- Qassobchilik menga otameros kasb - deya hikoya qiladi denovlik [Tursun Toshev]. - Qishloqchilik, kimdir qo‘y, boshqa birov mol so‘yib berishimni iltimos qilib tez-tez uyga keladi. Imkonim boricha ularning hojatini chiqaraman.
Lekin bir voqea sabab bo‘ldiyu, keyingi paytlarda uy egalaridan nechta qo‘y yoki mol so‘yish kerakligini, ularning rangini qayta-qayta so‘raydigan bo‘ldim.
…Yaqinda qo‘shnimiz [Abdurahmon To‘ra] chaqirib qoldi. Uyiga bordim. Mehmonxonada 4-5 kishi chaqchaqlashib «oq»idan «urib» o‘tirgan ekan. Mehmonlar bilan so‘rashgach, [Abdurahmon]jon: - [Tursun] aka, qo‘raga borib o‘zingizga yoqqan qo‘chqordan uchtasini «ag‘daring». Ikkitasining rangi oq, bittasiniki qora bo‘lsin, dedi. Oq qo‘chqorlar ham qo‘rada. Gilam bilan yopilgan. Rostini aytsam, avvaliga hech narsaga tushunmadim. Nahotki 4-5 kishiga uchta qo‘chqor so‘yilsa-ya, deya o‘yladim. Mehmonlarning oldida qayta so‘rash ham odobdan emas.
Ular «nozikroq» joydan bo‘lsa kerak, degan o‘y xayolimdan o‘tdi. Qorong‘uda amallab qo‘radan ikkita oq va bitta qora qo‘chqorni yetaklab chiqdim. Uchinchi qo‘chqorning go‘shtini endi saranjomlab bo‘luvdimki, qo‘shnim kelib qoldi.
- Ha qassob, namuncha kechikyapsiz?
- Qo‘y so‘yish aroq ichish emas, qo‘shni - dedim hazillashib. Bezovta bo‘lmang, mana, hozir tayyor bo‘ladi. O‘ziyam rosa boqilgan ekan. Har bittasi 50 kilodan go‘sht qildi-ya - deb uyilib turgan go‘shtni ko‘rsatdim. Qo‘shnim: - Nima?! -- dediyu kulib yubordi. Ma’lum bo‘lishicha, u menga bitta qo‘chqor so‘yib, ikkita aroq olib kelishni tayinlagan ekan…
Total words
192
Unique words
168
Annotated anthroponyms
4
Toponyms
0
TTR
0.875
Hapax
147
Distribution
Top frequency chart
Dataset