🔍

Article

Chuv Tushirish – Gunohi Azim

By Yunus Hidoev, Toshkent shahri. • in 1997

Main text Kunlarning birida ertalab ishga kela turib bir qariya bilan uchrashib qoldim. Otaxon salom -alikni ham nasiya qilib, hasratga tushib ketdi.
-Noinsof odamlar ko’payib ketdi, bolam. Yaqindagina o’g’limga bozordan etik olgan edim. Hali birir qor yoki yomg’ir ko’rmasdan tagi ajrab ketdi, -deydi kuyunib.
-Qarab olmaysizmi, axir otaxon.
-Koshkiydi bozorda rasta bo’lsa. O’nini ko’rib birini olardim. Yaramas sotuvchi joylab qo’ygan ekan. <<Chet elnikidan qolishmaydi.O’zimizning kosiblar tikishgan. Mana qarang, o’lsa netmas, juda pishiq >> deb maqtay ketdi. Men ham etikning ko’rinishiga qarab laqqa tushibman. Ishondimda, bo’tam, ishondim.
-Xafa bo’lmang, bular ish bo’libdi. Endi pishiq bo’lasizda, -deb uni yupatdim.
-Aslida gap faqat shu arzimas etikda emas. Axir ko’z o’ngimizda, odamlardan insof ketyapti. Vaholanki, hammamiz nusulmon bo’lsak. Ertaga barchamizning boradigan joyimiz bittaku. U ham, buyurgan bo’lsa, bir buyra lahat. Shuni o’ylamaganiga ichim achiydi-da.
-Qo’yaverinig, birovni chuv tushiganlar do’zaxning qa’riga tushadi. Bu gap Hadisi sharifda ham bor, -dedimda, u bilan xayrlashib yo’limda davom etdim. Biroq, uzoq o’ylanib qoldim.
Nahotki, pul ketidan shunday sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalar, kosiblar birovni chuv tushurish gunohi azim ekanini o’ylashmasa. Aldam -qaldamlik bilan topilgan pul kimga buyurgan?! Vallomatiga ham buyurmaydi. Darvoqe, qo’l Uchida ish yuritib <<mendan ketguncha, egasiga etguncha>> qabilada mahsulot tayorlayotgan korxona va kosiblar faoliyatini, oldi -sottisini nazorat qiladigan tashkilotlarning vakillari qayoqqa qarashayapti?

Total words

205

Unique words

179

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

0

TTR

0.873

Hapax

160

Distribution

Top frequency chart

Dataset