O’tgan oyda qizimizga, nevaralarimizga oyoq kiyim izlab bormagan magazinimiz qolmadi. Biroq topolmadik. Qaysi do’konga kirsak: -Opa, yaxshisi bozorga boring, yaxshimi -yomonmi bozordan topib olasiz, -deyishdi.
Maslahat to’g’ri-ya. Biroq bozorda poyabzal sotayotgan bir kishidan qizimizga etik, nevaramizga botinka sotib olgan edik. Bir hafta kiymasdan poshnasi sindi. Tagi karton qog’oz ekan. Ta’mirlash uchun ustaxonaga bordik. Usta bizda elim, charm. Mix yo’q. Boshqa ustalarga borib ko’ring, dedi. Ikkinchi ustaxonaga borsak, u ham oyoq kiyimlarni ta’mirlash uchun materiallar yo’qligini aytdi.
Bozorlarda sotayotgan oyoq kiyimlarning na yorlig’I, na yozuvi bor? Qaerda ishlab chiqarilgan, qaysi fabrikada, qaysi hissadorlik jamiyatida tikilganini bilolmaysiz. Noiloj sotib olishga majbursiz. Bozorda sotilayotgamn mollarning sifatiga kim e’tibor beradi? Kim nazorat qiladi? Axir bozorlarda tovlamachi tijoratchilar, savdogarlar barchamizni aldab, qo’ldan, ketguncha qabilida harakat qilaversa oxir -oqibat nima bo’ladi?! Bozorlarga qancha erkinlik berilsa -da sotayotgan buyumlarning sifati e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Chunki hozir bozorda savdo qilayotganlarning kopchligi xalq manfaati uchun emas, o’zlarining shaxsiy manfaatini ustun qo’yib ishlamoqdalar. Ular poklik, halollik haqida qayg’urmayaptilar. Bizningcha, respublikadagi mutassaddi tashkilotlar bu haqda jiddiy o’ylab ko’rishsa, tegishli xulosalar chiqarib, bozorlarda sotilayotgan mollarning sifatini ko’zdan o’tkazganlarida edi, kimlarning qanday mol keltirib sotayotganini, kimlar qanday mahsulatlar ishlab chiqarayotganligi aniq -ravshan bo’lardi qo’yardi.
Article
Kiymasdan Ta’mirlashga Shoshilasan…
Total words
191
Unique words
168
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
0
TTR
0.880
Hapax
151
Distribution
Top frequency chart
Dataset