Respublika maishiy xizmat koʻrsatish ministirligiga qarashli korxonalar kollektivlari partiya XXIV siyezdi qarorlarini bajara borib, Respublika partiya va sovet organlarining amaliy yordami tufayli maishiy xizmaat koʻrsatish hajmini 1970-yildagi 99 million 386 ming soʻmdan 1975-yilda 183 million 851 ming soʻmga yetkazdilar. Natijada shahar va qishloq aholisiga xizmat koʻrsatishdagi farq shu vaqt ichida ikki baravar kamaydi.
Maishiy xizmat hajmining oʻsishi, maishiy xizmat koʻrsatishda band boʻlgan kishilar sonining koʻpayishi moddiy-texnika bazasini birmuncha mustahkamlashni talab qiladi. Ustaxonalarning umumiy soni 2 mingtaga yaqinlashib qoldi. 1971-1975-yillar davomida aholiga maishiy xizmat koʻrsatish bilan band boʻlgan kishilar soni 55 ming kishidan 66 ming kishiga yetdi.
Maishiy xizmatning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun kapital qurulishiga juda katta e’tibor berildi. Toʻqqizinchi besh yillik davomida maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashga 66 million soʻm mablagʻ sarflanaadi. Bu esa saakkizinchi besh yillikda sarflangan kapital mablagʻdan deyarli ikki baravar koʻpdir.
Maishiy xizmat koʻrsatishni sanoat asosida qayta qurish, ya’ni ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, zamonaviy mexanizmlar bilan jihozlash, yangi texnologiya jarayonlarini joriy etish, tayyorlanadigan buyumlar sifatiniyaxshilash yoʻli bilan maishiy xizmat koʻrsatishni xalq xoʻjaligining yirik mexanizatsiyalashgan tarmogʻiga aylantirishga alohida e’tibor berildi.
Respublikamizda dastlab $$“Zangori ekran”$$, $$“Uzavtotexobslujivanie” bosh boshqarmalari$$ hamda uy-joylarni remont qilish va qurish boʻyicha trest tuzildi. Bu birlashmalar xizmat koʻrsatishni markazlashtiribgina qolmaay, yuksak darajada mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni barpo etish va ichki ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish imkonini berdi. Bundan soʻng murakkab roʻzgʻor texnikasini remont qiladigan oblast birlashmalari tashkil etildi. Bir qancha oblastlarda xizmat koʻrsatishning boshqa turlari boʻyicha korxonalar markazlashtirildi. Chunonchi, $$Samarqand$$, $$Namangan$$, $$Andijon va Fargʻona oblastlari$$da kiyimlarni ximiyaviy tozalash va boʻyash boʻyicha birlashmalar tuzildi. $$Toshkent$$$, $$Fargʻona$$, $$Samarqand shahar$$larida markazlashtirilgan fotolaboratoriyalar, $$Chirchiq, Angren va Buxaro shaharlari$$dda markazlashtirilgaan bichish sexlari tashkil etildi.
Korxonalarimizning yangi texnika bilan ta’minlanishi xodimlarning oʻz mehnatiga munosabatini ham oʻzgartirdi. Ishlab chiqarish jarayonini yuksak darajada tashkil etish, texnikadan mohirlik bilan foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish talablari ham ortib bormoqda. Binobarin, yangi texnikaning joriy etilishi maishiy xizmat xodimlarining malakasini, bilimini, amaliy tajribalarini oshirishni talab qilmoqda. Shuning uchun ham malakali kadrlar tayyorlash besh yillikning asosiy masalalaridan biri boʻldi.
Respublika hukumatining qaroriga muvofiq 1971-yilda $$Fargʻona politexnika instituti$$da maishiy xizmat korxonalari uchun injenerlar va ekonomistlar tayyorlaydigan maishiy xizmat texnologiyasi fakulteti ochildi. Maishiy xizmat korxonalari uchun oʻrta zveno mutaxassislarini esa Fargʻona maishiy xizmat texnikumi tayyorlab bermoqda. Bundan tashqari, hunar-texnika bilim yurtlarida, oblast aholiga maishiy xizmat koʻrsatish boshqarmalari huzurida tashkil etilgan oʻquv-ishlab chiqarish kombinatlarida malakali ishchilar tayyorlanayotir.
Qishloq mehnatkashlariga maishiy xizmat koʻrsatish ham tobora yuksalmoqda.
Toʻqqizinchi besh yillikda qishloq joylarda maishiy xizmat koʻrsatish hajmi 2,1 baravar koʻpaydi, ustaxonalar tarmogʻi qariyb bir yarim mingtaga oshib, hozir 9,5 mingtadan ziyodroqqa yetdi.
Qishloq mehnatkashlariga xizmat koʻrsatish uchun deyarli barcha rayonlarning markazlarida va yirik posyolkalarda 30, 50 va 100 ishchi oʻrinli maishiy xizmat uy- lari qurilgan. Ular kolxoz va sovxozlar mehnatkashlariga xizmat koʻrsatishni tashkil etishda tayanch korxona hisoblanadi.
Ilgari kolxoz va sovxozlarda poyabzal ta’mir qilish, kiyim-boshlarni tikish boʻyicha kichik ustaxonalar tashkil etilar edi. Bu usul oʻzini oqlamadi. Endilikda maishiy xizmat turlarini koʻpaytirish va xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirishda qishloq joylarda kompleks qabul punktlari ochish va tayanch korxonalarni yiriklashtirish yoʻlidan borilmoqda.
$$KPSS Markaziy Komiteti$$nning “1976–1980 yillarda SSSR xalq xoʻjaligini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari” toʻgʻrisida partiya XXV siyezdiga loyihasida aholiga maishiy xizmat koʻrsatishni yanada rivojlantirish koʻzda tutilgan. Uninchi besh yillikda aholiga maishiy xizmat koʻrsatish hajmi 1,5 baravar, shu jumladan qishloq joylarda 1,7 baravar koʻpaytiriladi. Ayniqsa xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirishga, mehnatkashlarning buyurtmalarini sifatli bajarishga e’tibor kuchaytiriladi. Loyihada maishiy xizmat koʻrsatadigan korxonalar tarmogʻini kengaytirish va ularni zamonaviy texnika bilan ta’minlash koʻzda tutilgan. Bu esa aholiga maishiy xizmat koʻrsatish ishlarini sanoat asosida tashkil etish, xizmat madaniyatini yuksaltirish va ish sifatini oshirishga imkon beradi.
Maishiy xizmat koʻrsatish sohasida mehnat qilayotgan xodimlar mehnatkashlarga namunali xizmat koʻrsatish uchun kurashib, partiya XXV siyezdini munosib kutib olish uchun musobaqani qizgʻin davom ettirmoqdalar.
Total words
592
Unique words
374
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
11
TTR
0.632
Hapax
291
Distribution
Top frequency chart
Dataset