🔍

Article

Huquqiy tarbiya diqqat-eʼtiborda

By T.Tojiyev, Oʻzbekiston XDP Toshkent shahar … • in 1998

$$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ $$Toshkent shahar kengashi$$ ijroiya byurosining navbatdagi majlisida «Paxtasanoat» respublika ilmiy markazi va $$Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat oliygohi$$ boshlang‘ich partiya tashkilotlarining huquqiy tarbiya va kishilarning siyosiy faolligini takomillashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Ma’lumki, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning ustuvor yo‘nalishi va asosiy maqsadlaridan biri aynan inson huquqlarini ta’minlash hamda demokratik va huquqiy davlat barpo etishdir. Ushbu masala yuzasidan boshlangich partiya tashkiloti kotiblari va komissiya a’zolarining axborotlari tinglandi.

Ushbu boshlang‘ich partiya tashkilotlarida huquqiy tarbiyani rivojlantirishga katta e’tibor berilayotganligi majlisda alohida qayd etildi. Shu maqsadda partiya majlislari, siyosiy klublar, konferensiya, seminar mashg‘ulotlaridan faol foydalanilayotganligi, huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot beruvchi siyosiy burchaklar tashkil etilganligi hamda $$«Ma’naviyat va ma’rifat» markazlari$$ faoliyat ko‘rsatayotganligi e’tiborga sazovordir. Shu qatorda huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borishda oliygohda nashr qilinayotgan ko‘p nusxali gazeta ham yordam berayapti. «Paxtasanoat» boshlang‘ich partiya tashkiloti «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoat markazining tuman bo‘limi bilan o‘zaro shartnoma tuzib, ushbu mavzudagi tadbirlarni o‘tkazish bilan birga tashkilot qoshida tuzilgan yuridik xizmat ko‘rsatuvchi firma yordamida muntazam ravishda yangi qabul qilingan qonunlar, farmonlar haqida mehnat jamoasiga axborot berib borish bilan birga xuquqiy yordam ham ko‘rsatayapti.

Shu bilan birga ushbu boshlang‘ich partiya tashkilotlarida insonlarning siyosiy faolligini oshirish borasidagi ishlari hali yetarli darajada emasligi va $$O‘zbekiston XDP Milliy istiqlol mafkurasini, partiya$$ Dasturi va nizomidagi asosiy qoidalarni targ‘ibot-tashviqot qilish ishlari bo‘shashtirib yuborilganligi ta’kidlandi. Bu esa tashkilotlarda partiya saflarining mustahkamlanishi va o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Ijroiya byuro muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi.

Total words

232

Unique words

174

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

5

TTR

0.750

Hapax

144

Distribution

Top frequency chart

Dataset