$$O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi$$ ettinchi sessiyasi, deyiladi Kotibiyatning mazkur masalaga doir qarorida, tub islohotlar yo’lidan qat’iy borayotgan mustaqil mamlakatimiz yangi tarixidan munosib o’rin egallaydi. Unda qabul qilingan qonun va qarorlarning nafaqat hozirgi bosqichi, balki, uzoq muddatli istiqbollariga ham xizmat qilishi, shubhasizdir.
$$O’zbekiston Prezidenti$$ [I. A. Karimov] sessiya va respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan diplomatiya korpusi rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda so’zlagan nutqlarida davlatimiz ichki va tashqi siyosatini amalga oshirish yo’lida otrda qolgan yildagi sa’y -harakatlarning samarasini, iqtisodiyotimizda, haqiqatan ham, tub burulish sodir bo’layotganligini ishonchli dalillar bilan ko’rsatdi, mavjud kamchilik va muammolar xususida ro’y – rost gapirdi, mamlakatimiz barcha fuqorolari diqqatini 1997 yilning asosiy vazifalariga qaratdi.
MK Kotibiyati parlamentimiz qabul qilgan <<Siyosiy partiyalar to’g’risida>> -gi, <<Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ozbudsmen) to’g’risida>>gi , <<Advokatura to’g’risida>> gi, ,<<Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida>> gi,<<Jurnalistning kasbiga doir faoliyatini himoya qilish to’g’risida>> gi va boshqa muhim qonunlar O’zbekistonning chindan ham demokratik huquqiy davlat, insonparvarlik, fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidan qat’iy borayotganligidan dalolat berishini ta’kidlab o’tdi. Zero, ular $$O’zbekiston Konstitutsiyasi$$ning insin huquqi va erkinliklari to’g’risidagi qoidalarni hayotga tatbiq etishning murvatlarini yaratish ishiga xizmat qiladi. Joriy yilning mamlakatimizda inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinishi ham shu o’zanlarda quyilayotgan jiddiy qadandir.
Kotibiyat sessiyaning tashkiliy -siyosiy jihatdan yuksak darajada, ishchanlik, ahillik, o’zaro ishonch ruhida o’tishiga $$Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi$$dan saylangan deputatlar fraksiyasi, uning a,zolari munosib ulush qo’shganliklarini qayd etdi. Darhaqiqat, ko’pgina vakillarimiz parlament navbatdagi sessiyasini tayorlashda bevosita ishtirok etish bilan birga, uning kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasida ham qatnashdilar. Chunonchi, Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida birinchi o’qishda ma’qullangan <<Siyosiy partiyalar to’g’risida>> gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, umumxalq muhokamasini uyushtirish va uning parlament ettinchi sessiyasida uzil-kesil qabul qilinishida partiyamiz tashkilotlari, deputatlar fraksiyadi a’zolari katta faollik ko’rsatdilar.
$$O’zbekiston XDP Markaziy Kengashi Kotibiyati$$ yuqorida zikr etilganlaridan kelib chiqib, Oliy Majlis ettinchi sessiyasida shuninigdek, yurtboshimizning nutqlarida bayon etilgan qoida va vazifalarni yaxshi bilish, ularga to’liq rioya qilish butun jamiyat, jumladan, partiyamiz faoliyati uchun katta ahamiyatga egadir, degan xulosaga keldi. Shu munosabat bilan $$Qoraqalpog’iston Respublika$$, viloyatlar va $$Toshkent Shahar$$ partiya kengashlariga ettinchi sessiya hujjatlari, davlatimiz rahbarining mazkur anjumanda hamda mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan diplomatiya korpusi rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan uchrashuvda so’zlagan nutqlari mazmun -mohiyatini barcha boshlang’ich partiya tashkilotlarida o’rganib chiqishni uyushtirishni tavsiya etdi. Ayna paytda, ular zimmasiga ushbu hujjatlar ahamiyatini aholi turli tabaqalari o’rtasida keng targ’ib qilishda mahalliy hokimiyat idoralari, korxona va xo’jaliklar ma’muriyatlari, jamoat tashkilotlariga faol ko’maklashish vazifasi ham yuklatildi.
Article
O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkilotlarining Respublika Oliy Majlisi ettinchi sessiyasi hujjatlari, O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning ushbu sessiyada va diplomatiya korpusi rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan uchrashuvda (1996 yil 27 dekabrda ) so’zlagan nutqlari mazmun -mohiyatini o’rganib chiqish hamda aholi o’rtasida targ’ib qilishni uyushtirishga doir vazifalari to’g’risida
Total words
392
Unique words
304
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
7
TTR
0.776
Hapax
248
Distribution
Top frequency chart
Dataset