Zambilda keltirilgan bir bemorning hafta o’tmay, oyoqqa turganini, davolanish muddati oxirida o’zi yurib ketganini mahobat qilishdi… Qiziq, bunda ne sir bor ekan? Nima bilan davolashadi?
Ma’dan suvlar, balchiq, sham va elektr quvvati bilan davolaydilar!
Balchiq suyak, mushak, bo’g’in va asab kasalliklarini davolashda juda katta samara beradi. Bulardan tashqari kishilarning jinsiy shamolashlarida, oshqozon -ichak kasalliklarini davolashda qo’llaniladi. Qon aylanishi va moddalar almashuvini yaxshilaydi.
Respublikamizda balchiq bilan davolanishga ehtiyoj sezgan bemorlar ko’pligiga qaramay, balchiq olinadigan manbalar nihoyatda kam, hatto yo’q hisobi. $$Toshkent shahri$$ va uning atrofidagi yirik tibiyot muassasalari- Lunacharskiy nomli $$<<Chinobod>>$$, $$<<Botanika>>$$, $$<<Yangi yo’l>>$$, $$<<8 Mart>> sihatgohlari$$, $$Farg’ona vodiysi$$dagi $$<<Chimyon>>$$, $$<<Chortoq>>$$, $$Surxondaryo hamda Qashqadaryo vohasida$$gi ba’zi sihatgohlar balchiqni $$Jizzax shahri$$ yaqinidagi baliqli ko’lidan tashiydilar. Ushbu maqola ana shu baliqli ko’lining bugungi ayanchli ahvoli, uni yaxshilash imkoniyatlari haqida.
Baliqli ko’li juda, ko’p yillardan buyon mahalliy aholiga <<xizmatda>>. Uning atrofida yashovchi bel og’riq, oyoq og’riq bemorlar yozning saraton oyida bu erga kelishadi-da, tanalarining og’riq joylarini quyosh haroratidan qizib yotgan balchiqqa ko’mishadi. Shu tariqa dardlariga Malham topishadi.
Biz yuqorida nomlarini sanagan sihatgohalr bu erdan balchiqni 2-3 yilda bir marta olib ketadilar va undan uzoq vaqt davomida takror -takror foydalanadilar. Ular balchiqdan bir marta foydalangach, maxsus xandaqlarda uzoq vaqt biqtirib, tegishli dorilar bilan dorilab qo’yishadi. So’ng yana muolaja uchun foydalanishadi.
Shifokorlar tabiatning bu ne’matidan shu qadar tejab, ehtiyotlab foydalanishar ekanlar, demak bu, bejiz emas. Uni faqatgina shifo maskanlarida tejash to’g’rimi? Asl manbasida avaylab -asrash, jihatdan boyitish maqsadga muvofiq bo’lmaydimi?
Ko’l sathi bundan chorak asr muqaddam 10 kvadrat kilometrdan ziyod bo’lib, undagi balchiq qatlami 35-36 santimetrdan kam emasdi.
Hozitgi paytda u bor -yo’g’I 2 kvadrat kilometrga etar -etmas bo’lib, balchiq qatlami 2,5-3 santimetrga tushib qolgan.
Ko’l jug’rofiy jihatdan bir Tomoni Pistali tog’ etagiga tutashsa, boshqa uch tomoni sho’r tuproqli tekislikdir. Ana shu tekislikni o’zlashtirish bahonasida yotqizilgan drenaj va qazilgan zovurlar uning suvini tortib ketishi oqibatida ko’l kichrayib ketdi. Lekin o’sha o’zlashtirilgan tekislikdan ham hali yolchitib hosil olinmadi. Axir, o’ta sho’r tuproqda nima ham bitardi.
Binobarin, o’sha zovur va drenajlarning ko’lga yaqin qismini endi ishlatmaslik kerak. Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi, kasaba uyushmalari Respublika kengashi rahbarlari ko’l atrofini muhofaza qilish, har xil talon -tarojliklarga chek qo’yish chora -tadbirlarini ko’rishlari lozim.
Mahalliy oqsoqollar bilan suhbatlashib, Baliqli ko’liga uzoq yillar davomida Pistali tog’idan qor va yomg’irlar suvi oqib tushishi evaziga tog’ninig turli giyoh va o’simliklari kelib qo’shilib turganini, ular ko’lninig sho’r suv va balshig’ida chirib, ma’lum darajada foydali mikroelementlar bilan boyitganini bildim.hozirgi paytda ko’l atrofi ekinzorlarga aylantirilishi tog’ yonbag’ri tabiatini ham ifloslantirmoqda. Negaki, yaylov yo’qligidan aholining chorva mollari toqqa o’rmalab yoyiladi va ularning axlatlari tog’dan oqqan yomg’ir suvlari bilan ko’lga qo’shiladi. Demak, bu holga ham barham berishni o’ylab ko’rish kerak.
$$Kavkazning shifobaxsh shaharlari$$ balchiq oladigan $$Tambukan ko’li$$, $$Boltiq bo’yidagi Kemeri$$, $$Yurmala kabi shaharlar$$ sihatgohlari torfli balchiq oladigan o’rmonlar hamisha muhofaza qilinadi, iste’molchi shifo maskanlariga qat’iy hisob -kitob bilan mahsulot beriladi. Shunday ekan, nega biz Baliqli balchig’ini avaylab -asramaymiz?! U bizga faqat bugun va ertaga emas, mangu kerakdir. Tarkibida o’ttizga yaqin mikroelementi bo’lgan baliqli balchig’I respublikada yagona ekanini ham unutmasligimiz kerak!
Article
Baliqli Qoʻliga Bir Boqaylik
Total words
491
Unique words
392
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
14
TTR
0.798
Hapax
337
Distribution
Top frequency chart
Dataset