Tilimizga haq so‘roqqa «ha» degan javob keladi.
- Tog‘larga qor tushdi, yo‘llar berkildi, - deydi $$Shahrisabz dehqon bozori$$ga tog‘li $$Chopiq qishlog‘i$$dan tushib keladiganlardan biri. - Ro'zg‘orga zarur narsalarni olgani kelgandik.
- Qishloqlaringizda do'kon yo‘qmi? - deya suhbatga aralashdik. - Kerakli mahsulot va mollarni yetkazib berishmaydimi?
- Borlikka bor… Yo‘llar- ni qor bosgach, uch-toʻrt oy mashina yurolmaydi. Natijada do‘kondagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishmay qoladi. Qani endi un, yog‘, shakar, sovun kabi narsalarni g‘amlab qo‘yishsa…
Yuksak qoyalarga yondosh $$Chopiq qishlog‘i$$dan tushib kelgan bu kishi dil istagi- ni aytdi qo‘ydi. Negaki, bu tashvish har yili bor. Masalan, o‘tgan yili $$Chungurat qishlog‘i$$ aholisiga sotish uchun ajratilgan mahsulot- larni ortgan yuk mashinasi Beshbek qishlog‘idan nariga o‘tolmadi. Chunki harakat bu- tunlay to‘xtagan paytlar buladi. Ayniqsa, «Oqdaryo» va «Hisor» jamoa shirkat xoʻjaliklari qamrovidagi $$Chakki$$, $$G‘elon$$, $$Ko‘l$$, $$Xummon$$,$$[ Axmati]$$, $$Sho‘ri$$[Hasan] kabi 27 ta tog‘ qishlog‘i aholisi qish davrida qiynalishi rost. Sharoitni hisobga olib, aholiga kerakli mahsulotlarni doʻkonlarga oldindan yetkazib bersa bo‘lmaydimi?
Bo‘ladi, Miroqi ochiq savdo hissadorlik jamiyati xodimlarining hisob kitobi bo‘yicha ana shu tog‘ qishloqlari aholisi uchun qish davrida 1061 tonna un, 15 tonna choy, 68 tonna tuz, 25 tonna yog‘, 75 ming dona sovun va boshqa zarur tovarlar yөtkazib berilishi lozim. Buning uchun kamida 98 million soʻm mablag‘ zarur. Kichik savdo tashkilotining bunga imkoniyati yo‘q. Ta’minot idoralari hisoblangan $$«Shahrisabz» ochiq don hissadorlik jamiyati$$, $$Koson yog‘-ekstratsiya korxonasi$$, $$Qarshi baqqollik idorasi$$, $$«Qarshituz» tashkiloti$$ oldindan to‘liq pul o‘tkazmasdan turib, mahsulotlarni berishga unamayapti.
Bu chindan ham jiddiy muammo, - deydi $$Shahrisabz tuman$$ (hozir Shahrisabz shahri ham qo‘shilgan) hokimi, $$O‘zbekiston Respublikasi$$ $$Oliy Majlisi$$ deputati [Shuhrat Allanazarov]. - Uni amalda hal qilish uchun viloyat hokimligiga murojaat qildik. Hozir hamma choralarni ko‘rish- ga harakat qilayapmiz.
Ha, tog‘lardagi qishloqlar aholisiga xizmat ko‘rsatishi kerak bo‘lgan Miroqi savdo tashkilotining birdaniga 90 million so‘mga yaqin mablag‘ topishga, yana bankka 20 million so‘mdan ortiq oshiq ustama to‘lashga qurbi yetmaydi. Ta’minotchi tashkilotlar qarzga mahsulot bermaydi. Bunday sharoiti og‘ir qishloqlar birgina $$Shahrisabz tumani$$da emas, $$Kitob$$, $$Dehqonobod$$, $$Yakkabog‘$$, $$Chiroqchi tuman$$larida ham anchagina.
Kiyiklar o‘tadigan so‘qmoqlar orqali boriladigan tog‘ qishloqlari ota bobolarimiz yoqib ketgan chiroq, Ular o‘chmasligi kerak, o‘chmaydi ham. Prezidentimiz $$Qashqadaryo viloyati$$da ishlagan kezlarida yuksak cho‘qqilarga yondosh bunday tog‘ qishloqlariga shaxsan tashrif buyurganlar. Natijada ularning sharoitini yaxshilash choralari koʻrilgan. Oldingi yili hukumati- mizning alohida qarori chiqib, $$Qashqadaryo viloyati$$dagi o‘nga yaqin tog‘ qishloqlariga elektr uzatgichlari o‘rnatildi. Kitob tumanidagi ayrim tog‘ qishloqlardagi aholi televideniye koʻrsatuvlaridan bahramand bo‘lishmoqda. Ammo, fikrimizcha, tog‘lar bag‘rida qaror topgan qishloqlarni iqtisodiy, madaniy-maishiy jihatdan yanada ri-vojlantirish, mehnat va iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanishning alohida dasturi zarur. Olaylik, o‘sha $$«Hisor» va «Oqdaryo» xo‘jaliklari$$da meva, sabzavot, kartoshka yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirishning katta imkoniyatlaridan yetarli foydalanilmay kelinmoqda. Endi-endi adirlarga suv chiqarish, foydalanilmay yotgan yerlarni o‘zlashtirish boshlandi. Don yetishtirishni ko‘paytirish, mahsulotlarni o‘zlarida qayta ishlaydigan kichik korxonalar barpo etishga yetarli e’tibor berilmayapti.
Viloyatdagi, jumladan, $$Shahrisabz tumani$$dagi murakkab sharoitdagi tog‘ qishloqlari aholisini muntazam (yoki bir yo‘la) oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, kerakli mablag‘ni ajratish masalasiga kelsak, u hal bo‘lishi lozim. Ta’minotchi tashkilotlar bu muhim ishga bosh qo‘- shishlari kerak. «Savdogar- bank»ning viloyat va tumanlardagi bo‘limlari olgan va olayotgan foydalari hisobidan bir qism mablag‘ni ajratsalar, hech qanday zarar ko‘rmaydilar. Yurtboshimizning «Banklar hamkor bo‘lishlari kerak» degan da’vatlari ular uchun asosiy dastur bulishi lozim. Va viloyat hokimligi bu masalani ijobiy hal qilishga qurbi yetadi.
Total words
511
Unique words
395
Annotated anthroponyms
3
Toponyms
26
TTR
0.773
Hapax
320
Distribution
Top frequency chart
Dataset