis ilmining sultoni bo’lgan buyuk shayx imom Ismoil [Buxoriy] [hazrat]larining 1225-yillik yubiliyey tantanalari o‘tkazildi. Mazkur tadbirga tayyorgarlik avvaliga matbuot sahifalarida boshlandi. Keng jamoatchilik buyuk imom merosi bilan yaqindan tanishtirildi. [Islom] olamida Qur’oni [Karim]dan keyin ikkinchi manba bo‘lgan hadislarni to‘plashda va tartibga solishda [Imom Buxoriy] merosining ahamiyati targ‘ib va tashviq qilindi. Buyuk muhaddis asarlari to‘plab, chop qilindi. Imom Buxoriy hazratlarining xoki poyi yotgan Xartang qishlog‘ida ulkan va chiroyda tengsiz me’moriy majmua barpo etildi. Uning salobati va mahobati beqiyos ekanligini xorijlik mehmonlar ham bir ovozdan ta’kidladilar. Sakkiz oy davomida amalga oshirilgan ishlar ko‘lami ayniqsa respublika aholisining aqlini lol qildi, deyish mumkin. Zotan, milliy qadriyatlarga qaytishda katta o‘rin tutadigan bunday siymolar hayoti va ijodi targ‘ib qilinayotganda, moddiy foyda keltirmaydigan xarajatlardan qochish aks natijaga olib kelishi mumkin edi.
[Imom Buxoriy] yubiley tantanalarining ertasi kuni esa jannatmonand Farg‘ona vodiysida boshqa bir ulug‘ vatandoshimiz - dunyo ilm-fanining tamal toshini qo‘ygan allomalardan biri [Ahmad al-Farg‘oniy]ning 1200-yillik tavallud to‘ylari ham keng nishonlandi. [Ahmad al-Farg‘oniy] tug‘ilib o‘sgan qadimiy Qubo - hozirgi $$Quva shahristoni$$da qiyosi yo‘q me’moriy majmua, $$Farg‘ona shahri$$dagi tantanalar milliy qadriyatlarga qaytish haqidagi gap-so‘zlarning moddiy ahamiyat kasb etganligini yana bir bor yaqqol ko‘rsatdi.
Prezident [Islom Karimov] o‘tgan yili ham $$Xartang qishlog‘i$$, ham $$Farg‘ona$$da jurnalistlar bilan suhbatlarida moddiy boyliklar zarurligi, biroq ma’naviy qadriyatlarning o‘rnini hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmasligini qayta- qayta ta’kidladilar. Ma’naviy qadriyatlar millatning o‘zligini tanishida, milliy davlatchilikni mustahkamlashda eng muhim omil ekanligini qayd etdilar. Milliy qadriyatlarga davlat miqyosida e’tibor qaratish va ularni har tomonlama targ‘ib-tashviq etish eng muhim siyosiy masalalardan biri ekanligi ham tadbirlar davomida yana bir bor ko‘rindi.
Shu yerda yana bir narsani ta’kidlab o‘tish lozim. Millionlab mablag‘ sarflangan bu tadbirlar milliy qadriyatlar tiklanishi yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishidan tashqari, davlatning iqtisodiy qudrati tobora mustahkamlanib borayotganidan ham bir dalolatdir. Zotan, qorni och odamning parcha non topishdan bo‘lak ilinji bo‘lmagani kabi, iqtisodiy nochor davlat ham ma’naviyat masalalariga e’tibor qilishga qodir emas.
Bunday tantanalar millatning o‘z kuchiga ishonchini oshiradi, Kelajakka ishonch bilan qarashga o‘rgatadi. Yosh mustaqil davlat uchun esa bu birinchi darajali muhim masaladir.