🔍

Article

Buyuklikka Da’vogarmiz

By Gulchehra Jamilova. • in 1997

Main text Vaqt -hakam. Hayot -maktab. Inson -mo’jiza. Uchalovi oralig’ida Tiriklik umrguzaronlik qiladi. Yil -yillarga ulanadi. Davr zanjiri uzun tortib boraveradi. <<ERTANI KO’RMOQ UCHUN ORTGA BIR NAZAR TASHLAMOQ ZARUR!>>. Ortimizda esa… Turfa xil boqealar shohidi- sershiddat yilimiz bor.
O’tgan yildan MEN nimani oldim?
O’tgan yildan SEN nimani olding, aziz zamondoshim?!
Har Yangi Kunninig o’z rangi, o’z mazmun -mohiyati bo’ladi. Biz unda yashab o’zimizni anglaymiz, o’zligimizni kashf etamiz. Shu tariqa kunlar umrimizning yorug’ nuqtalariga aylana boradi. Dunyoga shu nuqtalardan turib qaraymiz. Shuurimizda Hayotga muhabbat, Tiriklikka shukronalik tuyg’usi barq uradi. Shukronalik…
Shu tuyg’u MENing yuragimda zohirmi?
Shu tuyg’u SENing yuragingda ham uyg’oqmi, aziz zamondoshim?!
Biz ozod yurtning har tuhfasini mo’jizadek qabul etib, har da’vatga qalb amri bilan javob beryapmiz? SEN bilan MEN nimalar qilmoqqa ulgurdik? Qay ezgu yumushlarni xayoldan faromush etdik? O’z qobig’imizga o’ralib o’z kechinmalarimizni bilangina cheklanib qolmadikmi?
Mustaqillikning qad rostlayotgan ulkan binosiga qay birimiz atigi bir dona g’ishtni o’z qo’limiz bilan qo’ya oldik?!
O’tgan kunlarimizga nazar tashlaylik.
<<TANLAGAN YO’LIMIZNING TO’G’RILIGIGA ISHONCHIMIZ KOMIL!>> degandilar prezidentimiz rossiyalik bir guruh hurnalistlar bilan uchrashuvda. Ha, biz tanlagan yo’lning keng va ravon ekanligi, unda Umidlar tantana qilib, Ezgulik nuhollari amal olayotgani rost. Yurtboshimizning $$Fransiya$$, $$Eron$$, $$Gruziya$$, $$Ruminiya$$, $$Amerika$$, $$Italiya$$, $$Belgiya$$, $$Portugaliya$$ va boshqa ko’plab mamlakatlarga qilgan rasmiy safarlari ajoyib natijalar berayotgani rost. Shu mamlakatlar bilan yurtimiz o’rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichlarda davom etayotgani, hamjihatlikda tuzilgan qo’shma korxonalar mustahkam xalqa bo’lib ulanayotgani ham rost. Shu rostliklar ichra ozod Vatan yanada ulg’ayib, kamol topmoqda!
O’tgan yil o’rtalarida tahririyatimizga ajoyib bir maktub keldi. <<Asakadagi <<O’zDEUavto>> zavodida <<Neksiya>>, <<Damas>>, <<Tiko>> avtomashinalari chiqarilayotganini eshitib, ko’nglimiz g’ururga to’ldi, -deya yozilgandi maktubda. -Yangi avtomobilarninig biri ulug’ bobomiz [Amir Temur]ning zavjai mukarramalari ^^Saroymulkxonim^^ (^^bibixonim^^) xotiralariga << ^^Bibixonim^^>> deb nomlanishini orzu qilmiz!>>
Har Yangilikni qadrlaydigan, fikr -uyi yashnoq va teran xalqimiz bor. O’tgan yilimiz buyuk sohibqiron [Amir Temur] yili bo’lganligi uchun ham yanada olamshumuldir. Yil bizga bobomiz yurgan yo’llardan iz solishga, uning boy ma’naviy va madaniy merosini o’rganishga, u haqdagi yorug’ xotiralarni yodlab, o’qib -izlanmoqqa da’vat etdi. Hazrat bobomizning 660 yilligi mamlakat bo’ylab nishonlandi. To’y kunlarida Sohibqiron tug’ilgan yurt $$Qashqadaryo$$da va u asos solgan ko’hna $$Movarounnahr poytaxti$$ $$Samarqand$$ buyuk zotning ulug’vor chehrasi aks ettirilgan haykallar qad rostladi. [Amir Temur] xiyobonida esa jahonga ko’z -ko’z qilgulik hashamatli bino – Temuriylar tarixi Davlat muzeyi ochildi.
<<1996 yil IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA XALQ FAROVONLIGINING YUKSALISHI UCHUN SHART -SHAROIT YARATISH TOMON BURILISH YILI BO’LISHI KERAK!>> Yil davomida iqtisodiy rivojlanish sari qo’yilgan dadil qadamlar shu sohada erishilgan muvaffaqiyatlar yurtboshimizning mana shu so’zlariga berilgan javobdek tuyuladi. Asosiy e’tibor qishloqqa sanoatni olib kirish, ishchi o’rinlari yaratish, kichik, o’rta va xusisiy korxonalar ishini ravnaq toptirishga qaratildi. Tadbirkorlarning haq =huquqi qonunlarimiz bilan kafolatlandi. 2000 yilgacha bo’lgan davrda qishloq ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirish Dasturi joylarda keng ishlab chiqildi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh asosiy tamoyiliga ko’ra, iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish , bank va moliya tizimini yaxshilash sari Keskin burilishlar yasaldi.
NA’NAVIYAT -xalq yuragining ko’zgusi. Qay bir yillarda bu ko’zguni biz g’uborlardan asray olmadik. Rossiya va boshqa xalqlar ma’naviyati va madaniyatiga ko’r- ko’rona taqlid qilishning og’ir oqibatlarini hamon boshimizdan kechiryapmiz. Aslida, bizning ma’naviy rivojlanishimiz asosida insofu diyonat, halollik, imonu-e’tiqod singari azaliy fazilatlar yotadi.Shukurkim, ozodlik, ajdodlarimizning bu merosini o’zimizga qaytardi. Bu kun kishilarimiz qalbida ma’naviyat qaytadan qadr topib, yanada sayqallanmoqda.
Qadimdagilar aytib qoldirgan bir naql bor: << AYOLI YIG’LAMAGAN EL BAXTLIDIR!>> Ko’zida Yoshi, dilida Hasrat idora <<haqiqat axtarib>> yurgan Ayolning qismatiga har birimiz mas’ulmiz. Uning ko’nglini ko’tarish, dardiga Malham bo’lish hammamizning insoniy burchimizdir. Ayolning onaligi, manfaati, sha’ni va nomusi Qonunlarimiz tomonidan to’la himoyalangan bir paytda u nechun o’z kulfati bilan o’zi yolg’iz qolishi kerak, axir! Ayolga o’z haq -huquqini anglatmoq payti etdi.
1997 YIL -INSON MANFAATLARI YILI deb e’lon qilindi. Inson manfaati -insonning o’zligi, qadr -qimmati, hurmatidir. Qachonki o’zini hurmat qilgan insongina o’zgalarning ham hurmatini joyiga qo’ya oladi. O’zini anglagan odamgina boshqalarni ham anglaydi.
Yil MENga o’zni anglash tuyg’isini berdi.
Bilaman, SEN ham bu kun o’zingni anglab yashayotirsan, aziz yurtdoshim!
<<O’ZBEKISTONDAN IBRAT OLSA ARZIYDI!>> Evropalik Komissar Xans Bruk mamlakatimizga qilgan tashrifi nihoyasida shu so’zlarni barilla aytdi! Zero, bunday so’zlarni dunyo mamlakatlaridagi yurtimizni bilgan, yurtimiz haqida eshitgan har bir fuqaroning aytmog’iga shak -shubha yo’q. <<O’ZBEKISTON -KELAJAGI BUYUK DAVLAT!>> Biz ana shu Buyuklikka daxldormiz. Biz ana shu Buyuklikka da’vogarmiz!

Total words

673

Unique words

527

Annotated anthroponyms

6

Toponyms

11

TTR

0.783

Hapax

451

Distribution

Top frequency chart

Dataset