🔍

Article

YIL NEGA 365 KUN?

By Akbar Aliyev • in 1998

Nega ba’zan yillar 365 kun, ayrimlari 366 kun? Bu savolga javob topish uchun taqvim tarixi zarvaraqlarini ko‘zdan kechirishga to‘g‘ri keladi.

Insoniyat tarixida taqvimning asosan shamsiy, qamariy va shamsiy-qamariy tizimlari bor. Shamsiy taqvimlar ichida eng oddiysi va koʻhnalaridan biri qadimgi Misr taqvimidir. Miloddan ilgarigi 3-4 ming yillikda Misr astronomlari mamlakat hayoti uchun g‘oyat katta ahamiyat kasb etadigan Nil daryosi toshqinini Sirius yulduzi erta tongda ilk bor «moʻralaganidan» keyinroq roʻy berishini payqashgandi.

Shunday qilib, juda qadimdayoq yilning davomiyligi 365 kun, deb belgilangan.

Hozirgi vaqtda ham $$Turkiya$$ va $$Pokiston$$da qo‘llanadigan musulmon taqvimi qamariy taqvimga misol bo‘la oladi. Unda yil fasllarining almashuvi deyarli hisobga olinmagan.

Qamariy taqvim bo‘yicha har biri 29 va 30 kunlik 12 oydan tashkil topgan. Demak, qamariy yil goh 354, goh 355 kundan iborat, Bundan tashqari, bu taqvim bo‘yicha yil hisobi [Muhammad] payg‘ambarning $$Makka$$dan $$Madinaga hijrat$$ qilgan vaqtidan, bizning yil hisobimiz bo‘yicha 622-yilning 16-iyulidan boshlanadi.

Qamariy yil shamsiy yildan 11 kun qisqa bo‘lganligi uchun musulmon taqvimida biz hozir qo‘llayotgan taqvimga nisbatan yil har gal 11 kun ilgari keladi.

Hozirgi vaqtda jahonning ko‘pgina mamlakatlarida qo‘llanilayotgan taqvimning ibtidosi qadimgi Rim kalendari hisoblanadi. U 304 kundan tarkib topgan edi. Keyinchalik ular qatoriga yanvar (29 kun) va fevral (28 kun) oylari qo‘shiladi. Ayni vaqtda 30 kunlik oylar 29 kunga keltirilishi natijasida o‘sha davr Rim yili jami 355 kundan iborat bo‘ldi.
Oradan yillar o‘tdi. XVI asr oxirida $$Rim katolik cherkovi$$ning boshlig‘i papa $$Grigoriy XIII taqvim$$dagi bu tafovutni yo‘qotib, bahorgi teng kunlik, yana 21 martga qaytadigan va kelajakda har doim mazkur taqvim sanasiga muvofiq keladigan qilib to‘g‘rilash uchun maxsus komissiya tuzdi.

Komissiya italyan matematigi va shifokori [Luiji Lilio] tuzgan taqvim loyihasini ma’qul topdi. [Papa Grigoriy XIII] mazkur loyihani 1582-yil fevralida qabul qilib, maxsus farmon chiqardi, kun hisobini 10 kecha kunduz oldinga surdi. Shunday qilib, 1582-yil 4-oktyabridan keyingi kun 5 emas, balki 15-oktyabr deb hisoblanadigan bo‘ldi. Natijada bahorgi tenglik yana 21-martga to‘g‘ri keldi.

Total words

305

Unique words

224

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

6

TTR

0.734

Hapax

178

Distribution

Top frequency chart

Dataset