O‘tgan 1997-yilning dekabr oyida dunyoning ikki yirik davlati $$Turkiya$$ va $$AQSh$$ o‘rtasidagi munosabatlar yana bir yuksak pog‘onaga ko‘tarildi, deyish mumkin. $$AQSh$$ savdo palatasida $$AQSh$$ energetika vaziri [Federiko Penya] va Turkiya Bosh vaziri [Mesut Yilmaz] o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat va muzokaralarda $$«Baku-Sheyxan» gaz quvurlari$$ yoʻli masalasi ham muhokama qilingan edi. Shu bilan birga, «Turkiyaning yangi kun tartibi» - moliya kredit, xususiylashtirish, soliq islohotlari va ta’lim-tarbiya sohasiga sarmoya yotqizish masalalariga e’tibor qaratildi.
$$Klinton ma’muriyati$$ $$Kaspiy dengiz$$i mintaqasidagi neftni gʻarb bozorlariga yetkazishda $$Turkiya$$ muhim ahamiyat kasb etadi, deya hisoblaydi. Darhaqiqat, $$Turkiya$$ $$Kavkaz$$ va $$Markaziy Osiyo mintaqasi$$ning ijtimoiy taraqqiyotida o‘z geografik joylashuvi va ijtimoiy ri- vojlanishi jihatidan muhim o‘rin tutadi. $$«Baku-Sheyxan» gaz quvuri$$ yo‘li tezroq ishga tushishi istagidan kelib chiqqan $$AQSh$$ $$Turkiya$$ bilan energetika sohasidagi strategik hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlarini ko‘rmoqda. [Federiko Penya] $$AQSh$$ $$Turkiya$$ tomoni bilan ularning tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji qondirilgunga qadar hamkorlik qilishda davom etishini bildirdi. Bosh vazir [Mesut Yilmaz] o‘z hukumati qat’iy qarorlar qabul qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan: «Biz o‘tmishdagi siyosiy yo‘limizni to‘g‘ri izga solmoqdamiz. Unda, ehtimol, inson huquqlari me’yorlariga yetarlicha ahamiyat berilmagandir. Biz endi politsiyaning noqonuniy harakatlariga qarshi qat’iy kurashmoqdamiz», - deb aytdi.
Ma’lumki, xalqaro munosabatlarda inson huquqlari va demokratiyaning muayyan me’yorlari mavjud. Shu ikki jihatning mamlakatda nechog‘li barqaror yoki barqaror emasligi uning xalqaro miqyosdagi obroʻ-nufuzini belgilaydi. Yevropa Ittifoqiga qabul qilish-qilmasligini aniqlovchi o‘n bir davlat safiga Turkiyani qo‘shmaslik haqidagi Yevropa Ittifoqi qarori to‘g‘risida [Yilmaz]ga savol berilganda, u Turkiya bu roʻyxatdan ayrim qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgani, ayrim kamchiliklari mavjudligi uchun o‘chirilganini aytgan.
$$Turkiya$$ dunyoning eng ilg‘or davlatlaridan biriga ayla- nishi uchun haqli ravishda in- tilayotgan ekan, xususiylashtirish dasturini to‘liq bajarish, inflyatsiya darajasini pasaytirish, inson huquqlari taraqqiyotini ta’minlash borasida samarali ishlarni amalga oshirdi. «Bizning Yevropa Ittifoqini kengaytirish jarayonida ishtirok etishimizga to‘sqinlik qiluvchi bir qancha voqealar roʻy berdi», - deb aytgan Yilmaz. U, Yevropa Ittifoqi $$Turkiya$$ga nisbatan cheklovchi siyosat yurgizsa, uning hukumati jiddiy siyosiy choralar ko‘rajagini ham ma’lum qilgan.
$$Turkiya$$ va $$AQSh$$ning energetika sohasidagi munosabatlari rivoji uchun huquqiy asos yaratildi. Kelishuvga ko‘ra, ikkala tomon ham dunyo miqyosida o‘z energetika manbalarini kengaytiradi, mintaqaviy hamkorlik rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, Turkiya hududidan xalqaro bozorlarga chiqadigan gaz yo‘llari xavfsizligini ta’minlaydi.
Kaspiy dengizi resurslaridan foydalanish mazkur mintaqa va yangi mustaqil davlatlar iqtisodiyotini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Ikkala tomon ham dunyo miqyosida energetikaning turli manbalarini kengayti-rish, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, turkga- zini jahonga yetkazib berish, Turkiya hududidan jahon bo- zorlariga neft va gazni yetkazib borish borasidagi aloqalarini davom ettiraveradi. Tomonlar, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish, turk qirg‘oqlari xavfsizligi, $$Turkiya$$ning energetika loyihalariga xorijiy sarmoyalarni yotqizish borasidagi hamkorligini rivojlantiradilar. Energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish va boyitilgan ko‘mir bilan ishlaydigan energetika obyektlari qurish, yadro energetikasi va yadro xavfsizligi sohasida faol hamkorlik qiladilar. Tomonlar $$Turkiya$$ hududidan o‘tuvchi «Baku-Sheyxan» hamda transkaspiy neft va gaz quvurlari yo‘li qurilishini jadallashtirish majburiyatini oldilar. Bu gaz quvurlari $$Markaziy Osiyo$$ va $$Kavkaz mamlakatlari$$ni jahon bozorlari bilan bog‘laydi. Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlaydi. «Internet» axborot tizimi ma’lumotiga koʻra, Sharq-G‘arb neft-gaz transport yo‘lagini yaratish g‘oyasini $$Turkiya$$, $$Ozarbayjon$$, $$Gruziya$$, $$Turkmaniston$$ va $$Qozog‘iston$$ astoydil qo‘llab-quvvatlaydi.