Bir vaqtlar <<O’qish kitobi-da To’rtko’z itim o’ynaydi, o’ynashmasang qo’ymaydi>> degan misralar bilan boshlanuvchi she’r bo’lardi. Bolalar bu she’rni yoddan o’qib, o’ziga xos zavqlanardilar. Darvoqe, it bolalar uchun katta quvonch. Umuman, inson bilan ilk marta oshnolashgan, turmushimizning o’ziga xos <<a’zosi>> bo’lib ketgan bunday jonivorlar haqida turli hikoyat va rivoyatlar bisyor. Uyimizni qorovullaydi, ovga chiqqanda mushkulimizni oson qiladi, iskashi bilan mol -mulkimizni yo’qolgan narsalarimizni topilishida ko’maklashadi.
Lekin, har qanday yaxshi narsaninig ammosi bo’ladi. Sirasini aytganda, Sharqda itning xizmatidan foydalanish ham azaliy. Lekin, unga sharqona munosabat bo’lgan, Aytaylik, katta bog’lar, qo’rg’onlar, ichki va tashqi hovlilarning sohiblari it ushlashgan. Boisi, kuchuk ham insonga boqimanda Bobolarimiz hikoyasi, buvilarimizning so’zlari, xususan hadisi shariflarda keltirilishicha, bunday jonivorlar bilan muomalada bo’lish nihoyatda ehtiyotkorlikni taqozo etadi. Ya’ni, harom- harishga e’tobor zarurkim, aks holda uyimizfan baraka ko’tarilgusidir.
Fikrimiz, bugungi kunda, ko’p qavatli uylarda yashovchilar o’rtasida itga bo’lgan munosabatni o’zgartirish zarur. Xususan, itlarni o’z holiga qo’yib yubormaslik, hamisha tibbiy ko’rikdan o’tkazib turish, ro’yxatda bi’lishlarini ta’minlash kerak. Bo’lmasa, daydi itlar ko’payib, tinchimiz andak buzilishi hech gapmas. Ruxsatnomasiz qavatli uylarda it boqish bor -yo’g’I 60 so’m jarima to’lash bilan bir yoqli bo’larkan. Uy -joy boshqarmalari, hatto ba’zi bir mahallalarda ham bunday sharoitga ko’nikib kelishmoqda. Qizig’I shundaki, ba’zi kishilarninig o’z itlarini oila <<a’zosi>> sifatida saqlab, kuni kelib, xonalarni kengaytirish yoki yangi maskanga ko’chish chog’ida qo’shimvha joyli bo’lib qolishni mo’ljallashlariga toqat qilib bo’lmaydi. Poytaxtimizda kuchukbozlar klubi bor. Lekin. Bu jamoa kimda qanday zotli it borligi, <<hunari>> nimaligi bilan ko’proq shug’ullanadi, xalos. Qachlgacha o’z qavatimizga chiqish uchun hadiksirab, <<ovozi>> kelmayaptimi, deb yuramiz. Nima bo’lganda ham bunday jonivorning qopishidan, tirnashidan ehtoyot bo’laylik. Kattadir, kichikdir vaqtida emlatilmasa, oqibati fojiali bo’layotgani sir emas. Chunki tibbiy ko’rikdan o’tmagan itning quturgan -quturmaganini kim biladi deysiz?
Total words
274
Unique words
234
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
0
TTR
0.854
Hapax
207
Distribution
Top frequency chart
Dataset