🔍

Article

<<Xotin Akami Yoki Xotinjon>>

By Umida Fayzieva. • in 1996

Hamkasbim biroz qizarinqiragan boʻldi-yu, koftaning pulini sotuvchiga uzatdi. Oldi -sotdi tugaguncha <<xotinaka >>degan soʻzni koʻp qaytarildi. [Shuhrat]jonga taqlid qilganalr ancha boʻldi.
Tushki ovqatdan keyin koridorda yigitlarimizning gurungi qulogʻimga chalindi. Ular nima uchundir [Sardor]jonni askiya qilishardi. Gap ayollar haqida edi.
-[Sardor]dan xotiningga oldingmi, desam ^^Mohiraxon^^ga yoqadigan roʻmol oldim, deydi. – Ayollarga xos ingichka tovushda kulgi aralash gap qotdi [Husan]. Yana davom etdi. (Endi erkakcha ovozda) – Tovba, nuqul xotinidan gap ochsang, xuddi atayin jigʻinga tekkandek, orqasidan <<xon>> lab. <<siz>>lab gapiradi.
- Buning nimasi yomon, -hayron soʻradi Sardor. Uning soʻrovi tugamayoq doimo janjallarni bosib yuradigan, sal Yoshi kattaroq [Erkin] aka gap boshladi. -Uka, men senga aytsam, xotinlarni bunaqa erkalatish yaxshimas. Erkakmisan oʻzing, sal qattiqroq tursang boʻlmaydimi xotin deganga. Orqasidan <<siz>> lashga balo bormi?
-Xotinini yaxshi koʻradi -da, -dedi yigitlardan biri.
-Ey yoʻq, u xotinidan qoʻrqadi. Gah desa qoʻnadigan boʻlib qolgan…
-Bilmasakansanlar, xotininig tagi baquvvat, kimsan falonchining qizi. Qani uni sizlamay ham koʻrsinchi …
Gurra kulgi koʻtarildi. Rosa qiyqirishdi. Anchadan keyin [Sardor]ning ovozi eshitildi.
-Toʻgʻri aytilla, xotinimni juda yaxshi koʻraman .Nafaqat yaxshi koʻrish, kerak boʻlsa boshimda koʻtarib yurishga ham tayorman…
Birdan yigitlarning ovozi tindi. [Sardor] esa dilidagini toʻkib solardi.
-Xotinim falonchining qizi boʻlgani uchungina yaxshi koʻrmayman. Mohiraxonni har qanday holatda ham hurmatimni joyiga qoʻyganlari, Shirin muomalalari, mehru sadoqatlari uchun har qancha <<siz<<lasam oz.
-Oʻzi oʻylanganingga qancha boʻldi, oʻrtoq, xuddi yosh kuyovlardek ishdan chiqiboq uyga shoshasan, -gap qotdi yana [Husanvoy]. Engil kulgi koʻtarildi.
-Oʻn besh yildan oshdi. Bilasanmi nimaga shoshaman. Avvalari oʻsha farishtamni intizor qilgim kelmasdi, chunki vaqtida bormasam ovqat emay, meni kutib oʻtiraverardi. Endi esa ikki koʻz emas, uch qizaligʻim bilan qoʻshganda sakkizta koʻz yoʻlimga intizor. Eshikdan kirib borishim bilan hammalari salom berib oʻrab olishadi, atrofimda parvona. Biri qoʻlimdagini olgan, biri paltomni echib oladi, yana biri shippagimni keltirib beradi. Bori issiqqina suv qoʻysa, biri sochiqni tayorlab turadi…
-Oʻv… janatning oʻzi-ku-a… Ey menga qara, bu xotining oʻyda boʻlmay qolsa, nima qilasan?-gap qoʻshdi [Abror].
-Toʻgʻrisini aytganda, nimamnidir yoʻqotgandek boʻlaman. Bolalar atrofimda parvona boʻlsa -da, ^^Mohiraxon^^siz uy huvillab qoladi nazarimda,- gapini davom ettirdi Sardorjon astoyidil. – operasiya boʻlgan kezlarimni eslasam … Har kuni azonda koʻzimni ochganimda tepamda mohiraxonni koʻrardim. Menga qilayotgan mehribonchiligi, muomalasi…Toʻgʻri xotin boʻlgandan keyin qiladi-da, deyishlarining mumkin. Bir oy shifoxonada yotib koʻrdim palatadoshlarimning ham xotinlarini. Uch -toʻrt oyga chidolmay gap soʻz bolganlarini ham eshitdim…Shifoxonadan chiqib ketayotganimda vrachimning <<sizni aslida xotiningiz davoladi. Chunki bu xastalik bilan siz hali kamida toʻrt -besh oy yotishingiz kerak edi. Rahmatni menga emas xotininigizning mehru muhabbatiga ayting>>, degan gapi hali qulogʻim tagida jaranglaydi.
Oʻshandan buyon yuragimni oldirib qoʻydimmi, bilmayman. Nima boʻlgandayam etimligimni sira bildirmaydigan mohiraxondek hamisha haqiqiy doʻst, hamfikr, Hamdard, dilimdagini koʻzimdan oʻqib turadigan ayolni <<siz>>lamaslik, <<xon>>lamaslikning oʻzi gunoh, deb oʻylayman.
-Ayolnimas, xotinjonimni, deb qoʻyaqol, -yana qitmirlik qildi [Husan]jon.
Gap shu erga kelganda chidolmadim, qiya turgan eshigimni ochdimu <<har holda xotinakani emas-da>>deb yubordim.
Shu- shu yigitlarimiz tilidagi soʻz eski yilda qolib kestin-da…

Total words

456

Unique words

381

Annotated anthroponyms

12

Toponyms

0

TTR

0.836

Hapax

329

Distribution

Top frequency chart

Dataset