🔍

Article

Dehqon G’irromlikni Yoqtirmaydi

By Islom Hamro, <<O’zbekiston ovozi>> maxsus … • in 1997

Yaqinda qishloqqa borgan edim. Kechki payt qo’shnilardan biri so’rab chiqdi: salom -alik, uzoq hol -ahvol so’rashidan keyin maqsadga ko’chdi.
-Shu, bizni katta o’g’ilchani ham o’zingiz bilan shaharga olib ketsangiz, degandim.
-Ha, o’qishga kirmoqchimi?- so’radim hayron bo’lib. Chunki dekabr oyida hech qayerda o’qishga qabul bo’lmasligi ayon.
-Yo’q. Biror zavod -pavodga ishga kirishida yordam berasizmi, deb o’ylovdim…
Qo’shni kelgunga qadar yangam ham akasining o’g’liga shahardan ish topib berishini iltimis qilgan edi. <<Nima qishloqdan ilon chiqqanmi?>> dilimdagi savol tilimga qanday chiqib ketganini bilmay qoldim.
-Shu endi chaynaldi qo’shni. -Qishloq -ku, yaxshi- ya, lekin dehqonga haq yo’q- da. Ish haqimizni olti oyda bir olmasak. Narx -navo degani bunday o’sib turibdi. Haliyam peshonamizda uch -to’rt mol, tovuq -povuq bor. Xudoga shukr, qo’shimcha tomorqa berishgan. Bir ikki yildan beri g’alla o’zimizdan chiqadi. Sut -qatiq deganini sotib olmaymiz. Lekin… Shu…Pul ham kerak -da. Kiyim – kechak deganday. Shunga ukangiz ham shaharda ishlasa, degandimda…
Qo’shnining uzuq -yuluq gaplaridan angladimki, jamoa xo’jaligida ishalyotgan dehqon o’z mehnat haqini vaqtida ololmaydi. Bu respublikamizdagi ko
Pgina jamoa va davlat xo’jaliklarga xos kasallik. Dehqonni ishlatishni bilishadi, haq to’lashga kelganda bor otangga, bor onangga . Kasbim taqozosiga ko’ra juda ko’p viloyatlarda, qishloqlarda bo’lganman. Ko’plab dehqonlar bilan muloqot qilganman va ularninig aksariyati mehnat haqlarini o’z vaqtida ololmayotganliklari xususida arz -dod qilishgan. Bu masalaga yurtboshimiz Buxoro viloyati Kengashi sessiyasida so’zlagan nutqlarida ham jiddiy yondashdilar. Dehqon mehnatiga bo’layotgan e’tiborsizlik, ularninig aybdorlari xususida Keskin fikr bildirdilar.
To’g’ri -da dasturxonimizning to’kinligi, turmushimizning farovonligi dehqon, uning peshona teri evaziga bo’lsa -yu, u bechora o’z mehnat haqini ololmasa. Bu qaysi qonunga, qaysi haqiqatga to’g’ri keladi? Jamoa (davlat) xo’jaligi boshqaruv apparatida ishlayotgan rahbarlar esa maosh olishni unutib qo’ymaydilar. Dehqonnikini berishga kelganda…
Shu erda mavzuda ozgina chekinish qilsakda, o’rtaga bir taklif tashlasak: 1996 yil mamlakatimiz iqtisodiy tarixiga katta harflar bilan yoziladigan yuksalish yili bo’ldi. Buni tan olish kerak. Respublika hukumati rahbariyati tomonidan har bir qator inson omilini ulug’lovchi farmon, qaror va qonunlar qabul qilindiki, bu mustaqil davlatimiz fuqarolarining olqishiga sazovor bo’ldi. Ayniqsa, aholining 1991 yilgacha omonat kassalarga qo’ygan pullarining indeksasiya qilinishi ayni muddao bo’ldi.
Endi taklifga kelsak. Davlat o’z fuqarolari jamg’arma banklariga qo’ygan pulini kuydirmadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitini hisobga olib, qo’shimcha foizlar bilan qaytardi. Shunday ekan, nega endi jamoa (davlat) xo’jaliklari shunday qilmasliklari kerak. Mana oddiygina misol. 1996 yilning boshlarida 1 kg go’sht bozorda 35 -40 so’m edi. Bugun 150 -180 so’m. Agar dehqon yil boshidan o’zining 300 -400 so’m mehnat haqini olganda bola -chaqasiga kamida 10 kg go’sht edirishi mumkin edi. Bugungi narxga esa u o’sha pulga bor -yo’g’I 2 kg go’sht oladi.
Jumladan, boshqa oziq -ovqat mahsulatlari -yu, kiyim -kechak, sanoat mollaari narxi ham bir qadar oshdi. Demak dehqoning jamoa (davlat) xo’jaligidan oladigan, olishi kerak bo’lgan mablag’ini ham xo’jalik indeksasiya qilib berishi kerak. Chunki bozor iqtisodiyoti o’ziga xos shafqatsiz qonunlari bor. Bu qonunlardan rahbar ham, ishchi, ham, dehqon ham bekinib qololmaydi. Qochib qutulolmaydi. Shunday ekan, jamoa (davlat) xo’jaliklari dehqon uchun Mirzakarimboy emas, elkadosh do’st, ko’makdosh bo’lishi lozim nazarimda.
Qishloqdan qaytishda bir necha rahbarlar bilan yo’ldosh bo’lib qoldik. Uzoq yo’lni yaxshi suhbat yaqin qiladi deyishadi. Gurungimiz rosa qizidi. Mavzuni qishloq va undan ketib qolayotgan yoshlarga burdim. Shunda men duppa -durust odam hosoblab yuradigan rahbarlardan biri qiziq gap qolib qoldi:
-O’zi hozirgi dehqonlar dangasa bo’lib ketishgan. Yoshlarga esa ish yoqmaydi.
NEGA? Ushbu savol xayollarimni chaqmoqdek tilib o’tdi.Yo’ldoshlardan jo’yaliroq javob chiqmagach, yana o’zimcha mulohaza qildim. Sinfdoshim -jamoa xo’jaligida ketmon chopayotgan [Shavkat]ning kechagi so’zlari qilog’im ostida jaranglagandek bo’ldi.
-Jo’ra, -degandi [Shavkat],- ishdan qochadigan nomard yo’q. Mana, ketmonninig ko’zini biz o’yamiz. Lekin davlat ham ( buni qarangi jamoa (davlat) xo’jaliklarining aybini oddiy dehqon davaltdan ko’radi) girromlik qilmasinda. Odam nima uchun mehnat qiladi? Albatta huzurini ko’rish uchun. Shunday ekan, bir yil ishlab uch marta maosh olgandan ko’ra, boshqa ishning etagini tutgan yaxshi emasmi? Haliyam bizning rais insofli. Mehnat haqqimizga onda -sonda bo’lsada bug’doy, paxta yog’iga o’xshash zarur narsalar berib turadi. Lekin bu yordam bilan oila tebratib bo’lmaydi -da, jo’ra. Agar dehqonga tanti bo’lsang , u hech qachon g’irromlik qilmaydi. G’irromlik qilsang…
Darhaqiqat, [Shavkat] isbot talab qilmaydigan va inkor etib bo’lmas haqiqatni aytgan ekan. Peshona teri bilan hosil etishtirib, yil o’n ikki oy dalasidan beri kelmaydigan, kerak bo’lsa dalasini o’z farzandidan ham yaxshi ko’radigan O’ZBEKNING TANTI, ZAHMATKASH, DEHQONI G’IRROMLIKni bilmaydi. Inchunun, unga nisbatan qilingan G’IRROMlikka ham befarq bo’lolmaydi. Mana sizga oddiy odamlarning oddit haqiqati. Siz avval dehqonning ko’nglini toping, so’ng mehnat qilganiga yarasha rag’bat ko’rsin. Ana shunda dangasalik qilsa o’pkalang.
Endi qoshloq ahlining dangasalikda ayblanishiga kelsak. Bir so’zni og’iz to’ldirib aytishim mumkin. Kim -kim, lekin O’ZBEKNING DEHQONINI DANGASA DEB BO’LMAYDI. U toshdan gul undirgan, cho’ldan bog’ barpo qilgan HAZRATI INSONning eng SOFDIL FAEZANDIDIR!
Faqat…
Keling ana shu <<faqat>> haqida keying maqolamizda fikrlashaylik. Chunki bu mavzuda bir maqola yoki biro damning mulohazalari bilan nuqta qo’yib bo’lmaydi. Balki ana shu kichik maqolamiz katta bahsga aylanib ketar. Siz ham, aziz mushtariy, bahsimizda qatnasharsiz. Zero haqiqat bahslarda tug’iladi, degan purma’nonaql ham bejiz aytilmagan.

Total words

788

Unique words

581

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

0

TTR

0.737

Hapax

477

Distribution

Top frequency chart

Dataset