Main text <<Kechagina $$Yaponiya$$dan keldik. Sararimiz judayam zo’r bo’ldi. E, Bu yaponlar hech sahnadan tushirishmaydi. O’zlariyam qo’shilib o’ynab ketishdi. Hatto bir kampir kelib bir tarjimonimizdan <<bular ^^Mukarrama^^ opaninig qizlarimisanmi, o’yinlari o’xshab ketyapti>> deb so’rabdi. Eshitib, suyunganimdan ko’zlarimga yosh keldi>>.
Bu $$O’zbekiston xalq artisti$$ ^^Ma’mura Ergasheva^^ning bir oy avvalgi quvonib -quvonib aytgan hayajonli so’zlari. Kecha esa… O’zi sim qoqib <<Tahriyatga bormoqchi edik. Ikki og’iz gapimiz bor>> deganida hayron bo’ldik. So’ng bir guruh bahorchilar bilan birga kirib keldi. Hammasining yuz -ko’zlarida xavotir sezilib turatdi. <<Nima gap, tinchlikmi?>> Opa qo’limizga bir dasta qog’ozlar tutqazidi -da, kuyunib gapira boshladi:
-Ochig’i, mamlakatimiz Prezidentimizning <<O’zbeknavo >>gastroli- konsert birlashmasini tashkil etish to’g’risidagi Farmoni e’lon qilinganida boshimiz osmonga etgan edi. Nihoyat san’atimiz endi o’z qadr -qimmatini tiklaydi, deb umid qilgandik. Lekin bugun aksi bo’lyapti. Birlashma rahbarlari hech kim bilan hisoblashmay o’z bilganlaricha ish yuritishyapti. Jonli misol:^^ Mukarrama Turg’onboeva^^ nomidagi <<Bahor >>Favlat xalq raqs ansamblining balansida bo’lgan binoni hamda konsert zalini bizning ixtiyorimizdan tortib olish to’g’risidsa buyruq chiqarishdi. Eng dahshatlisi, konsert zal foyesi hamda buffet va ayrim xonalarni Pokistonning bir firmasiga ijaraga berishibdi. U yog’ini so’ramang. Hozir bu binoda shom tushishi bilan shovqin -suronli chet el musiqalari jo’rligida to yarim tungacha ajabtovur bazmlar o’tkazilyapti. Bilmadim, bu ahvolda ertaga^^ Mukarrama Turg’unboeva^^dan meros bo’lib qolgan <<bahor>> dan ayrilib qolamiz…
Qog’oz -hujjatlar bilan tanishdik. Ular orasida $$O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki$$ni boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab -quvvatlash davlat qo’mitasining ansambl jamoasiga yo’llagan xati e’tiborimizni tortdi. Unda mazkur bino tarixiy -madaniy qimmatga ega bo’lganligi tufayli davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan inshootlar toifasiga kiritilishi alohida ta’kidlangan. To’g’risi, kim haq, kim nohaqligini hozircha aytish mushkul. Ammo bir haqiqat ayon: u ham bo’lsa o’zbek milliy raqs san’atining eng nodir merosini avaylab -asrab, qolaversa, butun dunyoga ko’z -ko’z etib kelayotgan $$<<Bahor >> davlat xalq raqs ansambli$$ o’zining yillik o’tmishini himoya qilayotir.
Darvoqe, boy milliy -madaniy merosimizni bozorga solib bo’lmaydi. U xalqqa tegishlidir.
Article
<<Bahor>> ni Bozorga Solib Boʻlmaydi
Total words
302
Unique words
260
Annotated anthroponyms
4
Toponyms
4
TTR
0.861
Hapax
237
Distribution
Top frequency chart
Dataset