🔍

Article

Bir Xokisor, Bir dilbar Ayol

By Qanoat Boyxon qizi. • in 1997

Main text Darvoza oldidagi ayolni ko’rib avvaliga ko’nglim xijil tortdi. Sezdirmadim. Nima bo’lganda ham u -mehmon. Darrov dasturxon tuzadim. O’tiribmiz. Hadeganda gapimiz qovushavermadi. O’tiribmizu kimdir bizni kuzatayotgandek.
<<undan uzoqroq yuring. Shaharda yurib bilmaysiz, u yomon bo’lib ketgan>>. Biz daryoning ikki tarafidamiz.o’oirilib -o’pirilib tushayotgan qirg’og’dan seskanib o’zimizni yanayam chrtga tortamiz. Oradagi suv tag’inam loyqalanib shovullaydi go’yo.
-opa, maylimi bir narsa so’rasam? O’ylamay aytgan bu gapimdan allenechuk bo’;lib ketdim. Bandasi kimki, bandasidan so’rasa.
Menmonim xuddi fikrimni uqqanday, beg’araz, ham biroz siniq tabassum qildi.
-Sorang, har qalay g’iybatlarga ishonmabsizki, yuzimga aytmoqchisiz. Ko’p bo’ldi, men ham kim bilandir hasratlashgim, dilimni yorgim keladi. Shu vaqtgacha nuqul o’zingizni mendan olib qochdingiz.
Boshim egildi. To’g’ri -da Har gal qishloqqa borganimda qarindoshlarimdan ham ilgari u yugurib chiqar, menga ilinib yopgan yo somsa yo patiri hech esidan chiqmasdi. Unutmay bir gal tug’ilgan kunimda ukamdan ko’ylak tikib berib yuboribdi. Antiqa matodan. Beparvogina oldim qo’limga. Hay, mayli. Qo’shnim suyunib kiyadi. O’shanda to’rt bolasi bilan mehmonni kuzatib darvozani qulflab olish menga qoldi. Ikki hovli naridagi qo’shnim eri bilan to’ydan qaytishayotgan ekan. G’alati qarash qilib o’tib ketishdi.
Shu voqea sabab bo’ldimi, keyinchalik ayollar o’zlarini mendan nari tutadigan, erkaklar piching qiladigan bo’lib qolishdi. Lekin biror mardi <<sen shunaqasan>> , deb yuzumga aytmadi. Shukr, bolalarim bor, ular bilan ovunaman. Ularni edirib -ichirish, ustini butlash deysizmi? Buyog’I to’ng’ichim Toshkentda o’qiyman, deb turibdi. Nima qilay? Odamlar gap qiladi, deb o’tiraversam, bularni kim qiladi? Hunarim bor. Etti -sakkizta qizlarni to’plab, tikuvchilik sexi ochdim. Ish bilsang, pul ham, baraka ham bo’laverar ekan.
Bekorchilarga yana gap topildi. Eri nogiron bo’lsa, bu pulni qanday oladi? Endi to’y -ma’rakalardan ham meni chetlatisha boshlashdi. Erlarini-ku qizg’anib eslari ketishardi. Asablarim dosh berolmadi. Bolalarim, erim to’yda. Kenjamni so’riga o’tirg’izdimu arqonni olib, molxonaga chopdim. Ayni payti. Arqonni boo’g’zimga tortdim. Oyog’im ostidagi stolni tepsam bas, qutulaman shu g’iybatlardan. Bolam izzilab yig’lagancha hovlini boshiga ko’tardi. Sho’rlik qorni ochibdi. Ko’zim achishdi. Qo’limga bir narsa tomdi. Sut.
Halilligimni Xudo bilsin, arqonni otib, tashqariga chiqdim.
Odam bolasi har narsaga ko’nikarkan. G’iybatlarga qasdma -qasd yashashni o’rgandim. Pullarimni aylantirib yurib tijorat qildim. O’g’lim $$Toshkent$$da o’qib qaytdi.
Kelinjon, Xudo yuzimni yorug’qildi. O’tgan yili, ayni saraton. Savdo safaridan qaytsam, erim o’g’lim qatori bola bilan ziyofatni quyuq qilib o’tirishibdi. Ochiqqandim. Bolalarim bilan so’rashib ulgurmay dasturxon atrofiga cho’kdim. Kelinim suzib kelgan ovqatga qo’l uzatgandim hamki, mehmon yigit piyolaga aroqni to’ldirib, menga uzatdi.
Ichmayman, dedim keskir.
-Ey, opa sizdaqa sizdaqa ayollarichadi. Oliftachilik qolmang -xiralik qildi u.
-Ichasan, ol, - to’ng’illadi erim ham.
Shu payt ichkaridan o’g’lim otilib chiqdi:
-Ey, [Rustam], kim aytdi senga opamni ichadi ,deb…
-Ichadi, biz aytdak, ichadi.
- Bor, ishingni qil,- otasi bolamni qaytardi.
-Shu paytgacha odamlar onamni nima deyishsa indamadim. Bunaqasi ketmaydi endi. O’g’lim mehmoninig qo’lidagi piyolani olib, og’ziga tutdi. Bor oyog’ini uning jag’iga tirab, aroqni o’ziga ichirdi.
-Bo’ldi qil, oq qolaman, -baqirdi erim.
-Shu mahalgacha onamninig topgani halolu o’zi harom bo’lib keldi. Bizni boqdi, kiydirdi, tarbiyaladi. O’qitib, uylash ham uning zimmasida. Oq qilish sizning burchingiz ekan, maylingiz. Avval onamning pokligini isbotlay…
Erim jim bo’lib qoldi. O’g’lim shishadagi hamma aroqni [Rustam]ga zo’rlab ichirdi. Qolgan <<ulishini>>ham berib, uyigacha olib borib qo’ydi.
O’shandan buyon odamlar o’ylab gapirishadi. Erkak xonadonning sohibigina emas, u mustahkam qo’rg’oni ekan. Erkak oriyatli bo’lsa ayolning sha’niga gard yuqishi u yoqda tursin, yovvoyi qush ham o’ylab ucharkan hovling tepasidan. [Shukr], bolalarim hamiyatli chiqishdi.
Gapini tugatib, bo’shagan piyolasini menga uzatdi. [Ma’sum]gina, xokisorgina.
Nega ilgari sizmabman- a. u chindan ham jozibali, latofatli ayol ekan…

Total words

547

Unique words

435

Annotated anthroponyms

4

Toponyms

1

TTR

0.795

Hapax

374

Distribution

Top frequency chart

Dataset