HAR BIRIMIZ yangi 1976 yilga katta maqsadlar, yaxshi orzu-umidlar bilan ilk qadamni qoʻymoqdamiz.
Tomchalardam daryolar hosil boʻlganidek, barcha sovet kishilarning mehnat rejalari, ezgu istak-intilishlari birlashib, xalqimiz amalga oshirayotgan ulugʻvor planlar tarkibiga oldida turgan zoʻr maqsadlar million-million mehnatkashlarining kundalik hayotlariga, talab va ehtiyojlariga hamohang, yaqin. Shuning uchun partiyamizning XXV siyezdi krafasida e’lon qilingan “1976-1980 yillarda SSSR xalqi xoʻjaligini rivojlantirishini asosiy yoʻnalishlari” nomli ulkan loyiha hamma Shahar-u qishloqlarda maroq bilan oʻrganilmoqda. Ishchi-xizmatchilar, dehqon va ziyolilarning muhokamasidan oʻtib, butun xalqimizning dahosi bilan kamolga yetadigan bu loyihа partiya XXV siyezdida oʻninchi besh yillikning direktivalariga aylanadi.
Toʻqqizta besh yillik planni ortigʻi bilan bajargan sovet kishilari shuni yaxshi bilishadiki, bu yil boshlana-yotgan oʻninchi besh yillik ham kechani kecha demay, kunduzni kunduz demay qilinadigan zoʻr mehnatlar tufayli amalga oshadi.
Shuning uchun yangi yil ostonasida turib aytadigan birinchi soʻzimiz, hayotimizning asosiy mazmunini belgilaydigan, tashqi olam bilan birga ichki dunyomizni ham obod qiladigan va kamolga yetkazadigan mehnat haqida boʻladi.
Biz mehnatni “shon-sharaf ishi, vijdon ishi” deb ulugʻlaganimizda, albatta, uning yuksak fazilatlarini nazarda tutamiz. Shu bilan birga, mehnat ham har xil boʻlishini unutmaymiz.
Oddiy bir misol: poyafzal fabrikasining xodimi ‘biz fidokorona mehnat qilib, plandan tashqari muncha ming soʻmlik mahsulot ishlab chiqardik” desa, bizni miqdoriy koʻrsatkichlarning ozigina qanoatlantirmaydi. Biz shu mahsulotning sifati qanaqaligini ham bilgimiz keladi.
San’at asariday yaxshi bichib tikilgan kiyimlar, odamlar qidirib yurib, sotib oladigan buyumlar koʻpayib ketganligini mamnuniyat bilan ta’kidlaymiz. Qoʻli gul chevarlar mahorat bilan yaratgan bunday mahsulotlar haqli ravishda davlat Sifat belgisi olgan,
Bugun biz qadam qoʻyayotgan yangi besh yillik xoʻjalik va madaniy qurilishning keng miqyoslari bilan harakterlanajagi loyihada aniq-ravshan koʻrsatib oʻtilgan. Asosiy diqqat-e’tibor ijtimoiy ishlab chiqarishni har tomonlama intensivlash va uning samaradorligini yanada oshirishga qaratiladi,
Mashinasozlik zavodining ishchilari oʻzlari yasagan har bir «zangori kema»ni avval sexlarining hovlisida yurgizib, sinab koʻradilar. Agar motor tekis gurullab, bekami-koʻst ishlasa, uni sozlagan motorist oʻz ishidan astoydil mamnun boʻladi. Agar rullar, gʻildiraklar, koʻngildagidek aylansa, ularni yasagan va oʻrni oʻrniga qoʻygan odamlarning koʻngli ham joyiga tushadi. Arap shpindellar, nasoslar va paxta teradigan boshqa detalllar a’lo darajada boʻlsa, ularni yaratgan odamlarning qalbida ham shuning quvonchi, zavqi albatta baland boʻladi.
Biz mehnat zavqi toʻgʻrisida gapiramiz. Oʻylab qarasangiz, mehnat zavqi hamisha mehnatning yuksak sifatidan kelib chiqadi. Sifatli mehnat esa, odamdan malaka va mahorat talab qiladi. Mehnatkash bu talabga javob bergani sari uning tajribasi oshib boradi, bor qobiliyati yuzaga chiqadi, qilayotgan ishiga qiziqishi ortadi. Mana shu tarzda, sifatli mehnat odamning oʻzini ham oʻstiradi, uning ichki dunyosini boyitadi, hayotini zavqli qiladi. Biz mehnat odaminig asosiy ehtiyojiga aylanishini istaymiz. Chunki odam sevgan ishnini qilmasdan turolmaydigan boʻlib qoladi.
Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarayotgan va buni oʻzi ham sezib turgan odamning qalbida qanaqa zavq, qanaqa quvonch boʻlishi mumkin? Bunday suymagan ishini tezroq bitirib, uning azobidan tezroq qutilishni oʻylaydi. Sifatsiz mehnat qiladigan odamning ishga qoʻli bormaydi. Shuning uchun dangasalik, yalqovlik doim sifatsiz ish bilan qoʻl ushlashib yuradi.
Paxtakor yil boʻyi sifatli mexnat qilsa, kuzga borib dalasida hosil tiralib qoladi. Uni ilgʻor texnika yordamida tez va soz yigʻishtirib olsa, paxtakorlarning plani ham toʻladi, oʻz ishidan koʻngli ham oʻsadi, el-yurtidan olqish olib, hayotining qadr-qimmati ham oshadi.
Sifatli ish paytida boʻladigan ilhom va gʻayrat- halol mehnat qiladigan hamma odamlarga tanish tuygʻulardir.
Ixtirochi olim uzoq izlanishlar natijasida bironta katta kashfiyot qilsa, insonning ogʻir mehnatini yengillatadigan mashina yoki asbob-uskuna oʻylab topsa, bu ishni oxiriga yetkazish uchun tunlarni ham bedor oʻtqazib mehnat qiladi. Olim oʻzining yot qilayotganiga ishongani sari, uning ilxomi, gʻayrati oshadi, butun qobiliyati, aql-zakovati ishga tushadi. Shuning natijasi boʻlib maydonga kelgan ixtiro va kashfiyotlar - chigitning yangi topilgan navlari yoki qizilqumda kashf qilingan yangi konlar -ixtirochilarning oʻziga qanchalik quvonch, qanchalik mamnuniyat, zavq berishini tasavvur qiling. Aslida bu ham oʻsha biz aytgan - mehnat zavqi va uning yuksak sifatidan kelib chiqqan mamnuniyat emasmi?
Xullas, yuksak sifatli mehnat mahsulining birinchi zavqi va quvonchini shu mahsulotni ishlab chiqarayotgan odamning oʻzi his qiladi. Keyin yuksak sifatli mahsulot el-yurtni mamnun qilsa, undan minglab odamlar manfa’at koʻrsa, dastlabki zavq va quvonch ham minglab martaga koʻpayadi. Bu esa sifatli mehnat qilgan odamning oʻz ijodiy ishiga ragʻbatini oshiradi, ilhomiga ilhom, gayratiga gayrat qoʻshadi.
Ijodiy mehnat doim izlanishni, hali ochilmagan yangi imkoniyatlarni ochishni, saviya va mahoratning yuksalib borishini talab qiladi. Mana shuning hammasiga erishgan odamning ishi ham sifatli, ham unumli va barakali boʻladi.
$$Partiyamiz Markaziy Komitetining Bosh sekretari$$ Oʻrtoq [Leonid Ilich Brejnev] oʻtgan besh yillikka yuksak baho berib aytdiki, toʻqqizinchi besh yillik hamma besh yilliklar orasida eng mazmundor, eng yaxshisi boʻldi. Sovet kishilarida shunday yaxshi an’ana bor: ular yangi parvozga shaylanish oldida amalga oshirgan ishlarini chamalab koʻrib, kelgusi rejalarini belgilab olishadi. Bu rejalar miqyosi, koʻlami jihatidan oldingilaridan zalvorliroq, yanada ulugʻvor boʻladi. Uninchi besh yillik samaradorlik besh yilligi, xalq farovonligini yanada oshirish yoʻlida sifat besh yilligi boʻladi degan shior bugungi kunda hammamizning va har birimizning jangovar shiorimizga aylangan.
Yangi besh yilligimizni samaradorlik va sifat besh yilligi deyapmiz. Bu nima degani? Bu har bir sovet kishisi, har bir mehnat kollektiv kamroq chiqim qilib, eng yuksak natijaga erishish uchun qunt bilan kurashsin degani, har birimiz oʻz sohamizda koʻp va xoʻb ishlashimiz kerak degani.
Bugun bizning oldimizda turgan ulkan rejalar va ulugʻ maqsadlar hammamizdan yuksak saviya, teran bilim va katta mahoratni, chashmadek ilhom va bitmas-tuganmas kuch-gʻayratni talab qiladi. Sifat zavqidan hech kim bebahra qolmasin bugungi shior ana shu!
Uninchi besh yillik mamlakatimizda kommunistik jamiyat qurishda yangi bosqich boʻlib qolishi, $$Sovet Ittifoqi$$ning iqtisodiy kuch-qudratini yanada mustahkamlashi, xalq farovonligini tagʻin ham yuksaltirishi lozim degan har bir mehnatkash oʻzining ilhom va gʻayratini, mehnat shavqi va sifat zavqini umum ishiga - Uninchi besh yillikning ulkan vazifalariga safarbar etishi kerak. Poydevori toʻqqizinchi besh yillikda qoʻyilgan yirik inshootlar qurilishlari Yangi besh yillikda ham qizgʻin davom etadi. Korxonalar quvvati yanada oshadi, yangi-yangi kanallar qaziladi, mamlakatimizda yettinchi yer osti yoʻli $$Toshkent metrosi$$ning birinchi navbati ishga tushadi.
Suratlarda: (chapdan) 1. $$Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi$$da oʻtgan besh yillikda qurib ishga tushirilgan yangi texnologiya korpusk. 2. $$Toshkent metrosi$$ qurilishining ilgʻor betongchisi [Eshmat]. [Tursunov]. 3. $$Amu-Buxoro magistral kanali$$ qurilishi uchun ishlab chiqarilayotgan maxsus qurilmalardan biri.
Total words
952
Unique words
620
Annotated anthroponyms
3
Toponyms
6
TTR
0.651
Hapax
495
Distribution
Top frequency chart
Dataset