🔍

Article

“ISHDA TASHKILOTCHILIK YETISHMAGACH”

By Viloyat hokimi T. JABBOROV. • in 1998

$$«O‘zbekiston ovozi» gazetasi$$ning 1997-yil 25-oktyabr sonida yuqoridagi sarlavhali maqolada $$Namangan viloyati$$da dehqonchilikning bugungi ahvoli tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida tanqidiy fikrlar bildirilgan, vaziyatdan chiqish uchun, eng avvalo, yerga munosabatni tubdan o‘zgartirish, xo‘jalik rahbarlari, hokimlar ishni to‘g‘ri tashkil etishi, manfaatdorlikni ta’minlashi, buning uchun esa tinimsiz izlanishi, tashabbus ko‘rsatishi, yangilikni hayotga tatbiq etishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan edi. Ushbu tanqidiy maqola yuzasidan quyidagi javob xati olindi.
1997-yilda viloyat boʻyicha umumiy 199635 gektar maydonda dehqonchilik qilinib, shundan 96 ming gektar yerga paxta, 70 ming gektar yerga esa boshoqli g‘alla ekildi. Davlatga don topshirish yillik rejasi 103 foizga uddalandi. Har gektar yerdan olingan g‘alla hosili 34,4 sentnerni tashkil etdi. 1998-yil hosili uchun kuzgi g‘alla ekish ishlari o‘z muddatida bajarildi.
$$Oʻzbekiston Respublikasi$$ Prezidenti [I. A. Karimov]ning 1997-yil 21-oktyabrdagi $$«Namangan$$ va $$Farg‘ona viloyatlari$$da 1997-yilgi paxta hosilini yig‘ishtirib olish va davlatga topshirishning qoniqarsiz ahvoli haqida»gi Farmoyishida ta’kidlanganidek, bu yil viloyatda paxta tayyorlashda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi.
Ayniqsa, $$Mingbuloq$$, $$Toʻraqo‘rg‘on$$ va $$Chust tumanlari$$da ko‘zlangan hosil yetishtirilmadi. Lekin, shunga qaramay viloyatimizda yetishtirilgan bor hosilni yig‘ib-terib olish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi va davlatga paxta topshirish yillik rejasi 1997-yil 24-noyabr kuni bajarildi.
Viloyatda paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, maqolada ko‘rsatib o‘tilgan rahbar kadrlarga nisbatan keskin choralar koʻrildi.
Jumladan, $$Toʻraqo‘rg‘on tumani$$ hokimi[ O. Ismatullayev] vazifasidan ozod qilindi. $$Kosonsoy$$, $$Uychi$$ va $$Chust tumanlari$$ hokimlariga hayfsan e’lon qilinib, ularning ishda qolish-qolmasliklari yil yakuni bo‘yicha koʻrib chiqilishi ogohlantirildi.
Shuningdek, ishdagi kamchiliklari uchun $$Kosonsoy$$, $$To‘raqo‘rg‘on$$, $$Pop va Chust tumanlari$$ qishloq va suv xo‘jaliklari boshqarmalari boshliqlari hamda 8 ta jamoa xo‘jaliklari boshqaruvi raislari egallab turgan lavozimlaridan bo‘shatildilar. Ahvolni bunday xolatga kelishida e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan viloyat tashkilotlarining rahbarlariga nisbatan ham jiddiy choralar ko‘rildi.
Viloyatda rahbar kadrlarni o‘z xizmat vazifalariga bo‘lgan mas’uliyatlarini qayta ko‘rib chiqish hozirgi kunda ham izchil davom ettirilmoqda.
Viloyat hokimligi o‘rni bo‘shagan lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish borasida $$Respublika Prezidenti$$ tomonidan ilgari surilayotgan kadrlar siyosatiga to‘la amal qilgan holda ish olib bormoqda.

Ayniqsa, jamoa xoʻjaliklari rahbari lavozimlariga izlanuvchan, tadbirkor, yosh va g‘ayratli, haqiqiy qishloq xoʻjaligi mutaxassisligiga ega bo‘lgan kadrlar qo‘yilmoqda.

Viloyat hokimligi bundan buyon ham ishda beparvolikka yo‘l qo‘yadigan rahbar kadrlarga nisbatan keskin choralarni ko‘rib boradi.

Total words

348

Unique words

254

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

16

TTR

0.730

Hapax

195

Distribution

Top frequency chart

Dataset