🔍

Article

Jahongir Qo’shig’i

By O’tamurod Nurmuhamedov, Filologiya fanlari nomzodi, … • in 1997

Monolog Sahibkirana
Har bir ijodkor, u jurnalistmi, tadqiqotchimi o’tmish manbalarini, o’z zamondoshlarining ijodiy faoliyatlarini chuqur o’zlashtirib, o’rinli foydalana olgandagina davr talabiga javob beradigan darajadagi ijodkor hisoblanadi, Shu nuqtai nazardan qaraganda , Yusuf Berdievni o’zbek jurnalistikasiga o’zining reportaj, lavha, publisistik maqolalari, ocherklari bilan ozmi- ko’pmi hissa qo’shib kelayotgan journalist, deb bilardim. Yaqinda uning <<[Jahongir] qo’shig’i>>- <<Monolog sahibkirana>>, degan she’rlar to’plami qo’limga tushib qoldi. [Yusuf]ning she’r yozishini bilmasdim.
[Y. Berdiev]ning she’rlarini diqqat bilan o’qib vhiqdim. Darhaqiqat, journalist- shoirning she’riy ilhomi Istiqlol bilan, [Amir Temur]ning qutlug’ nomi oqlanishi bilan jo’shdi, yuradigan pinhon dardi otilib chiqdi:
[ Shukur], Sizni yurt bag’rida Ko’rish elga Nasib bo’ldi. Yurtboshimiz jasorati Bosh bog’inga xos ish bo’ldi.
Vatanni, millatini ozod yurtida, xalq ruhida shakllanayotgan ishonch, istiqlol iftixorini kuylashga intiladi. Shoirning to’plamdagi she’rlarida saminiyat bor. Buyuk bobokalonimiz Amir [Temur]ning dono o’gitlarini nazmga solidi, o’zicha sayqal beradi, fikr yuritadi.
Xullas, [Y. Berdiev]ning <<[Jahongir] qo’shig’i>>- <<Monolog sahibqirana >> kitobini o’qir ekansiz, ko’z oldingizda ajdodlar tarixi, etnografiyasi, Turon va Turk eli haqidagi fikringizga fikr qo’shiladi, buyuk bobomiz [Amir Temur]ga ixlosimiz ortadi Bu, albatta shoirning mehnati samarasidir.

Total words

170

Unique words

149

Annotated anthroponyms

9

Toponyms

0

TTR

0.876

Hapax

133

Distribution

Top frequency chart

Dataset