🔍

Article

Non O’rniga Un Olib Qaytdim

By Gulnora Jovlieva, uy bekasi, Toshkent … • in 1997

Dasturxon ko’rki non. Bayram dasturxonida hamma narsa bo’la turib, noning kam bo’lishi yaxshi emas, degan xayolda ukamni bozorchaga yubordim.
-Qo’ylikning 5 -6 dahalaridagi ($$Sergili tumani$$ga qarashli) kichik bozorlarda va oziq -ovqat do’konlarida non yo’q, deb qaytdi [G’ulomjon].
Bolaga ish buyur, o’zing orqasidan yugur, degani shu bo’lsa kerak, deb o’zim chiqdim. Haqiqatdan ham shunday. Ammo, $$Qo’yliq -5 dagi bozorcha$$da 30 ga yaqin kattayu kichik non kelishini poylayotgan ekan. Biroz kutdim. Velosipedli bola non olib keldi. Sotuvchi ayol yugirib chiqib nonni oldi. Xaridorlar esa necha pul, deya tarmashdi. Ayol atrofga bir boqib, 25 so’m dedi. Shu -shu bir kun oldin donasi 8 so’m bo’lgan tandir non ko’z o’ngomda daqiqa ham o’tmay 25 so’mdan pullandi.
Soat 6. Do’konlar hali ochiq. Ahvol $$Mirobod tumani$$da yaxshidir, deb $$Qo’yliq -4 dahasi$$dagi do’konga yugurdim. Ammo…
Oldimdan Yoshi 70 lar atrofidagi onaxon chiqib, uch -to’rt nevarasi bilan <<Bozorda non bormi qizim>>, deydi. <<Bir ayol sotdi, donasi 25 so’mdan, u ham qolmadi-ya >>dedim.
-Qanday hazm qilar ekan, noinsoflar, hech bo’lmasa 15 so’mdan sotsa bo’lmaydimi, -deydi o’zini ^^Manzura Ibragimova^^, 41 uy 39 -xonadonda yashayman, degan onaxon. -50 so’m olib chiquvdim- a. Bularning qaysi biri og’zidan topaman, deya nevaralarining yuziga qaradi ^^Manzura aya^^.
Xullas, 31 dekabr kuni aya non olib qaytganmi yo’qmi, bilmadimu, men do’kondan un olib, uyga bordim.
Xo’sh, xususiy non yopuvchilar bayram qilib, tandirlariga olov yoqmabdi. Nega poytaxt aholisini non bilan ta’minlovchi korxonalar shu kuni hamma oziq -ovqat do’konlarida dasturxon ko’rki bo’lgan nonning bisyor bo’lishini o’ylashmadi?

Total words

237

Unique words

185

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

4

TTR

0.781

Hapax

151

Distribution

Top frequency chart

Dataset