Podpolkovnik [Vasilev], rotmistr [Korobchakov] va TRMB boshlig‘i $$Kvitsinskiylar$$ hamkorlikda izlanishi natijasida $$Turkiston eserlari$$ yetakchisi [Sergey Ososkov] hibsga olindi. [Ososkov] ishi bo‘yicha eserlar jangovar drujinasidan 100 kishi javobgarlikka tortildi. Sud hukmi bilan [Sergey Ososkov] 29-iyulga o‘tar kechasi qatl qilindi. Bu tadbir esa butun o‘lkani oyoqqa turg‘izgan voqealarga turtki berdi. 1908-yil 22-sentyabrda o‘quv mashqlarida 1-Kaspiyorti batalonining 4-rotasi askarlaridan [Lavrentiy Kujmenko], [Anisim Xripchenko], [Nikifor Malsev] va [Petr Kitun] Bosh gubernator va uning mulozimlariga qaratib o‘q uzishdi. Natijada Bosh gubernator [Mishchenko] va uning soqchi ofitseri yaralandi. Bu voqea «TurkVO qo‘mondoni joniga suiqasd haqida» deb atalgan tergov materiallarida batafsil yoritilgan. TRMB boshlig‘i general-adyutant [Mishchenko]ning yarador qilinishi inqilobchilarning Ososkov qatliga birinchi javobi ekanligini qayd qilib, «bu sohadagi dahshatli ishlarning birinchi yirik ko‘rinishi» ekanligini ta’kidlagan. $$«Turkiston inqilobchilari$$, - deb yozgan edi $$Kvitsinskiy$$ 1908-yil 17-dekabrda $$Peterburg$$ga yuborgan axborotida, - o‘lkaning bosh hokimini hech qachon kechirishmaydi va Bosh gubernator[Mishchenko]ning o‘limi allaqachon hal qilingan». Bu axborotida maxfiy siyosiy politsiya boshlig‘i o‘zining eserlar terroridan qo‘rquvini ham yashirmagan: «Xuddi shu tarzda mening taqdirim ham hal qilingan. Bu masalada inqilobchilar kuzatuvi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mening yordamchim rotmistr Kellerning $$Ashxobod$$ga yashirin borgani ham ularning nazaridan qochmadi». TRMB maxfiy agent «Gorniyning axboroti ham[ Kvitsinskiy] gumonini tasdiqlagan: $$«Toshkent turmasi$$dagi mahbus [Chernishev] muhim ko‘rsatma berish bahonasida o‘zini $$Turkiston$$ rayon muhofaza bo‘limiga keltirilishini, u yerga borgach bo‘lim boshlig‘i [Leonid Antonovich Kvitsinskiy] bilan uchrashganda esa uni o‘l- dirishini aytdi».
[Vasilev[ va [Kvitsinskiy]ning mahkamalari $$Toshkent$$ $$Chimkent$$ va $$Kaspiy$$ ortidagi eserlar tashki-lotlarini aniqlab dongdor eserlar ustidan «55 lar jarayoni» deb atalgan sudni uyushtirgan bo‘lsalar ham inqilobiy varaqa, xitobnomalar va amal dorlarga suiqasd uyushtirish hamda terror davom etdi. 1909-yil 21-fevralda $$Toshkent bosh temir yo‘l$$ ustaxonalarida $$«Oʻrta Osiyo temir yo‘li Toshkent rayon$$ qo‘mitasi» xitobnomalari paydo bo‘ldi. Ular ishchilarni kurashga chorlab, «jandarmlar, qoʻriqchilar va ig‘vogarlar bilan o‘rab tashlangan og‘ir sharoitga qarshi» ko‘tarilish zarurligini uqtirgan. Xuddi shu tashkilotda ish ko‘rayotgan rus inqilobchilari faoliyati haqida general gubernator 1909-yil 3-oktyabrda imperiya harbiy vaziriga shunday yozgan: «Inqilobiy tashvikot «butunrossiya temir yo‘l ittifoqi $$Urta Osiyo bo‘limi$$» deb nomlangan temir yo‘l xizmatchilarining jinoiy tashkiloti a’zolari o‘rtasida o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Xuddi shular orasida ko‘pdan ko‘p terroristik aktlar, talonchiliklar, faol chiqishlar sodir boʻldiki, temir yo‘l jandarmeriyasi va politsiya mazkur ittifoq oldida ojiz bo‘lib qoldi», General-gubernator shu ittifoq a’zolaridan 200 kishini o‘lkadan chiqarib yuborgan bo‘lsa ham, tinchlik bo‘lmayotganini qo‘shimcha qilgan.
$$Sankt-Peterburg$$ning qatʼiy talabi bilan siyosiy idoralar faoliyati kuchaytirilib, yuzlab josuslar, inqilobiy tashkilotlarga joylashib olgan igʻvogarlar $$Turkiston$$dagi siyosiy firqalarning tayanch nuqtalarini birma bir yo‘q qila boshladi. TRMB boshligʻi 1909-yil 3-avgustda Politsiya departamenti Maxsus bo‘limiga tantana bilan axborot yo‘lladi: «Toshkent temir yo‘l tashkilotini agentura bilan yoritish bu tashkilotning $$Turkiston$$ga qo‘shni $$Boku shahri$$dan panoh topganini ko‘rsatdi. $$Boku markazi$$ bilan agenturaning aloqalarini to‘garak ishlarini tashkiliy asosda kuchaytirish haqidagi ko‘rsatmalar qayerdan kelayotganini ko‘rsatmoqda. Imperiyaning qay bir yerida qandaydir chiqishga taraddud ko‘rayotgan firqa markaziy qo‘mitasi «tayyor bo‘lishga» oid farmoyishlar yo‘llamoqda».
TRMB inqilobiy harakatning yana bir markazi $$Ashxobod$$ bo‘lganini ham aniqladi. [Kvitsinskiy] shu haqda Bosh gubernatorga yo‘llagan maxfiy axborotida eserlar, anarxistlar, «anarxist spiritidlar federatsiyasi $$Toshkent kommunasi$$» tashkilotlari tor-mor qilingani, qochib qo‘yilgan jangovar kuchlar Ashxobodga ko‘chib o‘tganligini yozadi. U $$Ashxobod$$ni $$Turkiston o‘lkasi$$ «inqilobiy tashkilotlarining ikkinchi tabiiy markazi» deb atab, Kaspiyortida eserlar sotsial-demokratlarni chetlatib max- fiy bosmaxonani qo‘lga kiritganini bildiradi. TR MB boshlig‘i agenturasiga mahalliy sotsial demokratlar va eserlarning rahbarlari ma’lum ekani va ularni kuzatuv maxfiy bosmaxona iziga tushishga imkon berganidan maqtanadi. [Kvitsinskiy] 1908-yil 20-noyabrda podpolkovnik [Vasilev]ga yuborgan maxfiy axborotida eserlar mahalliy guruhini qo‘lga olganini tilga olgan bo‘lsa, boshqa bir xabarida eserlar va anarxistlar uni oʻldirish payida izma-iz yurishganini xabar qilgan. TRMB boshligʻi uning agenturasi gektografda yashirin xitobnomalar chiqaruvchi o‘quvchi yoshlar to‘garagini ham fosh qilganini uqtirib oʻtadi.
(Davomi bor…) (Boshi oʻtgan sonlarda)