Bundan 10 -15 kun ilgari tasodifan duch kelib qolgan bir tanishim hol -ahvol soʻrashar ekan: <<bayramlaringiz bilan…>>drgan jumlani ham qoʻshib qoʻydi. <<IY -e! bugun bayrammi?>>- hayratlanib soʻrayman. U esa: <<Nega bayram boʻlmasin! Axir yangi yil yaqinlashayapti-ku, demak har kuni bayram -da!>>- deb kuldi.
Darvoqe , chindan ham Yangi yil tabriklari qish chillasi kirmay boshlanadiva yanvarning oʻrtalariga qadar davom etadi. Nazarimda, archa bayrami eng uzun va haroratli bayram. ^^Xosiyat^^li tun ham hammamiz sogʻinib kutadigan yangi yil oqshomi boʻlsa ajab emas..
Yangi yil odatda oilaviy bayram hisoblanadi. Lekin taqdir taqozosi bilan Yangi yil kechasini goh sinfdoshlar, goh kursdoshlar davrasida, goh shifoxonada, goh yoʻlda -poezda oʻtkazishimga toʻgʻri kelgan. Hatto, bir marta uni uyquda (qanday tush koʻrarkinman, degan xayol bilan ) qarshilashni ham sinaganman. Oxir -oqibatda shu narsaga iqror boʻlganmanki, uni qanday holat va qanday sharoitda boʻlmasin, har qanday odam baribir xursandvhilik va yaxshi niyatlar bilan kutib olarkan!
$$Toshkent davlat 1 -tibbiyot instituti$$ davolash fakultetining 5 -kurs talabasi nigoraxon rahmatova bilan suhbatimiz ham tashqarida yogʻayotgan qor sabab boʻldimi, ishqilab oʻz -oʻzidan qish va ishq mavzusiga bogʻlanib ketdi.
-^^Nigora^^, qishni yaxshi koʻrasizmi?
-Koʻp choʻzilib ketsa, unchalik yaxshi koʻrmayman. Lekin qor yogʻayotgan paytda nafaqat tabiat, balki atrofimdagi barcha odamlar koʻzimga chiroyli koʻrinib ketadi. Qish menga bolaligimni eslatadi, shuning uchun uni yaxshi koʻraman. Bolalar ishonuvchan xalq. Men ham oʻsha paytda oʻrmonlarga borgandek, Qorboboni koʻrgandek, ertak qahramonlari bilan uchrashib -gʻaroyib sarguzashtlarni boshimdan kechirgandek baxtiyor his qilardim oʻzimni. 2 -sinfdaligimda onamlarning maslahati bilan Qorboboga xat yozganman. Aynan Yangi yil kuni undan: <<^^Nigora^^! Xatingni oldim. Yangi yiling qutligʻ bi’lsin!>> degan javob kelgan. Oʻsha kuni qanchalik suyunganimni bilsangiz edi, Qorboboning toʻrt qoʻngʻiroqchali gulqogʻaz xatini hammaga koʻrsatib chiqqanman. 6, 7- sinflarga oʻtganimda ham bu ajoyib voqea haqida oʻrtoqlarimga gapirib maqtanib yirganman. Onamlarning dasxati bilan yozilgan Qorboboning xatini hali -hali asrayman.
-Talabalik paytimizda -aniqrogʻi, 15 20 yillar oldin koʻcha -kuyda, xiyobonlarda, bogʻlarda oshiq -mashuqlarni koʻp uchratardik. Hozir esa ular sezilarli darajada kamaygan. Siz buni nimaning alomati deb oʻylaysiz?
-Sababni aytolmayman. Balki sevish muhabbatga ishonchning kamayib ketayotgani, hamma narsa hisob -kitobli boʻlib borayotganining natijasi. Ochigʻini aytsam, men kotoblarda oʻqiganimni, kinolarda koʻrganimni hayotda ham uchratgim keladi. Tengdoshlarimning, odamning gʻashini keltiradigan darajada emasu, havas qilarli holatda sayr etib, suhbatlashib yurishlarini istayman.
Mayli, yigitlar qizlarga muzqaymoq olib bermasinlar, kinoga olib tushmasinlar. Lekin chiroyli joylarni, xiyobonlarni aylantirib kelishlari mumkin -ku! Meningcha, buning sira yomon joyi yoʻq.
-Bittagina tilagingiz ijobat boʻlish sharti bilan sehrgar boʻlib qolsangiz, nimani soʻrardingiz?
-Er yizidagi jamiki kasalliklar bartaraf boʻlishini tilardim.
-Unda siz nima qilasiz? Bemorlar boʻlmasa, shifokorlar ishsiz qoladolar -ku!
-Yoʻq, ishsiz qolishdan sirayam qoʻrqmayman. Agar tilagim ijobat boʻlsa, men jon deb, malikalardek -oila atalmish saltanatni boshqarib uyda oʻtirgan boʻlardim.
-Yangi yil kechasi qanday oʻtishini xohlardingiz?
-odatdagidan boshqacha boʻlishini, har yilgidan yaxshiroq oʻtishini istayman. Bu xayrli oqshomda ehg dagʻal odamning ham ogʻzidan xunuk soʻzlar chiqmasa deyman…
^^Nigora^^ bilan suhbatlashib boʻlgach oʻylanib qoldim. Odam kuzda bahorni deyarli eslamaydi, gulni sogʻinmaydi.Qish esa kuz bilan bahor, xazonrezgilik bilan yaxshilik oʻrtasidagi sirli koʻprikka oʻxshaydi. Qishda gulning Qadri ortgandek boʻladi. Ayniqsa, yuzlaringni ayoz chimchilayotgan damlarda koʻzingni qip -qizil chinigullar quvontirsa, koʻnglingni bir dilgir hislar qitiqlasa, haroratdan erib ketay deysan. Kuyinib, jonhalak boʻlib yogʻayotgan qorga qarasangiz, yuragingiz hamma tashvish va gʻashlikdan holi boʻlgandekoʻzingizni engil his qilasiz. Men qishning uzun va barakali tunlarini yaxshi koʻraman. Chunki ular Qalam ahlining eng bardoshli dardkashlaridir.
Yangi yil yaqinlashayapti. Undan umidimiz -bir dunyo! Yangi yil keksalarga imon, yoshlarga insof, kichkintoylarga boʻy, kelinchaklarga koʻrk ato etsin.yopilmagan taomlar yopilsin. Egasiz beshiklar egasini topsin. Dasturxonimiz fayzu barakaga toʻlsin! Yangi yil yolgʻizga hamroh, nochorga panoh, shoirga ilhom, bemorga malham bersin. Koʻngillarga, umuman hamma -hammaga mehr in’om etsin! Xullas, kelayotgan Yangi yilimiz YAXSHILIKVA MUHABBAT, YOSHLIK VA HARORAT yili boʻlsin!
Total words
589
Unique words
464
Annotated anthroponyms
4
Toponyms
1
TTR
0.788
Hapax
404
Distribution
Top frequency chart
Dataset