$$Samarqand viloyati$$dagi tumanlardan birida xizmat safarida edim. Koʻp yillik qadrdonlar bilan gurunglashib oʻtirganimizda davradagilardan biri soʻz qotdi:
-Mehmon, shu [Shukur Temurov] degan odam bilan shaxsan ranishmisiz?
-nega soʻrayaosiz?- savolga savol bilan dedim nen. - U kishiga biror gapingiz bormidi?
-Yoʻq. Gap shundaki, u kishini bir marta viloyatimizdagi yigʻilishga kelganlarida uzoqdan koʻrganman. Mahalla ishalri haqidajuda ta’sirli gapirgandilar. Suhbatlarini ololmagandik-da. Shundan buyon qachon televizorda koʻrsam bolalarimga <<Ana [Shukur Temurov]>> deb qoʻyaman.Soraganimga sabav: siz shaxsan tanisangiz qanaqa odamilgi haqida gapirib bersangiz devdim -da…
Daf’atan berilgan savoldan oʻylanib qoldim. Ochigʻi, [Shukur] akaga havasim keldi. Respublikamizda u kishini chetdan biladigan, bir ogʻiz kalomlariga Muntazir boʻlib yurganlar qancha! Shu ma’noda [Shukur Temurov]ning siymosi koʻplarga yaqin boʻlib, odamlar <<Mahalla >> jamgʻarmasi raisini jonli inson sifatida bilgilari kelganini tabiiy hol deb oʻyladim. Hamsuhbatimga nima desam ekan? Bugungi kunda bu insoning qaysi jihatlarini aytsam. Avvalo uning oddiy xalq orasidan chiqqanligini aytaymi? Oʻzaro muomalada nozik didli, yuksak madaniyatli ekanligini aytmay boʻladimi? Shularni oʻyladimu [Shukur] akaning istarali siymosi koʻz oldimda jonlanganday boʻlib ketdi. Xayolimda <<Hay -hay, koʻp oshirvormang, el Ichida yurganlardan ortiqcha joyimiz yoʻq >>deb tabiiy kamtarlik qilayotgandek tuyuladi. Oʻzi shunaqa: haqiqiy fodoyilar kamtar boʻlishadi. Aslida poytaxtimizning eng namunali maskanlaridan biri –[Abdulxay Tojiev] nomli mahalla oqsoqoli butun $$Oʻzbekiston$$dagi mahallarning (ular soni 13 mingni tashkil etadi) sardori ekanligi bu zoti sharifning kimligini aytib turibdi. $$Toshkent$$ning (nafaqat $$Toshkent$$ning ) qaysi mahallasida boʻlmang, <<[Shukur] aka oʻzlari yigʻilishimizda qatnashdilar>>, <<Guzarimiz ochilishida mana bu narsalarni [Shukur] aka sovgʻa qilgandilar>> degan iliq soʻzlarni mehr bilan aytishadi. Shuncha ishga qanday ulgurganlariga qoyil qolmay ilojingiz yoʻq. Bir qarasangiz Toshkent davlat agrar universiteti talabalariga professor sifatida saboq berayotgan boʻlsa, ertasi kuni Islomobod madaniy markazida katta tadbirda bosh -qosh boʻlganlarini koʻrasiz. Kunning ikkinchi yarmida Respublika <<Ma’naviyat va ma’rifat >> jamoatchilik markazi a’zosi sifatida davra suhbatida qatnashsa, Yanagi kuni $$Oliy Majlisning Xalq demokratik partiyasi$$ fraksiyasi raisi oʻrinbosari sifatida jon kuydirib yurganiga guvoh boʻlasiz.Koʻpchilik suhbatiga Muntazir boʻlgan [Shukur aka] chin ma’noda tabarruk inson.
Darvoqe, [Shukur Temurov] haqida gapiraman desa gap koʻp. Men u kishi $$Oʻzbekiston$$ing birinchi mukofoti- <<Sogʻlom avlod uchun>> birinchi darajali ordeni bilan mukofotlanganini, koʻksini <<$$Oʻzbekiston$$da xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi>>unvoni nishoni bezab turganini aytmasam boʻlmas.
1996 yil yurtboshimiz Farmoniga binoan $$<<[Amir Temur] yili >>$$deb e’lon qilindi. Ana shu moʻ’tabar yilning boshidan [Shukur Temurov] 60 yoshga toʻldi. Demak, sohibqironing 600 yilligida bu kishi tavallud topgan ekan. Buyam yaxshi alomat. Xullas, Shukur akani, chetdan boʻlsada, tanimagan odam yurtimizda yoʻq. El tashvishida jonini fido qiluvchi insonlar qancha koʻpaysa shuncha yaxshi.
Total words
393
Unique words
322
Annotated anthroponyms
12
Toponyms
8
TTR
0.819
Hapax
281
Distribution
Top frequency chart
Dataset