🔍

Article

Oʻgʻrining oxirati - doʻzax

By Chori Jumaqulov, jurnalist • in 1998

1996-yilning 12-noyabrida $$Surxondaryo viloyati$$ $$Qiziriq tuman sudi$$ binosida bir jinoyat ishi boʻyicha ochiq sud majlisi bo‘lib oʻtdi. Unda turli yillarda tug‘ilgan [Safarov Nuriddin], [Abdurahmonov Baxtiyor], [Mustaffaqulov Jo‘ra], [Bobolov Beknazar], [Imomov Absamat], [Pardayev Chori] va [Mirzayev Roʻziqul]lar sodir etgan bir necha jinoyat ko‘rib chiqildi. Bu jinoiy guruh a’zolarining aksariyati hatto o‘rta maktabni ham tamomlamagan, ish joylarining ham tayini yo‘q kimsalardir. Lekin ularning ko‘pining oilasi, farzandlari bor…

Dastlab [N. Safarov] va [B. Abdurahmonov]lar tergov davomida shaxsini aniqlashning imkoniyati bo‘lmagan ikki nafar rus millatiga mansub shaxslar bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib uyushgan jinoiy guruh tashkil qilishadi. 1995-yil 28-yanvar kuni soat 12 lar chamasida Qiziriq tuman dehqon bozori yonida turgan kurilish tashkilotiga tegishli boʻlgan [A. Xurramov] boshqaruvidagi T-28 x 4 markali davlat belgili traktorni ular kuppa-kunduzi o‘g‘rilab ketishadi. $$Shoʻrchi tumani$$ $$«Dalvarzintepa» jamoa xoʻjaligi$$da yashovchi [Pardayev Musulmonqul]ga 60 ming soʻmga sotishib, bu pullarni har biri 15 ming so‘mdan bo‘lib olishadi.
[H. Safarov], [B. Abdurahmonov]lar hamqishloqlari [J. Mustaffaqulov], [B. Bobolov] va [A. Imomov]lardan iborat jinoiy «shayka» tuzib bu guruhga [N. Safarov] boshchilik qilishni o‘z zimmasiga oladi. 1995-yil 2-avgust kechasi yarim tunda o‘zlari yashaydigan $$Qiziriq tumani$$ [Y. Oxunboboyev] nomli jamoa xo‘jaligining 8-bo‘limi bedapoyasida qoʻshni xoʻjalik fuqarolari qo‘ylarini boqib yurgan [Ismat Omonov]ni yuzlariga niqob tortgan o‘g‘rilar pichoq niqtab, «g‘ing desang, o‘ldiramiz» deb uning duch kelgan joyiga rosa tepishadi. So‘ngra oyoq-qo‘llarini bog‘lab qo‘raga qamab qo‘yishadi. Ular och boʻrilardek qoʻra ichiga oʻzlarini urishib, qo‘ylarning semiz-semizini tanlashib, jami 48 bosh bozor narxida 96 ming sumlik mollarni $$Angor tumani$$ «Mustaqillik» jamoa xo‘jaligida yashovchi [Ch. Pardayev]ning uyiga haydab boradi. Undan shu qo‘ylarga sotib berishni iltimos qilishadi va o‘zlari juftakni rostlab qolishadi. Shundan soʻng [Ch. Pardayev] yuk mashina yollab, $$Sariosiyo$$ga borib qo‘ylarni fuqarolarga sotib yuboradi. Oʻsha yilning oktyabr oyi boshlarida [Oxunboboyev] nomli jamoa xoʻjaligi markazida yashovchi [F. Shonazarov]ning uyiga o‘g‘rilikka tushib, 10 xalta, jami 450 kilo bug‘doyni oʻmarib ketishadi. Oradan roppa rosa 10 kun oʻtgach, yana ular boshqa bir ji- noyatga qoʻl urishadi. Xujalikning $$Qiziltom uchastkasi$$da yashovchi [M. Imomov]ning uyiga yarim tunda mushukdek pisib kelib bitta oqqora rangli televizor, 3 ta gilamni o‘marib ketishadi. Sudlanuvchilar bu xonadon egalariga 8 ming soʻmlik miqdorda moddiy zarar yetkazishgan. Bundan tashqari ham jinoyatchilar to‘dasi yana bir necha marta o‘g‘rilik, tovlamachilik va bosqinchiliklar qilishgan. Nopok yo‘l bilan orttirilgan mol-dunyo o‘rtada arra qilinavergan. Ammo ular bu ishning oxiri voy ekanini xayoliga ham keltirishmasdi. Nihoyat, bu katta va xavfli jinoyatchilar qo‘lga olindi.

Sud esa jinoiy guruh sodir etgan o‘g‘riliklar tafsilotini aniq dalillar asosida, guvohlar yordamida batafsil kurib chiqdi. Sud ular ustidan qat’iy va odilona hukm chiqardi. [Safarov Nuriddin], [Bobolov Beknazar], [Abdurahmonov Baxtiyor]ning har biriga 14 yilu 8 oy, [Mus- Taffaqulov] Juraga 12 yil, [Imomov Absamat] 8 yilu 8 oyga ozodliqdan mahrum qilinib, mol-mulki davlat foydasiga musodara qilindi. Bu jinoyatchilarga oʻzlari bilmagan holda sherik bo‘lib qolishgan [Pardayev Chori] va [Mirzayev Roʻziqul] 3 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Total words

454

Unique words

348

Annotated anthroponyms

31

Toponyms

8

TTR

0.767

Hapax

286

Distribution

Top frequency chart

Dataset