🔍

Article

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzirida O’zbekiston Qishloq Xo’jaligi ilmiy -ishlab Chiqarish markazini Tashkil Etish To’g’risida

By O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov. • in 1997

Qishloq xo’jaligi fanining ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash, bozor iqtisodiga o’tish sharoitlarida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishda ilmiy muassasalarning roli va mas’uliyatini kuchaytirish, Respublika agrosanoat majmuidagi islohotlarni jadallashtirish maqsadida:
1. $$O’zbekiston Qishloq xo’jaligi fanlari akedemiyasi$$ umumiy yig’ilishining uni $$O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi$$ huzuridagi $$O’zbekiston Qishloq xo’jaligi ilmiy -ishlab chiqarish markazi$$ga aylantirish to’g’risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qo’yilsinki, $$O’zbekiston Qishloq xo’jaligi ilmiy -ishlab chiqarish markazi$$:
Ilmiy -tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, ilmiy -ishlab chiqarish birlashmalari va qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan boshqa ilmiy hamda ilmiy -yordamchi tashkilotlar birlashmasi;
qaysi idoraga qarashligidan qat’I nazar, agrosanoat majmui sohasida Respublika ilmiy muassasalari va oliy o’quv yurtlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchiorgan;
majburiyatlari bo’yicha $$O’zbekiston Qishloq xo’jaligi fanlari akedemiyasi$$ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
2. Belgilab qo’yilsinki, $$O’zbekiston Qishloq xo’jaligi ilmiy -ishlab chiqarish markazi$$ o’z ishini O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi va boshqa vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda, markazning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini eng avvalo qoshloq xo’jaligi tarmoqlari majmuini chuqur o’rganishga va uni kelajakda rivojlantirishning prinsipial yo’nalishlarini ishlab chiqishga, shuningdek, qishloq xo’jaligi Tovar ishlab chiqaruvchilarining aniq amaliy vazifalarini hal etishga yo’niltirgan holda quradi.
3. Quyidagilar $$O’zbekiston Qishloq xo’jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi$$ning asosiy vazifalari hisoblansin:
Vatanimiz va jahon ilm -fani va amaliyotining eng yaxshi yutuqlaridan to’laroq foydalanishni hisobga olgan holda Respublika egrodsanoat majmuining eng muhim muammolari bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, Ularning natijallarini qoshloq xo’jaligining samaradorligini yanada oshirish maqsadida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish;
Sug’orilaladigan va lalmi erlarning umumdorligini hamda samaradorligini oshirishning ilmiy -uslubiy asoslarini ishlab chiqish, qishloq xo’jaligi ekinlariga ishlov berishning, er va suv resurslaridan oqilona foydalanishning tejovchi texnologiyalarini joriy etish;
Seleksiya va urug’chilik, naslchilik ishi sohasidagi tadqoqotlarni kengaytirish, seleksiyasiga oid yutuqlarni sinab ko’rish va muhofaza qilish;
Ilmiy tadqoqotlar sohasida shartnoma munosabatlarini rivojlantirish, tugallangan ishlanmalarni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga joriy qilish uchun ilmiy xodimlar va mutaxassislarning manfaatdorligini hamda mas’uliyatini rag’batlantiruvchi chora -tadvirlarni ishlab chiqish;
qishloq va suv xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yuqori samarali, ijtimoiy yo’naltirilgan ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, xo’jalik ichidagi munosabatlar mexanizmini takomillashtirish, qishloqda xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni shakllantirish muammolarini hal etish yo’llarini ishlab chiqish;
yuqori unum bilan ishlaydigan, mustahkam va tejamkor qishloq xo’jaligi mashinalari va mexanixmlarining yangi turlarini yaratish va joriy etish;
eskidan sug’orib kelinayotgan erlarning meliorative holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi erlarni o’zlashtirish, sug’orishning ilg’or usullarini va suvni tejovchi texnoliyalarni joriy etish;
qishloq xo’jaligini tashkil etish va yuritishning jahon ilg’or tajribasini o’rganish va ijodiy qo’llash, xalqaro va xorijdagi etakchi ilmiy -tadqiqiot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Respublika va xorijda qishloq va suv xo’jaligi rahbarlari va mutaxassislarini qatya tayorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etishda qatnashish.
4. Ilmiy -tadqoqot tashkilotlarining qishloq xo’jaligi tavar ishlab chiqaruvchilari bilan aloqalarini mustahkamlash va ilmiy -texnik ishlanmalarni hayotga samarali joriy etish maqsadida $$Qoraqalpog’iston Respublikasi$$da va viloyatlarda $$O’zbekiston Qishloq xo’jaligi ilmiy -ishlab chiqarish markazi$$ning bo’limlari tuzilsin.
5. Sobiq $$O’zbekiston Qishloq xo’jaligi fanlari akademiyasi$$ning haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining amaldagi barcha intiyozlari, shu jumladan, gonorarlari saqlab qolinsin.
6. $$O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi$$ga akademiya tarkibida qishloq xo’jaligi fanlari bo’limini tashkil etish tavsiya etilsin.
7. $$O’zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ning 1991 yil 11iyundagi 218 -son farmoni o’z kuchini yuqotgan, deb hisoblansin.
8. $$Vazirlar Mahkamasi$$ ikki hafta muddatda $$O’zbekiston Qishloq xo’jaligi ilmiy -ishlab chiqarish markazi$$ faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qaror qabul qilsin.

Total words

531

Unique words

316

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

14

TTR

0.595

Hapax

257

Distribution

Top frequency chart

Dataset