Keyingi yillarda $$O‘zbekiston$$ $$AQSh$$ bilan har sohada hamkorlik qilmoqda. Bu borada sog‘liqni saqlash tizimida ham ko‘p ishlar amalga oshirilyapti. $$Chikago shahri$$dagi $$Illinoys universiteti$$ shifokorlari $$Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot instituti$$ bilan aloqa qilganiga ham ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q.
$$AQSh$$ning birinchi honimi [Hillari Klinton]ning $$O‘zbekiston$$ga tashrifi chog‘ida yana bir savobli ishga qo‘l urildi. $$Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot instituti$$da $$Ayollar salomatligi markazi ochildi$$. Bu haqda markaz direktori, tibbiyot fanlari nomzodi, [Dilmurod Yusupov] shunday deydi:
- Respublika Ayollar salomatligi markazi hukumatimizning Davlat dasturi asosida tashkil etilgan. Bu dastur $$«Sog‘lom avlod uchun» dasturi$$ning bosqichlaridan biridir. Markazimiz zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlangan. Bu tibbiyot uskunalarini $$Chikago$$dagi hamkasblarimizdan oldik.
Markazimizda ishlayotgan hamma shifokorlar, hamshiralar $$AQSh$$dagi $$Illinoys universiteti$$ning Tabbiyot markazida tajriba oshirib qaytishdi. Bu yerda turli kasalliklarga uchragan ayollar, ho- miladorlikning muddati va yuqumli kasalliklarni aniqlash bo‘yicha test sinovlari, shuningdek, klinik axvolda bo‘lgan ayollarga tibbiy yordam berish ishlarini olib boradi.
Respublika Ayollar salomatligi markazi bemorlarni davolash va tashxis qo‘yishning qaysi uslubi mos ekanligii aniqlovchi amaliy va ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tibbiy maskan xodimlari xorijda orttirgan bilim va tajribalarini ayol salomatligi yo‘lida sarfla- moqdalar. Vaholanki, ayol sog‘ligi - yurt boyligi, kelajak avlod barkamolligi demakdir. Xorijiy davlatlar bilan mustahkam tibbiy aloqalarimiz zamini ham shunga xizmat qiladi.