Mamlakatimiz rahbariyati oliy malakali ilmiy hamda ilmiy-pedogogik kadrlar tayyorlashga katta e’tibor bermoqda. $$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi$$ni olish uchun uchinchi yil ta’lim olayotgan aspirantlar orasida olti yildan buyon har yili muntazam tanlov o‘tka- zilayotgani bu fikrni tasdiqlaydi. $$Davlat Fan va texnika qo‘mitasi$$da 1999 yilgi stipendiatlar guvohnomasini topshirish marosimi bo‘ldi. Uchrashuvga shu yilgi tanlov g‘oliblarigina emas, o‘tgan yillardagi Prezident stipendiatlari ham taklif etilgan eli.
$$Davlat Fan va texnika qo‘mitasi$$ huzurida tashkil etilgan maxsus ekspert komissiyasi va davlat stipendiyalarini tayinlash komissiyasi bu yil 44 da’vogardan ko‘p bosqichli har tomonlama tanlovdan so‘ng yashirin ovoz berish yo‘li bilan fan va texnikani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha tanlovning besh nafar g‘olibini aniqladi. Tanlov chog‘ida da’vogarlar topshirgan imtihonlar ko‘rsatkichlarigina emas, ilmiy faoliyat natijalari, shu jumladan, tadqiq etilayotgan mavzuning dolzarbligi, mamlakatimizdagi na xorijdagi nashrlarda maqolalarni e’lon qilingani, shuningdek, patentlangan ixtirolar ham e’tiborga olindi.
-$$O‘zbekiston$$ning aqliy salohiyati ulkan, -dedi $$Davlat Fan va texnika qo‘mitasi$$ raisi, akademik [Po‘lat Habibullayev] 1999-yilgi stipendiatlarni tabriklar ekan. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng amalga oshirila boshlagan davlat ilmiy- texnikaviy siyosati, jumladan, iste’dodli yoshlarning ijodiy qobiliyatini mumkin qadar rivojlantirishga, ularning ilmiy faoliyatga intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Eng iqtidorli aspirantlarga $$Prezident stipendiyasi$$ning berilishi an’anaga aylanib qoldi. Vaqt o‘tgan yillardagi tanlov g‘oliblarini saralab olish yakunlarining to‘g‘riligini tasdiqladi. Ularning ko‘pchiligi fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muddatidan oldin yoqladi, tanlab olgan ilmiy yo‘nalishda tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli olib bormoqda, ayrimlari esa ilmiy ishlar bilan shug‘ullanish bilan bir vaqtda doktoranturada ta’lim olishni davom ettirmoqda. Bundan tashqari, Davlat Fan va texnika qo‘mitasi $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Prezidentining Umid» jamg‘armasi yo‘li bilan har yili 20 nafarga yaqin is- te’dodli olimlarni malaka oshirish uchun xorijdagi yetakchi ilmiy markazlar va oliy o‘quv yurtlariga yubormoqda. 1999-yilgi Prezident stipendiyasiga tanlov g‘oliblarini o‘tgan yillardagi stipendiatlar ham tabrikladilar. Ular o‘z ilmiy ishlarining yakunlari, davlat g‘amxo‘rligi va madadi bu ishda qudratli omil bo‘lgani haqida gapirdilar.
Total words
295
Unique words
219
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
7
TTR
0.742
Hapax
183
Distribution
Top frequency chart
Dataset