Qishloq xo‘jaligida o‘tgan yilning qanday yakunlangani qilingan daromad bilan belgilanadi. Shu mezon bilan qaralganda $$Paxtachi tumani$$dagi $$Shomurod Qahhorov jamoa xo‘jaligi$$ 1997-yilni yaxshi ko‘rsatkichlar bilan yakunladi. Tajribali va mohir paxtakor [Mahmud Eshmoʻminov] yetakchilik qilayotgan xo‘jalikda paxtadan 45 sentnerdan hosil olindi. Paxtakorlar olgan daromad 53500000 so‘mni tashkil etdi.
G‘alladan olingan hosil 40 sentnerga yetdi. G‘allakorlar 5450000 so‘m sof daromad oldilar. Sabzavotdan 1700000 sumlik, poliz mahsulotlaridan 679000 so‘mlik, uzumning o‘zidan 630000 so‘mlik foyda xoʻjalik a’zolari hisobida qoldi.
Sarmoya bo‘lsa, turmush ham farovon kechadi, Xo‘jalikda 3 ming o‘rinli stadion, 850 o‘rinli madaniyat saroyi, dehqon bozori, bolalar bog‘chalari, novvoyxonalar, hammom, radio-televizor, etikdo‘zlik, kiyim-kechak bichish va tikish ustaxonalari aholiga maishiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Xo‘jalik erishayotgan muvaffaqiyatlar asosida rahbarlardan tortib oddiy ishchi, mutaxassis va xodimlarning halol mehnati, astoydil xizmati yotadi.
- Har kim har xil sharhlashi mumkin, ammo mening nazarimda, yutuqlarimiz siri xo‘jaligimiz ahlining hamjihatligida, qolaversa respublikamizdagi tinchlik, barqarorlikka borib taqaladi, - deydi fuqarolar kengashi raisi [Abduhakim Qalandarov]. Darhaqiqat, xo‘jalikda yashayotgan bir necha millat vakillari bir oila a’zolaridek totuv umrguzaronlik qilib, Vatanimiz taraqqiyoti- ga o‘z munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Xo‘jalik bosh hisobchisi [Saidmurod Quvonov]ning aytishicha, xo‘jalik o‘z iqtisodiy ahvolini har qachongidan ham mustahkamlab oldi. Bu esa ijtimoiy muhofaza choralarini kuchaytirish imkonini berayotir. Doimiy madaniy tadbirlar o‘tkazish ham xo‘jalikda odat tusiga aylangan.
- Barcha ekin maydonlarimiz mav- sumga shay, - deydi bosh agronom [Zokir Hayitov]. - Tuproq xususiyatiga qarab mineral va mahalliy o‘g‘itlar bilan ta’minlangan.
Xo‘jalik ahlining qo‘rasida qoʻy, uyida bug‘doy yetarli. Barchasi mehnat tufayli olingan daromaddandir.