-Xo‘jalikka o‘n yil muqaddam rais bo‘lib kelganman. O‘sha yil yakuni bo‘yicha yil davomida sarf qilingan dizel yoqilg‘isini hisoblab ko‘rsam - 1420 tonna ketibdi. Keyingi yil 900 tonna sarflandi, Bir yilda 500 tonna qisqartirdik. Yil sayin qisqartirib boraverdik. Bu yil 680 tonna dizel yoqilg‘isi ishlatishni rejalashtirganmiz. Ekin maydonlari, ekinlar o‘sha-o‘sha, bundan o‘n yil oldingi kabi.
Xo‘jayli tumanidagi «Azatliq» korporatsiyasi raisi [Ko‘bey Ortiqov]ning gaplarini eshitib turib, mehnatni tashkil etishning yangi usullari uyushma korporatsiyaga aylantirilgan 1994-yildan ancha oldin qo‘llanila boshlanganini angladim. Korporatsiyada avvalgi 8 brigada asosida 12 dehqonchilik agrofirmasi tashkil etildi. Mexanizatsiya xizmati ko‘rsatuvchi «Temirobod», urug‘lik, agronomiya xizmati bilan ta’minlovchi «Hosil», ombor xizmati ko‘rsatuvchi «Omonat» va boshqa agrofirmalar bor. Korporatsiya raisi qishloq xo‘jalik mahsuloti yetkazib berish bo‘yicha dehqonchilik agrofirmasi boshlig‘i bilan, agrofirma boshlig‘i esa o‘z hududidagi pudratchi bilan shartnoma tuzadi. Agrofirmalar bevosita o‘zaro aloqa qiladilar. Pudratchi har xil hisoblar, yukxatlar bilan korporatsiya hisoblash markaziga tez-tez keladi. Daromad-buromadlarni hisob-kitob qiladi, ish haqi oladi. «Azatliq» ning dehqonlari hozir avvalgidek «dalada ko‘rindim, oylikni cho‘z, rais ota» qabilida fikrlashmaydi. «Daromad» tushunchasi «oylik» tushunchasini deyarli siqib chiqargan. Dehqonlar daromad qilishsagina ish haqi olishlarini bilishadi. Shuning uchun yetkazayotgan mahsulotlarining tannarxini arzonlashtirishga harakat qilishadi.
Eng yaxshi kelgan yilda ham ko‘sak qurti gektaridan ikki sentner hosilni «yeydi». Ko‘sak qurtiga qarshi kurashish uchun bizga o‘rtacha bir necha tonna zaharli ximikatlar kerak bo‘lar ekan. Bu - ikki million so‘m atrofida bo‘ladi. Hali transport xarajati, ishni tashkil etish, tabiatga va odamlarga yetkaziladigan zararni hisobga olmaganda. Bizga lozim bo‘lgan miqdorda gabrobrakan hashorati yetkazib berishi uchun biolaboratoriyaga 100-150 ming so‘m miqdorda mablag‘ kerak bo‘ladi… - Bu korporatsiya raisi Ko‘bey og‘aning hisob-kitoblari. Ana shunday hisob kitoblarning natijasi tufayli o‘tgan yil dehqonchilikdan salkam 63 million so‘m daromad qilindi. 12 million so‘mdan ko‘prog‘i sof daromad!
Telefon jiringlaydi. Qabulxonadan yordamchining dona-dona qilib ma’lumot berayotgani eshitiladi:
-E-e, har kuni ma’lumot, hali unga, hali bunga … ekinni ma’lumot uchun ekmaymiz, hosil olish uchun, o‘zimiz uchun ekamiz axir.
Kubey og‘a qo‘l ostidagilarning ish bilan mashg‘ul bo‘lganini yaxshi ko‘radi. Shuning uchundir - $$Xo‘jayli tumani$$da uyushmalarga tarqatish uchun jami 50 to‘plam shina olingan bo‘lsa, «Azatliq» ning o‘zi 75 to‘plam oldi. Bevosita zavodlarning o‘zidan. Boshqa ehtiyot qismlari ham shunday. Hisobingda puling naqd bo‘lsa, hech kimga yolvormaysan, ko‘rsatma ham kutmaysan.
Ozgina vaqt ichida [Ko‘bey Ortiqov]ning qanday odamligini, qanday rahbarligini bilib oldim. Shunday bo‘lsa ham, «qanday kitoblar o‘qishingni ayt, kimligingni aytib beraman», degan naql yodimga tushdiyu, rais bir fursatga qabulxonaga chiqqanida stoli ustidagi xatcho‘p solingan kitoblarning nomiga bir nazar soldim: «Hayratul-[Abror]»,$$ «O‘zbekistonning yangi qonunlari»$$, «Menejerlar uchun ekonomika», «Deyl Karnegi…»