Abadiyatning boʻyi qadamlar bilan oʻlchanadi. Mana, bugun ulugʻ sohibqiron, buyuk sarkarda [Amir Temur] yiliga, goʻyoki, uning abadiyatiga daxldor saltanatiga kirib keldik. Hayron boʻlmang, mustaqil mamlakatimizning oʻtgan yildagi teran mazmunli har bir kuni sohibqiron davlatchiligining tarixiga hissa boʻlib qoʻshildi. Uni boyitdi. Sohibqiron abadiyatining davomi- mustaqil mamlakatimizning har bir yili. Sohibqiron davlatining shon -shavkati, adolati, farovonlagi va obodligini beshinchi yilga qadam qoʻygan ISTIQBOL qaror toptirmoqda. Zotan, 1996 yilni [Amir Temur] yili behuda atamadik. Bu jahongirning qaytishi. Bu fuqaroparvar inson nomi bilan bogʻliq boʻlgan $$Markaziy Osiyo Uygʻonishi - Renesansi$$ning qaytishi. [Amir Temur]ning <<Yomonlikdan yaxshilik ilgari kerakdur>> degan Shiori har birimiz uchun 1996 yilning bosh sarlavhasi boʻlib qoladi, deb umid qilamiz.Kelajak yil -mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy barqarorlik yili boʻladi.
Turnalar yana uchib ketdi. Togʻlarga yana qor tushdi. Qorni yana sogʻindik. Qorsiz, olamda oqlik ozayib qolganga oʻxshayveradi. Bayram arafasidagi nafas ristlash onida dehqon ham, ziyoli ham bosib oʻtgan yoʻliga bir qur nazar solib hisob -kitob qiladi. Yangi rejalar tuzadi. Vazifalar belgilaydi.
Oʻtayotgan yil tahlillarga boy boʻldi. Dehqonu rahbarning, moliyachi -yu matbuotchining mehnati chuqur tahlil qilindi. Ayniqsa, matbuot ishidagi kamchilik va nuqsonlar ochib tashlandi. Bu borada bir emas, bir necha marta katta, davalt miqyosidagi anjumanlarda toʻgʻri, topib aytildi. Gazeta -jurnallarimizning bir xilligi, jur’atsizligi, loqaydligi qattiq tanqid qilindi. O'zbek matbuotinig ma’lum darajada tor, biqiq doirada oʻralashib qolgani hamda buning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari roʻy-rost, ochiqchasiga muhokama etildi. Quruq tanqid bilan cheklanib qolmasdan, matbuot va jurnalistlar oldiga aniq vazifalar qoʻyildi.
Jurnalistlat oʻzi kim? Uning harakat maydoni qaer? Bu maydoning chegarasi bormi? Boʻlsa -qaerda? Qalam ahlining bu savollarga aniq javob topishi juda muhim. Nazarimda journalist -ijtimoiy hayotni oʻrganuvchi. Ujamiyatning tabibi boʻlishi kerak. Uning ogʻriqlariga toʻgʻri tashxis qoʻyishi, davolash yoʻllarini koʻrsatib berishi zarur. Jurnalist togʻ ohusidek sezgir va ziyrak, ovchidek barcha aylanma va toʻgʻri yoʻllarni bilishi lozim. U -xalq yuragining tarjimoni. Jurnalist hech qachon yolgʻon gapirmasligi, oʻz vijdoniga qarshi oʻlaroq qoʻliga Qalam tutmasligi kerak. Zero, uning soʻzi, ya’ni matbuotning soʻzi millatning, butun el -ulusning soʻzidir. Bu soʻz, shubhasiz, odamlar qalbiga ta’sir etadi, dardiga Darmon boʻladi. Jurnalistning soʻzi ommani yangidan -yangi mehnat gʻalabalari sari undash, yorugʻ kelajak sari chorlash quvvatiga ega. Jurnalist oʻzining shaxsiy manfaatlarini umummuiat manfaatlariga uygʻun eta olgan, uni shaxsiy manfaatidan ustun qoʻya oluvchi ijtimoiy SHAXSdir. Jurnalistning vijdoni -jamiyatning , xalqning vijdoni. Shuning uchun journalist oʻz vatani fuqarolarigina emas, butun insoniyatning, haqiqat hazrati oliylarining himoyachisidir. Shuning uchun journalist harakat qiladigan maydonning chegarasi yoʻq.
Hurnalistning oʻzini kim himoya qiladi? Sir emas, turli darajadagi ayrim rahbarlarning faoliyat maydoni jurnalistik tahlil, matbuot tanqidi doirasidan holi boʻlib qoldi. Respublikada, viloyat, tuman miqyosidagi bundan oʻzi xon, koʻlankasi maydon rahbarlar, afsuski, oz boʻlsa -da uchraydi. Mabodo, journalist <<nobop>> rahbarni matbuotda <<<boplab >>tanqid qiib qoʻysa turli joylardan bosh muharrirga qoʻngʻiroqlar bi’lib qoladi. Hatto, bunday <<beodoblik >>>-ka qoʻl urgan journalist va moharrir bilan munosabatlarini oydinlashtirish boshlanadi. Ming nadomatlar boʻlsinkim, matbuotga, jurnalistlar ishiga toʻsiq boʻluvchi bunday noxush hollar ahyon -ahyonda boʻlsa -da, uchrab turadi. Yaxshiyamki, gazeta jurnalarimiz oʻz <<<murosasiz>>> muxbilarini himoya qilish qudratiga ega.
Matbuotning intellectual darajasini, hozir -javobligini oshirish bila bir qatorda, uning moddiy poydevorini mustahkamlash borasida ham jiddiy bosh qotirish zarur. Bizda chet el jurnalistlaridan qolishmaydigan mohir, iqtidorli jurnalistlar oz emas. Ularning moddiy ta’minoti yaxshilansa, journalist moddiy jihatdan daxlsiz boʻla borsa, bu gazeta -jurnallarda chop etilayothan maqolalarning saviyasiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Natijada matbuotning ijtimoiy pozisiyasi mustahkamlanadi, kamchiliklarga nisbatan murossizligi ortadi? Albatta, oʻzimiz -jurnalistlar, noshirlar. Bizni koʻpincha tadbirkor emaslikda ayblashadi. Yoʻq, biz gazeta -jurnallar qoshida ma’rifiy -madaniy yoʻnalishdagi kichik korxonalar tashkil qilib, nashlarning moddiy -iqtisodiy poydevorini yaratish borasidagi qat’iy rejalarimizga egamiz. Gapning ochigʻini aytganda, bu yoʻnalishdagi ihlarimizda ba’zan ayrim toʻsiqlarga, bizni tushunmasliklariga duch kelar edik.Endi jurnalistlar oʻz islarida, matbuot ishiga islohotlarni dadil joriy etishda bevosita Prezident belgilab bergan qat’iy qoidalarga tayanadilar. Qogʻoz zahiralarimizning koʻpayishi, qogʻoz fabrikalarimizga ega boʻlishimiz oʻzbek matbuoti ishiga inqilobiy ta’sir etgan boʻlur edi.
Biz ham koʻp sahifali gazetalar tashkil qilishni, mavjud gazetalarimiz sahifalarini koʻpaytirishni orzu qilamiz. Har bir gazeta oʻz oʻquvchisiga, oʻz xaridoriga ega boʻlsa, oʻzbek matbuoti ham dunyoga chiqsa deymiz.
Gazetaning oʻqishli boʻlishi, oʻquvchilar e’tiboriga tushishi koʻp jihatdan uning dizayni, bezatilishiga ham bogʻliq. Shu mantiqdan kelib chiqib, gazetalarimiz chet ellardagi kabi rangli, bezaklar bilan chop etilishini istaymiz. Lekin bu oʻz -oʻzidan boʻladigan ish emas. Biz oʻz faoliyatimizni jonlantirishda davlatning koʻmagiga koʻz tikib oʻtirmaymiz. Oʻzimiz buning chora -tadbirlarini qidiramiz. Nega bizda xalqaro jurnalistlar yoʻq? biz buning oldini olish maqsadida jurnalistlarimizni chet ellarda oʻqitmoqdamiz. Ular xorijiy mamlakatlarda oʻz malakalarini oshirib kelmoqdalar. Chet el jurnalistlari bilan tajriba almashmoqdalar.
Matbuot xodimlarining zamonaviy jurnalistik uskunalar, jihozlar bilan rtarlicha ta’minlanishi bu yoʻnalishdagi faoliyatimizni rivojlantirishga sezilarli ta’sir etgan boʻlur edi. Ha, demak biz ham chet el yangiliklarini rus tilidagi bir -ikkita gazetalardan olishdek achinarli holga chek qoʻyib, xorijiy mamlakatlarda oʻz muxbirlarimizga ega boʻlamiz.
Oʻzbek matbuotining maxsus muxbirlari, aytaylik, London, Vashigton, Parij, Tehron, Qohira kabi dunyo poytaxtlaridan oʻzbek tilida axborot uzatishlari bizni gʻoyatda mamnun etgan boʻlur edi. Shubha yoʻqqi, shunday kunlar yaqin.
Haqiqat bor joyda xalq bor, detyiladi maqollarda. Matbuot -bu haqiqat jarchisi, haqiqat koʻzgusi demakdir. Bu koʻzguda yolgʻon, soxta gap aks etmasligi zarur. Aks holda, matbuotdan xalqning koʻngli qoladi. Matbuotni haqiqatning qanoti deyish mumkin. Bu qanotlar qanchalar kuchli boʻlsa, haiqatning parvozi ham shunchalik yuksak boʻladi.
Yurtboshimiz $$Oliy Majlis$$ning toʻrtinchi sesiyasida, xalq deputatlari $$Samarqand$$ va $$Qashqadaryo viloyat Kengashlari$$ sesiyalarida, Vazirlar Mahkamasida oʻtkazilgan matbuot xodimlari bilan uchrashuvda, undan soʻng Toshkentdagi diplomatiya korpusi, mahalliy va xorijiy jurnalistlar bilan oʻtgan ochiq va oshkora muloqotda biz -matbuot xodimlari zimmasiga aniq yoʻllanma zarur edi. Hayotdan orqada qolish, beparvolik, mudroqlik kabi illatlar endi bizning faoliyatimizsan mutlaqo begona narsalar boʻlishi kerak. Matbuot -hayotning qon tomiri. Unda buguning nafasu ufurib turadi. U mamlakat va xalq hayotini, islohotlar jarayonini haqqoniy va kuyunchaklik bilan aks ettiradi. Buning uchun eng zarur boʻlgan matbuot va soʻz erkinligi mavjud.
Jurnalist Vatan va xalqning dastyori, xizmatkoridir. Prezident [Islom Karimov]ni bizga koʻrsatgan ruhiy va ma’naviy Yangi yilda yangi kuch, gʻayrat bilan ishlashimiz uchun ilhomlantiradi. Biz butun va iqtidorimizni shu yurt, shu el uchun baxshida etishga tayormiz.
Total words
950
Unique words
674
Annotated anthroponyms
4
Toponyms
4
TTR
0.709
Hapax
558
Distribution
Top frequency chart
Dataset